Umumiy tilshunoslik faninig maqsadi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 101.72 Kb.
bet7/31
Sana17.02.2023
Hajmi101.72 Kb.
#1208037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
2 5240342443127218090

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

        1. Tilshunoslikning falsafiy davri haqida ma’lumot bering.

        2. Tilshunoslikning falsafiy davrida so‘z bilan predmet orasidagi munosabat haqida kimlar fikr bildirgan?

        3. Stoitsizm ta’limoti haqida qanday ma’lumotga egasz?

        4. Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi faylasuflar qanday asarlar yaratgan?

Qadimgi yunon tilshunosligining grammatik davri


Reja:

  1. Iskandariya davri

  2. Aleksandriya grammatika maktabi

  3. Aristarx ta’limoti

  4. Dionisiy ta’limoti

Tayanch tushunchalar:Iskandariya davri, yunon tili, grammatika maktabi, ellinizm, Zenodot, Aristarx, Dionisiy, Apolloniy Diskol
Tilshunoslikning grammatik davri qadimgi yunon tilshunosligida Iskandariya davri deb yuritiladi. Misr davlatining markazi bo‘lgan Iskandariya makedoniyalik Iskandar nomi bilan bog‘liq edi. U bosib olgan Sharq mamlakatlarida yunon tili, madaniyati, falsafasining ta’siri natijasida yunon madaniyati, Sharq madaniyati bilan qo‘shilib ketib, aralash madaniyat – ellinizm yuzaga keladi.
Iskandariya ellinizm madaniyatining yirik markazlaridan biri hisoblangan. Umuman, bizning eramizgacha bo‘lgan III asrdan boshlab, birorta ham shahar: na Afina, na Rim yuksak madaniyat namunasi va ilmiy markaz bo‘lgan Iskandariya shahri bilan tenglasholmas, raqobat qilolmas edi.
Xullas, yunon tilshunosligi, ayniqsa, ellinizm davrida-yunon-sharq davrida (bizning eramizgacha bo‘lgan 334-31y) taraqqiy qildi, rivojlandi.
Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakillari Zenodot, Aristarx, Dionisiy, Apolloniy Diskol va boshqalar.
Zenodot (taxminan bizning eramizgacha bo‘lgan 250 y).
U 800.000 dan ortiq qo’lyozma manbalarga ega bo‘lgan mashhur Iskandariya kutubxonasining birinchi rahbari. Zenodot va boshqa yunon filologlari Gomer, Esxil, Sofokl va boshqalarning asarlari ustida faol tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ular ushbu asarlarning lug‘at tarkibi va grammatikasiga oid sharhlar ustida mehnat qildilar. Zenodot artiklni, olmoshlarni farqladi.

Download 101.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling