Umumiy tilshunoslik


Semiotika va lingvosemiotika


Download 184.92 Kb.
bet6/19
Sana17.06.2023
Hajmi184.92 Kb.
#1551480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
YAKUNIY

Semiotika va lingvosemiotika
Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan
bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyatda qo‘llanadigan belgilar tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar.


Tabiiy belgilar aslida u yoki bu narsa, hodisaning tarkibiy bo‘lagi – alomatlari bo‘lib, ular inson ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otishga xizmat qiladi.
Suniy belgilar shartli belgilar bo‘lib, ular predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlarning o‘rnini bosish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning asosiy vazifasi ma’lum bir xabarni to‘plash, saqlash, yetkazish, ya’ni insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishdir. Shu bois ularni kommunikativ-informativ belgilar deb atash mumkin va ularga turli timsollar, signallarni kiritish mumkin.
Sun’iy belgilar grafik, tovushli va harakatli bo‘lishi mumkin. Jumladan, yo‘l harakati belgilarini grafik, signallarni tovushli, qushlar va hashoratlarning ma’lum yo‘nalishlarda uchishi, imo-ishora, mimikalar, harakatli belgilar sifatida muayyan ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ayrim turlarga moslashtirilgan Morze, Brayl alifbolarini ham misol sifatida keltirish mumkin. Til ham muayyan belgilar sistemasi hisoblanadi va ma’no, tushuncha, fikr kabilarning ramziy belgisi bo‘lib keladi va jamiyatda mavjud boshqa belgilar bilan umumiylikka, o‘xshashlikka ega. Shu bois tilshunoslik va semiotika fanlari ham o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganadigan lingvosemiotika fani ham yuzaga kelgan. U tildagi belgilar tizimini boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadi Masalan, signallarning ikki tomonlamaligi( qo‘l berish – do‘stlik belgisi), signallarning bir tomonlamaligi (masalan, trevoga signali).

11.O`rta Osiyo tilshunosligining rivojlanishi.Farobiyning lingvistik qarashlari.


Javob O‘rta Osiyoda tilshunoslikning shakllanish va rivojlanish davrini 2 davrga:
Navoiygacha bo‘lgan davr;
Navoiydan keyingi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin.
Xususan, Navoiygacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyoda tilshunoslikka oid quyidagi asarlar yaratilgan.

Download 184.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling