2. Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Prefiksatsiya usuli.
Maqsad:
• Ko’p qo’llaniluvchi yunon-lotin dubletlarini va anatomik prefikslarni
bilib olish. Berilgan ma’noda prefiksli va prefiks-suffiksli yasama so’zlarni tahlil
va hosil qila olish.(Tana tuzilishiga va yuz soxasini ifodalovchi TE)
• Klinik atamalarni tahlil qilish; so‘z yasash vositalari va usullari' bilan tanishish; murakkab atamalarni tahlil qilish va yasash ko‘nikmalarini o‘stirish.
•Talabalarga asosiy fikrlarni tinglashni mashq qilish imkoniyatini berish
•Talabalarning hamkorligini rag’batlantirish
•Terminlar: metathalamus, hypothalamus, epithalamus, epitympanum, epiphysis, infraorbitalis, supraclavicularis, infratrochlearis, supratrochleari
Korgazmali qurollar: tarqatma materiallar, krossvordlar, mini testlar, videoproektor, doska va kitoblar
Xulosa:
Prefikslar
Prefiksatsiya- so‘z o‘zagi(asosi)ga prefikslar (old qo‘shimchalar) qo’shilishi.
Quyidagi tez-tez takrorlanadigan bo’laklarni yod oling!
Berilgan terminlarning ma’nosini tushuntiring:
infraorbitalis, supraclavicularis, infratrochlearis, supratrochlearis, interclavicularis, interosseus, intralobularis, intramuscularis, parasternalis, episternalis, suprasternalis, subcorticalis, subduralis, epitympanicus, endocervicalis, applicatio (lot.applico - qo’ymoq), antenatalis (lot. natus -
tug’ilish), postnatalis, intertarsea, intranatalis, mesoduodenum, interalveolaris,
subcutaneus, extrapulmonalis, extrapyramidalis, extramuralis (lot. murus - devor),
paravesicalis, submandibularis, retrobuccalis, premolares, subpleuralis, connectivus (lot. necto - to„qimoq, biriktirmoq), adducens (lot. duco - olib
bormoq), abducens, abductio, praeglaucoma, praecancerosus.
Sifatlarni lotin tiliga tarjima qiling:
pastki jag’ osti, ensa osti, til osti (asabi), til osti (yo’li), bo’g’imlararo,
qovurg’alararo, mushaklararo, to’sh orti, lunj orti, qorin pardadan tashqari, mushak ichi, qirg’oq usti, to’sh usti (ikki turli prefiks bilan), to’sh osti, chakka osti, umurtqalararo, qorin parda orti, halqum orti, g’ilof ichi, buyrak usti, ko’krak ichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |