Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi


A’zo nomlarini lotin tiliga tarjima qiling


Download 1.21 Mb.
bet10/51
Sana02.06.2024
Hajmi1.21 Mb.
#1833499
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bog'liq
portal.guldu.uz-Lotin tili va tibbiy terminologiya (1)

A’zo nomlarini lotin tiliga tarjima qiling:
pilorus, jigar, o’n ikki barmoq ichak, me’da, qizilo’ngach, hiqildoq, halqum,
kekirdak, qorin parda.
Ichak




Adabiyotlar:
1. Rustamova S.Sh., Saydullaeva M.A., Abdullaeva R.M. Lotin tili va tibbiy terminologiya. Darslik. Toshkent. 2017yil.
2. Чернявский М.Н. Латинский язык и основы медицинской терминологии. Учебник. Москва. 2007 г.
3. Xodjayva L.U., Zohidova X.A., Rahmatullayva Z. Z. Lotin tili. Darslik. Andijon. 2005 y.
4. Бондаренко М. А. Латинский язык и основы медицинской терминологии. Учебник. Киев. 2007 г.
7. Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Farmatsevtik terminologiyaga kirish. Dorivor moddalarning trivial nomlari. Tarkibiy qismchalar. Dori shakllari.
Maqsad:
• Ba’zi asosiy farmasevtik terminlarni; dori vositalarining nomlarining yasalish usullari va namunali tuzilishini bilib olish. Dori-darmon nomlari va qisman, ularning tarkibiy qismlari yozilish xususiyatlarini bog’lay olish.
• Mavzuga tegishli mos so’zlarni berib, mavzu bo’yich lugat boyligini kengaytirish
•Talabalarga asosiy fikrlarni tinglashni mashq qilish imkoniyatini berish
•Talabalarning hamkorligini rag’batlantirish
Terminlar: Valocordinum, Cocarboxylasum, Morphinum, Testoenatum, Mycosolon, Sarcolysinum, Bicillinum, Rifothyroinum, Amycazolum, Mammophysinum
Korgazmali qurollar: tarqatma materiallar, krossvordlar, mini testlar, videoproektor, doska va kitoblar
Xulosa:
Farmasevtik terminshunoslik
Farmasevtik terminshunoslik «farmatsiya» (yun. pharmakeia – dori tayyorlash va qo’llash) nomi ostiga birlashuvchi va dori-darmonlar tarkibini o’rganish, qidirib topish, ishlab chiqarish va qo‘llash bilan shug‘ullanuvchi qator maxsus fanlar majmuasidan iborat. Bu majmuada markaziy o’rinni qo’llash uchun rasmiy ruxsatnomaga ega bo’lgan dorivor moddalar va preparatlar ya‘ni dori darmonlar nomenklaturasi egallaydi. Dorivor moddalar sifatida qo’llanuvchi ko’pchilik kimyoviy birikmalar 2 xil nomga ega:
1) ilmiy yoki tizimli nom;
2) trivial (lot. trivialis - odatiy) nom
Dorivor vositalar sifatida qo’llaniladigan organik kimyoviy moddalar ikkita
nomga ega: ilmiy (tizimli) va trivial (shartli) «Trivial» so’zi lotincha “trivialis” odatdagi, oddiydan kelib chiqqan.
Odatda ilmiy nomlar uzun bo’lgani uchun ularni tibbiyot amaliyotida ishlatish noqulay. Shuning uchun dorivor vositalar nomi sifatida ilmiy emas, balki trivial nomlari qo’llaniladi. Trivial nomlar qisqaligi bilan amalda qo‘llashga qulaydir.
Masalan: Dietilamidsulfamidobenzoat kislota – ilmiy nomlanishi,
Etamid – trivial nomlanishi.
Trivial nomlar dorivor vositalarning kimyoviy tarkibini, davolash ta‘sirini,
farmakologik guruhga mansublikni va boshqa turli belgilarni ifodalaydi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling