Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish
Download 12.59 Kb.
|
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotla-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari talim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish . Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari talim-tarbiya jarayonini tashkil etish Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va bolalarni qabul qilish jarayoni. Maktabgacha ta’lim tashkilotilarini shakillantirish 1. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari talim-tarbiya jarayonini tashkil etish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o'rin tutadi. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 - 2021- yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo'lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas'uldirlar. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'Iig'ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog'liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog'liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta’lim tashkilotilari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo'llanmalari asosida amalga oshiriladi. Muassislari boshqa tashkilotlar bo'lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotilari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar: S I va II guruh nogironlari; S ko'p bolali oilalarning bolalari; S harbiy xizmatchilarning bolalari; S- talabalar va pedagoglarning bolalari; S chin yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar. Download 12.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling