Umumiy tilshunoslik


Download 184.92 Kb.
bet18/19
Sana17.06.2023
Hajmi184.92 Kb.
#1551480
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
YAKUNIY

Aristotel (bizning eramizgacha bo‘lgan 348-322 yillar). O‘z davrining ikkinchi buyuk qomusiy olimi – faylasuf Aristotel tilga oid masalalarni mantiq bilan bog‘liq holda o‘rgandi va u birinchi bo‘lib, grammatikani mantiqdan ajratdi.
Aristotel ham, Platon kabi, ot – egani va fe’l – kesimni tan oldi. Bu guruhga qo‘shimcha ko‘makchi so‘zlarni – bog‘lovchilarni ham kiritdi. Ya’ni so‘zlarni uch turkumga: ot, fe’l, bog‘lovchi hamda yuklama kabilarga bo‘ldi. Ot va fe’llarni mustaqil ma’noga ega so‘zlar sifatida, bog‘lovchi, yuklamani esa faqat grammatik vazifa bajaruvchi so‘z sifatida qayd etdi.
Aristotel o‘z davridayoq gapni fikr ifodalovchi nutq birligi deb, tahrifladi. Shuningdek, u kelishiklar, tovushlar haqida ham ma’lumot berdi. Masalan, u fonetikada unli va undosh tovushlarni ajratdi.
Yuqorida aytilganlardan bir muncha farqli holda tilshunoslikning falsafiy davrida stoiklar nutqda so‘zlarni besh guruhga: fe’l, bog‘lovchi, artikl, atoqli otlar va turdosh otlarga ajratdilar. Shuningdek, ular ushbu so‘zlarning barchasi ham ma’nolidir, deyishdi. Stoiklar otlarda beshta kelishikni farqladilar: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, jo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi va chaqirish (звательный; chiqish) kelishigi.
Stoiklar mazkur davrdayoq nutqni ikkiga: tashqi nutqqa va ichki nutqqa bo‘lib o‘rgandilar. Ular yunon tilida 24 ta tovush borligini aytib, bularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar.
Xullas, tilshunoslikning falsafiy davridan hozirgi tilshunoslik uchun muhim bo‘lgan ikki ta’limot qoldi:
1. Tilning elementlari, birliklari (so‘z va gap) – ishora, belgi.
2. Til birliklari ma’no, fikr bilan shartli bog‘langan.
Tilshunoslikning grammatik davri qadimgi yunon tilshunosligida Iskandariya davri deb yuritiladi. Misr davlatining markazi bo‘lgan Iskandariya makedoniyalik Iskandar nomi bilan bog‘liq edi. U bosib olgan Sharq mamlakatlarida yunon tili, madaniyati, falsafasining ta’siri natijasida yunon madaniyati, Sharq madaniyati bilan qo‘shilib ketib, aralash madaniyat – ellinizm yuzaga keladi.
Xullas, yunon tilshunosligi, ayniqsa, ellinizm davrida – yunon-sharq davrida (bizning eramizgacha bo‘lgan 334-31) taraqqiy qildi, rivojlandi.
Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakillari Zenodot, Aristarx, Dionisiy, Apolloniy Diskol va boshqalar.
Zenodot (taxminan bizning eramizgacha bo‘lgan 250 yillar). Zenodot 800.000 dan ortiq qo‘lyozma manbalarga ega bo‘lgan mashhur Iskandariya kutubxonasining birinchi rahbari. Zenodot va boshqa yunon filologlari Gomer, Esxil, Sofokl va boshqalarning asarlari ustida faol tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ular ushbu asarlarning lug‘at tarkibi va grammatikasiga oid sharhlar ustida mehnat qildilar. Zenodot artiklni, olmoshlarni farqladi.
Aristarx (bizning eramizgacha bo‘lgan 215-143 yillar). Iskandariya maktabining eng mashhur va yetakchi olimi samofrakiyalik Aristarx uzoq yillar davomida Iskandariya kutubxonasini boshqardi. U o‘zining 40 ga yaqin shogirdlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Gomer asarlarini mukammal o‘rganib, tekshirib chiqilgan to‘liq matnini yaratishdi.
Aristarx so‘z turkumi haqidagi ta’limotni mukammal ishlab chiqdi va sakkizta so‘z turkumini ajratdi. Bular: ot, fe’l, sifatdosh, artikl yoki ko‘rsatish olmoshi, old ko‘makchi, ravish va bog‘lovchi.
Dionisiy (bizning eramizgacha bo‘lgan 170-90 yillar). Aristarxning shogirdi frakiyalik Dionisiy o‘zigacha bo‘lgan tadqiqotchilarning ishlari va tajribalarini o‘rganib, ulardan foydalanib, rimliklar uchun «Grammatika san’ati» nomli sistemalashtirilgan dastlabki yunon grammatikasini yaratdi.
Dionisiy ta’limotiga ko‘ra so‘z so‘zlashuv nutqining (bog‘langan nutqning) eng kichik bo‘lagi (qismi)dir. Gap (yoki nutq) esa so‘zlarning o‘zaro munosabatidan, bog‘lanishidan hosil bo‘lib, tugal fikr ifodalaydi.
Dionisiy grammatikasida ot turkumi haqida quyidagi fikr beriladi: ot kelishik va songa ko‘ra o‘zgaruvchi turkumdir. U sifatlarni ham otga kiritadi.
Dionisiy fe’l haqida fikr yuritib, fe’lning kelishiksiz so‘z turkumi bo‘lib, zamon, shaxs, son, mayl, nisbat, tuslanish va boshqalarga ega ekanligini aytadi. Fe’lning beshta: aniqlik, buyruq, istak, tobelik va noaniqlik mayllarini; fe’lning uchta: harakat, o‘zlik va o‘rta nisbatlarini; fe’lning uchta: birlik, juftlik va ko‘plik sonlarini; fe’lning uchta: birinchi – nutqni so‘zlagan, ikkinchi – nutq yo‘naltirilgan va uchinchi – so‘z yuritilgan (o‘zga) shaxslarni qayd etadi. Grammatik zamon esa hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon kabi turlarga bo‘linadi. Sifatdoshlar esa fe’l va otlarga xos bo‘lgan belgilarni birlashtiradigan kategoriya sifatida talqin qilinadi.
Artikl, Dionisiy fikricha, turlanuvchi so‘z turkumi bo‘lib, u turlangan otdan oldin ham, keyin ham kela oladi. Olmosh ot o‘rnida qo‘llaniladigan so‘z bo‘lib, ma’lum shaxslarga ishora qiladi. Ravish turlanmaydigan so‘z turkumidir, fe’l haqida ma’lumot beradi va fe’lga birikadi. Bog‘lovchi fikrni ma’lum tartibda bog‘laydigan va fikrni ifodalashdagi oraliqlarni ko‘rsatadigan so‘zdir. Old ko‘makchi so‘z turkumi bo‘lib, barcha so‘z turkumlari oldidan so‘z tarkibida ham, gap tarkibida ham keladi. Ya’ni u sintaksisda ham, so‘z yasalishida ham qo‘llaniladi.
Apolloniy Diskol (eramizning II asri). Apolloniy Diskol bizgacha yetib kelgan yunon tili sintaksisini yaratdi. U «Sintaksis haqida» asarida yunon tili sintaksisiga oid ma’lumotlarni berdi.
Iskandariya maktabi vakillari tilning tovush tomoniga ham katta e’tibor berishdi. Ular tovushlarni akustik prinsip asosida tasvirladilar, tovush va harflarni aynan bir narsa hisoblab, ularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar. Shunga ko‘ra harflarni unli tovushlar va undosh tovushlar nomi bilan tasvirladilar. Unli harflarni (tovushlarni) o‘z holicha talaffuz qilinadigan va o‘zini alohida eshitish mumkin bo‘lgan tovushlar sifatida, undosh harflarni (tovushlarni) esa unlilar bilangina talaffuz qilinadigan tovushlar sifatida qaradilar. Shuningdek, ular bo‘g‘in, urg‘u haqida ham ma’lumot berishdi.
Tilshunoslikning grammatik davrida Iskandariya maktabi vakillari yunon tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bo‘yicha jiddiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va qator asarlar yaratdilar. Yunon tilshunosligida, ayniqsa, morfologiyaga oid masalalar mukammal ishlangan bo‘lib, unga nisbatan fonetika va sintaksis masalalari bo‘sh tadqiq qilingan. Shuningdek, Iskandariya maktabi vakillari grammatikani falsafadan ajratdilar.
Xullas, qadimda tilshunoslikning Iskandariya davri grammatikani mustaqil fan sifatida yaratdi.
Qadimgi yunon tilshunosligi (grammatikasi) hind tilshunosligi (grammatikasi) bilan bir qatorda o‘z davrida arab tilshunosligiga (grammatikasiga) ta’sir qildi.
25.Tilshunoslikda psixologik yo’nalish: Aleksand Afanasyevich Potebnya ta’limoti.
Javob:

psixologizm

психологизм

psycholo-gism

tilning alohida shaxslarning ruhiy hayoti va tafakkuriga munosabati jihatdan o‘rganilishiga asoslangan lingvistik yo‘nalish

Falsafiy tilshunoslikning asoschisi bo‘lgan Vilgelm fon Gumboldt tomonidan tilning alohida shaxslarning ruhiy hayoti va tafakkuriga munosabati jihatidan o‘rganilishi Geyman Shteyntal, Aleksandr Afanasyevich Potebnya, Ivan Aleksandrovich Boduen de Kurtene kabi tilshunoslarning ta’limotlarida – umuman tilshunoslikdagi psixologik yo‘nalishda davom ettiriladi. Tilshunoslikdagi psixologik oqimning – psixologizmning eng yirik vakili, asoschisi, nemis nazariyotchi tilshunos olimi, Berlin universiteti professori Geyman Shteyntaldir (1823-1899). U umumiy tilshunoslik sohasida o‘zini Gumboldtning shogirdi, uning g‘oyalarini davom ettiruvchi deb hisoblaydi. Psixologizm sohasida esa u Iogann Gerbert (1776-1841) ta’limotining – assotsiativ psixologiyaning davomchisi edi. Ayni ta’limotga ko‘ra narsa-hodisalar inson psixikasida o‘zaro bog‘liq holda bir-birlarini eslatadilar, esga tushiradilar.
Tilshunoslikdagi psixologik oqim vakillari tilni individual psixika faoliyatining maxsus mexanizmi, alohida inson ongidagi tasavvurlarning mexanizmi sifatida yoki xalq psixologiyasining spetsifik namoyon bo‘lishi sifatida talqin qilishlarini talab qiladilar. Ushbu g‘oyaning dastlabkisi individual psixologizm bilan bog‘lanib, bunda alohida individ va uning psixikasi asos bo‘lib hisoblanadi. Ushbu g‘oyaning keyingisi esa ijtimoiy psixologizm bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy psixologizmning diqqat markazida xalq, jamiyat, millat turadi.
Rossiyada tilshunoslikdagi psixologizm oqimining eng ko‘zga ko‘ringan yirik vakili rus va ukrain filologi Aleksandr Afanasyevich Potebnyadir (1835-1891). A.Potebnya rus, ukrain va jahon tilshunosligi fanining buyuk vakili bo‘lib, slavyan va boltiq tillarining mashhur tadqiqotchisi hisoblanadi.
A.Potebnya ilmiy faoliyati davomida tilshunoslikning umumfalsafiy masalalari, umumiy tilshunoslik, sintaksis, semantika, etimologiya, fonetika, dialektologiya, adabiyot nazariyasi, folklor, etnografiya va boshqa muammolar bilan shug‘ullanib, qator jiddiy asarlar yaratdi. A.Potebnyaning eng muhim asarlari Fikr va til (1862) hamda IV tomdan iborat Rus grammatikasidan lavhalardir (1874).
A.Potebnya fikricha, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi umumiylik har ikkovining ham aynan bir xalqqa, bir millatga tegishliligi bilan belgilanadi. U til va tafakkur munosabatiga to‘xtalar ekan, fikrning hosil bo‘lishi va o‘zining ifodasini topishi, voqelikka aylanishi faqat til yordamida, til materialida yuz berishini ko‘rsatadi. Shuningdek, u tilning faqat tafakkur – fikrlash jarayoni bilangina emas, balki umuman inson psixikasi bilan bog‘liqligini qayd etadi.
A.Potebnya ta’limotining muhimligi shundaki, tildagi forma bu faqat ifodalovchigina emas, balki ifodalanuvchi hamdir. Bunda ikki turdagi: real (mustaqil-leksik) va formal ma’nolar nazarda tutiladi. A.Potebnya so‘zning real (yoki mustaqil) ma’nosida ikki turdagi, ikki xil ma’noni – yaqindagi ma’noni va uzoqdagi ma’noni ajratadi.
So‘z masalasi, til va tafakkur munosabati masalasi kabi, A.Potebnya ta’limotining bosh g‘oyasi hisoblanadi, uning asarlarida markaziy o‘rinni egallaydi.
A.Potebnya, har bir so‘zda tashqi formani, ya’ni qismlarga ajraluvchi, bo‘laklanuvchi tovushni va ichki formani – ma’noni farqlaydi.
Xullas, A.Potebnya o‘zining lisoniy qarashlarida, ta’limotida tilshunoslik fanining murakkab va muhim masalalari haqida chuqur fikr yuritib, tilshunoslikdagi psixologizm oqimining vakillaridan farqli holda til va tafakkurni o‘zaro bog‘liq holda oladi, ularning birini ikkinchisidan ajratmaydi. Ayni vaqtda mantiqiy va lisoniy kategoriyalarning ham o‘ziga xosligini ta’kidlaydi.


26.Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari.
Javob: Киёсий - тарихий метод лингвистик методларнинг энг фаоли, энг асосийси, энг куп хизмат киладигани сифатида жахон тилшунослиги тарихида алохида ахамиятга эгалиги билан ажралиб туради.Ушбу метод XIX асрнинг бошларида - биринчи чорагида санскрит (кадимги хинд адабий тили)да яратилган ёзма манбалар тилини (ёзма нуткни) урганиш, уни Европа тилларига киёслаш, улар орасида умумийлик-ухшашлик борлигини аниклаш натижасида юзага келди.Киёсий - тарихий метод асосчилари: Франс Бопп (1791- 1867); Расмус Раск (1787-1832); Якоб Гримм (1785-1863); Алек­сандр Востоков (1781-1864)лардир.
К^иёсий - тарихий метод асосчилари - уз асарларида мазкур методдан фаол фойдаланган ушбу олимлар, хинд ва катор Ев­ропа тиллари тарихан битта асос, умумий тилдан - бобо тилдан (праязыкдан) ажралиб чиккан, ушбу тилнинг булиниши, турли томонларга таркалиши натижасида юзага келган, шаклланган деган гояни илгари сурадилар.
Ф.Бопп кадимги Хинд - Европа тилларида феълларининг тусланишини (парадигмасини) таккослаб, киёслаб урганиши натижасида бу тилларнинг кариндош эканлигини исботлаб берди. Хинд - Европа тилларида флексиянинг юзага келиши тарихини урганиб, тилшуносликда «агглютинация» назариясини яратди.Я. Гримм эса киёсий-тарихий метод оркали герман тиллари билан Х,инд-Европа тилларининг товуш системаси уртасида ухшашлик борлигини аниклаб, «Гримм конуни»ни яратди. Бу конунга биноан Хинд-Европа тилларидаги жарангсиз портловчи [р, f, к] товушларига герман тилларидаги жарангсиз сиргалувчи [f, q, h] товушлари мос келади. Хинд -Европа тил­ларидаги жарангли портловчи [b, q, d] товушлари герман тил­ларидаги [р, t, к] жарангсиз портловчи товушларга мосдир1 .
Юкорида айтилганлардан келиб чикиб, куйидаги мухим хулосага келиш мумкин: 1. Узаро кариндош тиллар орасида товуш мос келиш катъий конунлари мавжуд булиб, бу конундан хар бир мустасно (чекиниш - Р. Р.), албатта, шархланиши лозим. 2. Тилларнинг узаро кариндошлиги мана шу товуш мос келиш конунлари ва тиллараро умумий кадимий узаклар (асослар - Р. Р.) асосида белгиланади2.Демак, киёслаш учун фактлар факат кариндош тиллардан - генетик тенгликка эга булган тиллардангина олинади. Масалан: русча цветок, полякча k w i a t о к «гул»; форсча нов (нов), русча н о в (ый), немисча ней, инглизча new «янги», грекча pater, patros, лотинча pater, санскритча р i t а г, немисча vater, форсча п а д а р, русча папа, хиндча бобо «ота» демакдир3.
киёсий - тарихий метод асосан Хинд-Европа тилларига нисбатан кулланиши билан ва у Х,индистондан - Европагача булган тилларни киёслаш ва энг кадимги шаклларини тик­лаш учун хизмат киладиган киёсий-тарихий тилшуносликнинг- компаративистиканинг жахон тилшунослиги тарихида мустахкам урин эгаллашида пойдевор вазифасини утади.


27.Tilshunoslikda strukturalizm yo’nalishi. Kopengagen maktabi.
Javob: Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab golland faylasufi X.I. Boasning 1939-yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, u tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari – fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Bu aslida Ferdinand de Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish bo‘lib, XX asrning 30-yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan rivojlantirildi.
Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari suradi.

Download 184.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling