Umumiy tilshunoslik


Alisher Navoiy – chog‘ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi


Download 184.92 Kb.
bet9/19
Sana17.06.2023
Hajmi184.92 Kb.
#1551480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
YAKUNIY

Alisher Navoiy – chog‘ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi.
ikki tilning chog‘ishtirma grammatikasiga bag‘ishlangan maxsus asarini - «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarini yaratdi.
Alisher Navoiy tilshunoslikning bir qator sohalari – fonetika, morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis kabi masalalari yuzasidan qimmatli fikrlarini bayon qiladi. Til va tafakkur, tilning va tillarning paydo bo‘lishi, tilda umumiylik va xususiylik kabi bir qancha tilshunoslikning umumnazariy masalalari yuzasidan o‘z qarashlarini bayon qilgan kontrastiv (chog‘ishtirma) tilshunoslikka asos solgan buyuk tilshunos allomadir.



15.Abu Rayhon Beruningning lingvistik qarashlari
Beruniy ilmiy hazinaning kaliti sanaluvchi tilga va tilshunoslikka alohida e’tibor berdi. U yoshligida yunon, lotin, arab, fors, so‘g‘d, suryoniy tillarini chuqur o‘rgandi. Chunki jahonsivilizatsiyasining beshigi Yunoniston va Rim o‘lkalari bo‘lib, antik madaniyatnamunalarining barchasi shu tillarda yozilganedi. Arab tili Beruniy yashagan davrda diniy ta’limot tili bo‘lishi bilan birga, fan tiliga ham aylangan edi.
Umrining so‘nggi yillarida Mahmud G‘aznaviyning vorisi Ma’dud sultonligi davrida 1048-yilda dorivor o‘simliklar, hayvonlar va ma’danlar tavsifiga bag‘ishlangan «Saydana» asarini yozdi.
Beruniyning tilga va tilshunoslikka bo‘lgan qarashlari mana shu asarida yaqqol namoyon bo‘ladi. «Saydana»ning kirish qismida muallifning yoshlik yillarida o‘zini qurshab turgan olamni va olam uzvlarining turli tillarda qanday nomlanishini bilishga naqadar ishtiyoqmand ekanligi bayon qilinadi. Xususan, olimning bolaligida uning yurtiga bir yunon ko‘chib keladi.
Saydana»ning qimmatli tomoni shundaki, unda dorivor moddalarning bir necha tillardagi nomlari keltiriladi. Hatto bir o‘simlik yoki modda bir tilning turli shevalarida turlicha nomlanishi yoki aksincha, bir nom turli shevalarda turli o‘simlik nomini bildirishi mumkin. Bu esa dorivor moddalardan amalda foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Aholiga foydalanish oson bo‘lishi uchun modda nomining dialektal variantlarini ham ko‘rsatadi.
Asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalarning nomi izohlanadi. Har bir bob bir harfga bag‘ishlanadi.
Natijada «Saydana» asari dorivor moddalar lug‘atiga aylanadi.
Bu lug‘at bir vaqtning o‘zida ham izohli, ham tarjima, ham etimologik, ham dialektologik lug‘atning ilk namunalaridan sanaladi.
Beruniy morfologik birlik bo‘lgan morfemalar haqida, ya’ni so‘zning ma’noli birliklari haqida ham fikr yuritadi va ularni o‘zak hamda o‘zak bo‘lmagan (affiksal) turlarga ajratadi. Xususan, lotin tilidagi otlar haqida gapirar ekan, rim tilida otlarning «sin», ba’zan «nun» harflari bilan tugallanishi, bu ikki harf lotin grammatikasida o‘zakka kirmasligi, qo‘shimcha harf ekanligini ta’kidlaydi.
Beruniy dunyo tillari, ularning farqli xususiyatlari, leksikografiya, etimologiya, grammatika masalalari bo‘yicha o‘zining ma’lum qarashlarini bayon qildi va bu bilan tilshunoslikning fan sifatida shakllanishi va lingvistik ta’limotning rivojiga ma’lum hissasini qo‘shdi.
16. Tilshunoslikda naturilizm yoʻnalishi .August Shleyxer
Tilshunoslik tarixidagi naturalizm va psixologizm yo‘nalishlari Avgust Shleyxer va Geyman Shteyntal nomlari va ularning ta’limotlari bilan bog‘lanib, ayni bosqich XIX asrning taxminan 50-60-yillarini o‘z ichiga oladi.
XIX asrning o‘rtalarida Yevropa tilshunosligida naturalizm oqimi (naturalizm – lotincha “natura” – “tabiat” degani) paydo bo‘ldi. Ushbu oqimning mashhur vakili nemis olimi Avgust Shleyxer (1821-1863) edi.
A.Shleyxer hind-Yevropa tillarining umumiy masalalari bilan shug‘ullandi, litva tilini o‘rganib, jonli nutq bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi, xalq og‘zaki ijodiga oid materiallar to‘pladi. U, shuningdek, qiyosiy-tarixiy va tipologik yo‘nalishda german, slavyan, boltiq tillari bilan ham shug‘ullandi.
Olim ayni vaqtda umumnazariy fikrlarni ham ilgari suradiki, bu fikrlar tilshunoslar tomonidan e’tibor bilan qabul qilindi. Ushbu fikrlar tovush qonuni, analogiya, tilning sistem xarakterga egaligi, so‘zning shakli va vazifasi haqidagi g‘oyalar bilan bog‘lanadi. A.Shleyxerning mazkur nazariy qarashlari “Nemis tili” (1860) asarida bayon qilinadi.
A. Shleyxerning eng mashhur asari “Hind-german tillari qiyosiy grammatikasining kompendiumi”dir (1861) (Kompendium – lot. qisqartirish degani. U yoki bu fanga oid muhim, asosiy qoidalarni, tushunchalarni ixcham, lo‘nda bayon etish). Bu asar o‘tgan yarim asr davomida hind-Yevropa tillarini qiyosiy o‘rganishning yakuni sifatida maydonga keldi va 15 yil ichida to‘rt marta nashr qilindi.
Kompendiumda A. Shleyxer hind-Yevropa tilini (bobo tilni) qayta tiklab, uning har bir shoxobchasi qanday rivojlanishini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.
Umumiy tilshunoslikda A. Shleyxer dastavval naturalistik oqimning yo‘lboshchisi, tashkilotchisi sifatida tan olinadi. Uning naturalistik falsafasi “Darvin nazariyasi va til haqidagi fan” (1863) hamda “Insonning tabiiy tarixi uchun tilning ahamiyati haqida” (1865) kabi asarlarida o‘z ifodasini topgan.
A. Shleyxer naturalizmining – naturalistikfalsafasining mohiyati uning tilni jonli, tabiiy organizm sifatida tushunishida ko‘rinadi. U tilni jonli organizmlar kategoriyasiga kiritadi.
A. Shleyxerning tilga naturalistik qarashi – biologizmi, ayniqsa, Ch. Darvinning “Turlarning paydo bo‘lishi va tabiiy tanlash” (1859) nomli eng muhim asarining e’lon qilinishi bilan yana ham kuchaydi. “Tillar, - deydi Shleyxer, - insonning xohishidan tashqari paydo bo‘lgan, o‘sgan va ma’lum qonunlar asosida rivojlanadigan tabiiy organizmdir. Ular o‘z navbatida qariydi va o‘ladi”. “Tillar tovush materiyasidan tashkil topgan tabiiy organizmlardir... tillarning o‘sishi ma’lum qonuniyatlar asosida yuz beradi”.
A. Shleyxer organizm terminini tilga bog‘liq holda to‘g‘ri ma’noda – biologik ma’noda talqin qiladi va shu o‘rinda xatoga yo‘l qo‘yadi. U tilning ijtimoiy ahamiyatiga yetarli e’tibor bermaydi. Haqiqatda esa prof. S. Usmonov aytganidek, “Tillar tug‘ilmaydi, balki urug‘tilidan qabila tiliga, qabila tilidan elat (xalq) tiliga, undan esa millat tiliga tomon taraqqiy eta boradi. Bu tarixiy jarayonda ayrim urug‘, qabila va elat tillari boshqa tillarga aralashib, singib ketishi ham mumkin. Bunday tillarni o‘lik tillar deb atashadi. Ammo o‘lik til organizm kabi butunlay o‘lmaydi, uning elementlari boshqa tilda ma’lum darajada saqlanib qoladi”.Boshqacha aytganda, tillar ham paydo bo‘ladi, taraqqiy qiladi va ba’zan “o‘ladi”. Ammo bu “o‘lim” biologik emas, balki ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Til “o‘ladi”, qachonki shu tilda so‘zlashuvchi jamiyat, xalq yo‘q bo‘lib ketsa.
A. Shleyxer tilning «hayotini», taraqqiyotini 1) tillarning rivojlanish davri va 2) tillarning inqiroz davri kabi ikki asosiy davrga bo‘ladi.
Tillar taraqqiyotiga, ularning «hayotiga» bunday qarash aslida naturalizm ta’limotidan kelib chiqadi. Qolaversa, u Vilgelm fon Gumboldt kabi tillarning taraqqiyotini inson ruhi, psixikasi bilan bog‘laydi: “Tarix va til... – bu inson ruhining birdan-bir almashtirib turadigan faoliyatidir”, deydi.

17.Umumiy ratsional grammatika (*Por-Royal grammatikasi")ning yaratilishi.
Mantiqiy grammatika yaratish ta’limotining eng muhim g‘oyaviy asosi bo‘lib, ma’rifat asrining (XVII-XVIII) yetakchi falsafiy yo‘nalishi bo‘lgan ratsionalizm maydonga chiqdi. Ya’ni aql-idrok asosida ish ko‘rish – ratsionalizm tilshunoslikka ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Shunga ko‘ra har qanday tillarning grammatik kategoriyalarini mantiqiy kategoriyalarning namoyon bo‘lishi, yuzaga chiqishi sifatida tushunish kuchaydi. Natijada ratsional(izm) – tafakkurni, abstrakt fikrlashni bilishning birdan-bir manbai deb hisoblaydigan va ularni tajribadan ajratib qo‘yadigan idealistik oqim ratsionalizm ta’limotining talablari asosida umumiy (ratsional, falsafiy yoki mantiqiy) grammatika yaratish g‘oyasi amalga oshirila boshlandi.
1660-yilda Parij atrofidagi Por-Royal monastirining rohib olimlari mantiqshunos Anton Arno va tilshunos Klod Lanslolar ilk bor «Umumiy ratsional grammatika» asarini fransuz tilida yaratib, Parijda nashr qildilar.
Por-Royal grammatikasi qadimgi yunon, qadimgi yahudiy, lotin va fransuz tillari materiallari asosida yaratildi. Ammo u qiyosiy yoki chog‘ishtirma grammatika emas, balki mantiqiy-tipologik grammatika hisoblanadi. Ushbu grammatika o‘z oldiga «barcha tillarga xos umumiy prinsiplarni va ularda uchraydigan farqlarning sabablarini» aniqlash vazifasini qo‘yadi.
Por-Royal grammatikasi ikki qismdan – fonetika va grammatikadan iborat bo‘lib, olti bobdan tashkil topgan brinchi qismda tovush va harf, urg‘u va bo‘g‘inga ajratish kabilar haqida ma’lumotlar beriladi.
18.Psixolingvistika va neyrolingvistika.

Download 184.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling