Umumiy tilshunoslik


Download 184.92 Kb.
bet10/19
Sana17.06.2023
Hajmi184.92 Kb.
#1551480
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
YAKUNIY

Psixolingvistika. Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli nutqiy faoliyat tilshunoslikda ham, psixologiya fanida ham tekshirish obyekti sanaladi. Tilshunoslik va psixologiya fanlarining ushbu kesishish nuqtasi mazkur fanlar oralig‘ida psixolingvistika (yoki lingvopsixologiya) yo‘nalishining yuzaga kelishiga olib keldi. Ushbu atama dastlab 1946-yilda Amerika psixologi N.Pronko tomonidan qo‘llandi va XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi. Biroq uning ildizlari XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga kelgan psixologizm oqimiga (asoschisi G.Shteyntal) borib taqaladi. U tilda xalq ruhining ifodalanishini ta’kidlab, sotsial, etnik psixologiyani yaratishga intildi.
Hozirgi kunda tilshunoslikning ushbu yo‘nalishi yanada kengaygan bo‘lib, nutqdagi inson omili, individuallik, ichki nutq va tashqi nutq masalalari keng o‘rganilmoqda. Nutqiy faoliyat, ya’ni insonlarning bir-biriga axborot berish va bir-biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‘rganish obyekti sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan chuqur o‘rganilgan. Tilshunoslik kishilar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til va uning aloqa-aralashuv jarayonida voqelanuvchi nutqni bir-biridan ajratgan holda, tilning ichki tuzilishi va birliklari, ushbu birliklarning nutqiy jarayonda turli-tuman voqelanishi, psixolingvistikada esa “ichki tuzilish”dan “tashqi tuzilish” (“tashqi nutq”)qa o‘tishning asosiy bosqichlari, ushbu 2 tuzilishning o‘zaro munosabatlari kabi qator masalalar atroflicha o‘rganiladi.
Neyrolingvistika. O‘tgan asrning 70-yillarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlari oralig‘ida neyropsixologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, nutqiy faoliyatni bosh miya mahsuli sifatida o‘rganadigan yangi tarmoq – neyrolingvistika vujudga keldi. Ushbu fanda miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalari, ya’ni afaziya holati ham o‘rganiladi.
Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutq faoliyatining buzilishi masalasi Ibn Sino, Beruniy asarlaridayoq qayd etilgan bo‘lsa-da, ushbu hodisalar XIX asrning 2-yarmidan boshlab o‘rganila boshlandi, A.R. Luriyaning “Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” kitobi chop etildi.
Inson borliqni ongida sezgi organlari yordamida aks ettiradi. Sezgi tashqi olam haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi, miya esa bu axborotlarni umumlashtiradi. Demak, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy nerv sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi.
Borliq haqida axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv sistemalarining markazga qarab yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning muayyan belgilari haqidagi ma’lumotni beradi. Chegara nerv sistemalariga aloqador a’zolar tahlil qiluvchilar (analizatorlar) deb atalib, ularga ko‘rish, eshitish, ta’m-maza a’zolari kiritiladi.
Shunday qilib, neyrolingvistika inson tomonidan olamni belgilashtirish jarayonini kompleks tarzda o‘rganuvchi fan tarmog‘i sifatida o‘ziga turdosh – psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar g‘oyalari va metodlaridan foydalanib rivojlanib bormoqda.

18.Psixolingvistika va neyrolingvistika.

Download 184.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling