Umumiy tilshunoslik


Download 184.92 Kb.
bet15/19
Sana17.06.2023
Hajmi184.92 Kb.
#1551480
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
YAKUNIY

Psixolingvistika. Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli nutqiy faoliyat tilshunoslikda ham, psixologiya fanida ham tekshirish obyekti sanaladi. Tilshunoslik va psixologiya fanlarining ushbu kesishish nuqtasi mazkur fanlar oralig‘ida psixolingvistika (yoki lingvopsixologiya) yo‘nalishining yuzaga kelishiga olib keldi. Ushbu atama dastlab 1946-yilda Amerika psixologi N.Pronko tomonidan qo‘llandi va XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi. Biroq uning ildizlari XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga kelgan psixologizm oqimiga (asoschisi G.Shteyntal) borib taqaladi. U tilda xalq ruhining ifodalanishini ta’kidlab, sotsial, etnik psixologiyani yaratishga intildi.
Ushbu oqim tarafdorlari o‘z e’tiborlarini tilning ichki tomoniga, jonli nutqqa, bevosita nutqiy jarayonga, so‘z va gaplarning ma’no tomoniga qaratdilar, assotsiativ psixologiya tushunchalarini va amalini kiritishga harakat qildilar.
Psixolingvistikaning o‘rganish obyektiga quyidagilar kiritilgan:

23.Abu Rayhon Beruniyning lingvistik qarashlari.
Dunyo madaniyati va ma’naviyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan, fan tarixida juda katta iz qoldirgan qomusiy olimlarimizdan yana biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniydir.
Beruniyning hayoti va ijodiy faoliyatini yoritishga bag‘ishlangan bir qancha asarlar mavjud. Shuning uchun ham biz olimning hayotiga doyr ayrim ma’lumotlarni keltirish bilan cheklanamiz.
U o‘z davridagi barcha fan sohalari bo‘yicha qalam tebratib, 150 dan ortiq asar qoldirdi. Bizgacha yetib kelgan asarlari orasida «Xronologiya», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Mas’ud qonuni» hamda «Saydana» nomi bilan mashhur bo‘lgan «Kitob as-saydana fi-t-tibb» asarlari tadqiqotchilar tomonidan maxsus o‘rganildi va arab, rus, ingliz, nemis va boshqa tillarga tarjima qilinib, nashr etildi.
Beruniy ilmiy hazinaning kaliti sanaluvchi tilga va tilshunoslikka alohida e’tibor berdi. U yoshligida yunon, lotin, arab, fors, so‘g‘d, suryoniy tillarini chuqur o‘rgandi. Chunki jahon sivilizatsiyasining beshigi Yunoniston va Rim o‘lkalari bo‘lib, antik madaniyat namunalarining barchasi shu tillarda yozilgan edi. Arab tili Beruniy yashagan davrda diniy ta’limot tili bo‘lishi bilan birga, fan tiliga ham aylangan edi. Islom olamida yaratilgan barcha asarlar arab tilida yozilar edi. Bularning hammasi bo‘lajak allomani yuqoridagi tillarni sinchkovlik bilan o‘rganishga da’vat etdi. Beruniy o‘zini xorazmiy tiliga mansub ekanligini, arab, fors tillarini esa keyin o‘rganganligini ta’kidlaydi.
Umrining so‘nggi yillarida Mahmud G‘aznaviyning vorisi Ma’dud sultonligi davrida 1048-yilda dorivor o‘simliklar, hayvonlar va ma’danlar tavsifiga bag‘ishlangan «Saydana» asarini yozdi.
Beruniyning tilga va tilshunoslikka bo‘lgan qarashlari mana shu asarida yaqqol namoyon bo‘ladi. «Saydana»ning kirish qismida muallifning yoshlik yillarida o‘zini qurshab turgan olamni va olam uzvlarining turli tillarda qanday nomlanishini bilishga naqadar ishtiyoqmand ekanligi bayon qilinadi. Xususan, olimning bolaligida uning yurtiga bir yunon ko‘chib keladi.
Abu Rayhon unga don, urug‘, meva, o‘simlik va boshqa narsalar ko‘tarib kelib, bular yunon tilida qanday nomlanishini so‘raganligi va yunoncha nomlarini daftariga yozib olganligini bayon qiladi.
«Saydana»ning qimmatli tomoni shundaki, unda dorivor moddalarning bir necha tillardagi nomlari keltiriladi. Hatto bir o‘simlik yoki modda bir tilning turli shevalarida turlicha nomlanishi yoki aksincha, bir nom turli shevalarda turli o‘simlik nomini bildirishi mumkin. Bu esa dorivor moddalardan amalda foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Aholiga foydalanish oson bo‘lishi uchun modda nomining dialektal variantlarini ham ko‘rsatadi.
Bu Beruniyning narsa nomini bilish insonning ma’naviy boyligigina emas, balki katta moddiy boyligi bo‘lishi mumkinligini, shuning uchun ham til o‘rganishning tengsiz amaliy ahamiyati mavjudligini ta’kidlaydi.
Asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalarning nomi izohlanadi. Har bir bob bir harfga bag‘ishlanadi. Arab alifbosidagi 28 harfga lom-alifni ham qo‘shib, alohida bob qilib beradi. Beruniy o‘z asarida bu muammoning o‘ta muhimligini sezgan holda, 4500 dan ortiq arabcha, yunoncha, suriyacha, forscha, xorazmiycha, sug‘dcha, turkcha va boshqa tillardagi o‘simlik, hayvon, minerallar va ulardan tayyorlanadigan dorivorlar nomlarini to‘playdi va izohlaydi. Natijada o‘z davridagi dorivor atamalarni me’yorlashtirishda juda katta xizmat ko‘rsatadi. Ularni izohlash uchun 250 dan ziyod olimlarning asarlaridan iqtibos keltiriladi. Ular orasida Gippokrat (miloddan oldingi 460-355 yillar), Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar), Ptolomey XI ning qizi Kleopatra (miloddan avvalgi 69-30 yillar) singari yunon; Arxigen (83-117 yillar.), Galen (129-200 yillar) kabi rim; Choraka (miloddan avvalgi I asr) kabi hind; Masardjavayh (661-750 yillar), mashhur tabib Iso Masihning otasi Ad-Dimashqiy, Iso Masih, al-Kindiy singari arab olimlari nomlari alohida o‘rin egallaydi. Shu nomlarning o‘ziyoq Beruniy «Saydana» asarini yozishga nechog‘lik katta tayyorgarlik ko‘rganligini, dunyoning menman degan allomalari asarlarini sinchiklab kuzatganligini, qadimgi va zamondoshlari asarlarida uchragan dorivor moddalar nomlarini hijjalab yiqqanligini ko‘rsatadi. Olim bu bilangina cheklanib qolmay, ayrim dorivor vositalarni asar yozilayotgan chog‘da bevosita ba’zi shaxslar og‘zidan daftarga tushirganligini bayon qiladi.
Natijada «Saydana» asari dorivor moddalar lug‘atiga aylanadi. Bu lug‘atning xarakterli xususiyati shundaki, muallif foydalanuvchilarga oson bo‘lishi uchun dorivor moddalar nomini arab alifbosi tartibida joylashtiradi. Bir harf bilan boshlanuvchi bir necha so‘z bo‘lsa, ular shu harf bobida ichki alfavit asosida beriladi. Natijada o‘zigacha bo‘lgan arab leksikograflarining lug‘at tuzish tamoyillaridan ancha farq qiladigan o‘ziga xos lug‘atga aylanadi.


Download 184.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling