“Umumiy tarix” kafedrasi


Tadqiqotning xronologik chegarasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana26.07.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1662541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
mustaqil ozbekistonda sanoat sohasida islohotlar ozgarishlar natijalari va istiqboli navoiy viloyati misolida.

Tadqiqotning xronologik chegarasi 1991 yildan 2011 yilgacha bo‘lgan 
davrni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu 20 yil mamlakat va xalq hayotida tom ma’noda 
tub burilish yasagan muhim bosqichdir. Mana shu qisqa davrda bosib o‘tilgan 
taraqqiyot yo‘lini tahlil etib, baho berish ilmiy ishning asosiy maqsadini va davrini 
belgilab beradi. 
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Bevosita tanlangan mavzuga doir ishlar 
juda kam. Biroq, mustaqillik davrida qo‘yilgan dastlabki amaliy qadamlar 
natijasida sobiq ittifoq davrida olib borilgan siyosatning ayrim sohalari bo‘yicha
adabiyotlar, maqolalar va ayrim ilmiy ishlar yuzaga kelgan.
Istiqlolning dastlabki yillarida nashr etilgan ishlar qatoriga O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqilligini mustahkamlashning umumiy jarayonlarini, jamiki 
tubdan qayta qurish va tarkibiy o‘zgarishlarni yorituvchi adabiyotlarni qo‘shish 
mumkin. Mustaqil rivojlanish bo‘yicha ilmiy bilimlarning ko‘payishi, o‘sib 
borishida Prezident Islom Karimovning asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Dastlabki yillarda va bugungi qadar nashr etilgan Islom Karimovning asarlari, 
ma’ruza va chiqishlari mustaqillik davrining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va 
ma’naviy-madaniy yangilanish jarayonlarini yoritgan
1
, buyuk o‘zgarishlarning 
g‘oyaviy asoslari va omillarini belgilab bergan.
1
Karimov I.A. Azaliy buyuklik maskani. // Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Asarlar Т.5. Тoshkent: 
O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi. 1997. – B. 171-191.; Amir Тemur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik 
ruhi bizga namuna bo‘laversin. // Bunyodkorlik yulidan. Asarlar Т.4. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy 
uyi. 1997. – B. 340-343.; Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi. 
1993.; Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh 



Mustaqillik davriga oid asarlar ko‘p bo‘lsada, ularda asosan mamlakat 
iqtisodiyoti, salohiyati, olib borilayotgan islohotlar yoritilmoqda. Tadqiq 
etilayotgan mavzuga oid alohida asar hali yaratilmagan, respublikaning ayrim 
viloyatlari umumiy tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarini o‘rganish bilan bir 
qatorda mustaqillik davri qisqa tahlil qilingan. Tarixchi va iqtisodchi olimlar 
tomonidan bir qancha asarlar yaratilgan. “Mustaqillik O‘zbekiston tarixining 
dastlabki qadamlari”
1
, “Mustaqillik va ijtimoiy taraqqiyot”
2
, “ O‘zbekiston Yangi 
tarixi”
3
kitoblari shular jumlasidandir. Markaziy va mahalliy ommaviy axborot 
vositalarida Navoiy viloyatida joylashgan viloyatlarning o‘tmishi va bugungi kun 
rivojlanish odimlari haqida ko‘plab maqolalar va xabarlar chop etilgan.
Mustaqillik sharoitida tariximizni chuqur o‘rgana borishimiz, uning 
tadqiqoti natijasiga teran nazar solganimiz sari O‘zbekiston hududidagi, jumladan, 
Navoiy viloyatidagi yirik ishlab chiqarish va sanoati tarixini muntazam o‘rganilishi 
darajasi qayerda, qay me’yorda borayotganligini, yetakchi tarmoqlarning ishlab 
chiqarish hajmi islohotlar va o‘zgarishlar jarayonida qanday samaralarni qo‘lga 
kiritayotganligini ayniqsa bugun ko‘proq tasavvur etmoqdamiz. 
Istiqlol 
yillarida 
U.S.Alimov
4

G.D.Yodgorova
5

N.S.O‘roqova
6

N.M.Ziyavitdinova
7
, Z.Odinayeva
1
, R.M.Qarshiyev
2
, U.Sattorov
3
larning tadqiqot 
etishdir. // O‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi. Asarlar Т.13. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot 
matbaa ijodiy uyi. 2005. – B. 171-200.; Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. Asarlar 
Т.8. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2000. – B. 528.; Тarixiy xotarasiz kelajak yo‘q. // Biz 
kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. Asarlar Т.7. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi. 1999. – 
B. 132-156.;O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. // Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. Asarlar Т.7. 
Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi. 1999. – B. 370-400.; Yuksak ma’naviyatsiz kelajak yo‘q. // 
Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Asarlar Т.5. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi. 1997. – B. 
145-150.; Islohotlarni amalga oshirishda qat’iyatli bo‘laylik. Тoshkent: O‘zbekiston, 1996. – B.93.; Vatan ravnaqi 
uchun har birimiz ma’sulmiz. Asarlar Т.9. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2001. – B. 40.; 
Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Asarlar Т.382. Тoshkent: O‘zbekiston, 1996. – B.93.; Jamiyatimizni 
erkinlashtirish, islohatlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish
- barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. Asarlar Т.11. Тoshkent: O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi. 
1997. – B. 318.; 
1
Alimova D. Mustaqillik O‘zbekiston tarixining dastlabki qadamlari. – Т., 2000. – 233 b. 
2
Qodirov B., Rulinov J. Mustaqillik va ijtimoiy taraqqiyot. – Т., 1998. – 235 b. 
3
O‘zbekiston yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. – Тoshkent: Sharq, 2000. 
4
Alimov U.S. Kichik va o‘rta biznesni investitsiyalashtirishni takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida) Т.: 2001 
y. (diss. i.f.n.) 
5
Yodgorova G.D. Тarkibiy o‘zgarishlar sharoitida Buxoro va Navoiy viloyatlarida sanoat ishlab chiqarishini 
oshirish imkoniyatlari. Т.: 1993 y. (diss. i.f.n.) 
6
O‘roqova N.S. O‘zbekistonda mustaqillik davrida sanoat sohasidagi islohotlar va o‘zgarishlar jarayoni (Janubiy 
viloyatlar misolida). Т.: 2004 y. (diss. avtoref)
7
Ziyavitdinova N.M. Oziq-ovqat korxonalari faoliyati iqtisodiy samaradorligini oshirish (Buxoro viloyati misolida). 
Т.: 2006 y. (diss. i.f.n) 



ishlarida Navoiy viloyatining iqtisodiy salohiyati va bunda sanoat ob’ektlarining 
tutgan o‘rni haqida ayrim ma’lumotlar uchraydi. Ammo, bu ishlardan ayrimlari 
(ayniqsa ishga aloqador bo‘lgan R.Qarshiyevning dissertatsiyasi) sobiq sho‘rolar 
davridagi sanoat korxonalar hayoti haqida tadqiqot olib borilgan. Boshqalarida esa, 
mustaqillik davri sanoat korxonalari haqida o‘rganilsada, iqtisodiy nuqtai nazardan 
tadqiq etilgan. Biz esa, mustaqillik yillarida ulkan bir tarixiy jarayonda Navoiy 
viloyati sanoat korxonalarining islohotlar sharoitidagi taraqqiyotini har tomonlama 
chuqur tahlil qilib, xolisona ilmiy tadqiq etishni maqsad qilib olganmiz.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling