Umumiy tilshunoslik
Download 210.86 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik (1)
MATEMATIK LINGVISTIKA
XX asrning o‘rtalariga kelib tilshunoslikda bir qator lingvistik tushunchalarni aniqlashtirish ehtiyojini matematik lingvistika yo‘nalishini yuzaga keltirdi. Bu muayyan matematik apparatlardan foydalaniladigan tadqiqot usuli bo‘lib, hozirgi kunda ushbu atama 2 xil fan sohasiga nisbatan qo‘llanmoqda: 1) matematikaning bo‘limi bo‘lgan va mantiq, algoritm nazariyasi bilan bog‘liq matematik lingvistika; 2) lingvistika yo‘nalishi bo‘lgan va matematik usullardan foydalaniladigan tadqiqot metodi ni o‘zida jamlagan soha ham matematik lingvistika. Tilni matematik yo‘l bilan tasniflash Sossyurning tilga shu til egalarining nutqiy faoliyati mexanizmi sifatida qarash ta’limoti asosida yuzaga kelgan. Nutqiy faoliyat natijasida “to‘g‘ri matn” deb ataluvchi nutqiy birliklar ketma-ketligi yuzaga keladi. Muayyan qonuniyatlarga bo‘ysungan ushbu birliklarni matematik tavsiflash usullarini ishlab chiqish va o‘rganish bilan matematik lingvistika fani shug‘ullanadi. Gapning sintaktik strukturasini tavsiflashda 2 xil usuldan foydalaniladi: 1) sintaktik birlik sifatida amal qiladigan ishtirokchilarni aniqlash; 2) gap tarkibidagi so‘zlarning tobelanish munosabatini tavsiflash. Bunda metod Amerika struktur tilshunosligida “Bevosita ishtirokchilar metodi” deb yuritilib, transformatsion grammatikaning ko‘rinishi hisoblanadi. Matematik lingvistikaning yana bir tarmog‘i formal grammatika nazariyasi bo‘lib, u N.Xomskiy nomi bilan bog‘liq. Formal grammatika alohida matnlarni emas, bir qancha to‘g‘ri matnlarni va qonuniyatlarni tavsiflash usullarini o‘rganadi. Ushbu qonuniyatlar abstrakt simvollar orqali belgilanadi, bu esa generativ lingvistikani yuzaga kelishiga olib keldi. Shuningdek, tilshunoslikdagi variantlilik nazariyasi, invariat atamasi, tilshunoslikda keng qo‘llanayotgan statistik metodlar matematika ta’sirida vujudga kelgan bo‘lib, ular EHM yordamida turli tillarga tarjima matnlarini, lug‘atlarini yaratish, chastotali lug‘atlar tuzish, matnni muayyan tartibga solish kabi amaliy vazifalarni bajarishda nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Download 210.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling