Umumiy tilshunoslik


Download 184.92 Kb.
bet17/19
Sana17.06.2023
Hajmi184.92 Kb.
#1551480
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
YAKUNIY

Anomalistlar oqimining yetakchisi stoik Krates va uning tarafdorlari esa ushbu g‘oyaga zid fikrni, zid g‘oyani ilgari surishadi. Ya’ni ular aytadi: tilning tarkibi va grammatik qurilishi bilan borliq orasida to‘la moslik, o‘xshashlik yo‘q; biz doim turli tengsizlikka, moslik me’yoridan chetga chiqishlarga duch kelamiz. Masalan, tildagi uch grammatik jins atrofimizdagi narsalarga real ravishda to‘g‘ri keladi, deb hisoblash be’manilikdir. Haqiqatan ham, masalan, rus tilidagi черепаха (toshbaqa), белка (olmaxon) so‘zlari shakliga qaraganda grammatik jihatdan ayollar jinsiga mansub bo‘lishi kerak edi. Amalda esa o‘sha hayvonlarning erkagi ham, urg‘ochisi ham bir xilda cherepaxa, belka deyiladi. Shuningdek, rus tilidagi дятел (qizilishton) so‘zi o‘z shakliga ko‘ra faqat erkaklar jinsiga nisbatan qo‘llanaveradi. Demak, bu yerda til anomaliyasi mavjud bo‘lib, shakl bilan mazmun orasida moslik yo‘qdir.
Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi yunon faylasuflari Anaksimen, Prodik, Protagor, Platon, Aristotellar til masalalariga oid asarlar yaratganlar va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan asosli fikrlarni bayon qilganlar.
Anaksimen (bizning eramizgacha bo‘lgan 560-502 yillar). U «Ritorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi.
Prodik (bizning eramizgacha bo‘lgan V asr). Prodik sinonimika masalalarini ishlab chiqdi. U ma’no jihatdan har bir ma’nodosh so‘zning o‘ziga xos xususiyatlarini, ma’no ottenkalarini, qirralarini farqlashga o‘rgatdi.
Protagor (bizning eramizgacha bo‘lgan 480-410 yillar). Protagor otlarning rodlarini (jinsini), fe’l zamonlarini va gaplarning turlarini farqladi.
Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe’llarni farqlab, gapning ot bilan fe’lning bog‘lanishidan hosil bo‘lishini ta’kidladilar.
Platon (bizning eramizgacha bo‘lgan 427-347 yillar). O‘z davrining dastlabki yirik faylasufi Platon etimologiya fanining asoschisi sifatida e’tirof qilinadi. U mantiqli nutqda ikki turdagi so‘zlarni: ot va fe’llarni farqladi. Gapda ega vazifasida kelgan so‘zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so‘zni fe’l deb atadi.

Download 184.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling