Umumiy tushunchalar. Bug`latish qurilmalarining tuzilishi Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari. Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari
Download 60.49 Kb.
|
4-ma\'ruza
4.4-rasm. Bir xil yo׳nalishli uchta korpusdan iborat bug`latish qurilmasi: 1, 2, 3 - bug`latish korpuslari; 4 - isitkich; 5 — barometrik kondensator; 6 - tomchi ushlagich; 7 — vakuum-nasos.
Ikkinchi korpusda bug`latilgan eritma uchinchi korpusga o׳z-o׳zicha o׳tadi. Uchinchi korpusni isitish uchun ikkinchi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` ishlatiladi. Oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` barometrik kondensatorga uzatiladi. Bu erda, bug`ning kondensatsiyalanishi natijasida siyraklanish (vakuum) hosil bo׳ladi. Havo va kondensatsiyalanmay qolgan gazlar issiqlik almashinish jarayonini susaytiradi. Shu sababli sovituvchi agent (suv) bilan korpuslarning zichmas joylari orqali kirib qolgan gazlar tomchi ushlagich orqali vakuum-nasos yordamida so׳rib olinadi. Kondensatordagi qoldiq bosimning qiymati suv haroratining o׳zgarishi bilan o׳zgaradi. Shu sababli vakuum-nasos yordamida qurilmada tegishli qiymatdagi vakuumni ushlab turish mumkin. Bir xil yo׳nalishli bug`latish qurilmasining asosiy afzalligi shundaki, eritmani bir korpusdan ikkinchisiga o׳tkazish uchun issiq oqimda ishlashga moslangan nasoslar talab qilinmaydi. Har bir keyingi korpusda oldingisiga nisbatan yuqori konsentrasiyali eritmani pastroq bosimda bug`latishga to׳g`ri keladi. Shuning uchun oxirgi korpusdagi issiqlik o׳tkazish koeffitsienti birinchi korpusdagiga nisbatan bir necha marta kichik bo׳ladi. Bu hol bir xil yo׳nalishli qurilmalarning kamchiligidir. Qarama-qarshi yo׳nalishli ko׳p korpusli bug`latish qurilmalarida isituvchi bug` va bug`latilayotgan eritma bir korpusdan ikkinchisiga o׳tishda o׳zaro qarama-qarshi tomonga harakat qiladi. Agar dastlabki eritma uchinchi korpusga berilsa, birlamchi isituvchi bug` birinchi korpusga beriladi. Birinchi korpusda hosil bo׳lgan ikkilamchi bug` ikkinchi korpusda isituvchi agent sifatida ishlatiladi va hokazo. Uchinchi korpusda qisman quyuqlashtirilgan eritma ikkinchi korpusga nasos yordamida o׳tkaziladi, so׳ngra ikkinchi korpusdan birinchisiga yana nasos yordamida haydaladi. Quyuqlashtirilgan eritma birinchi korpusdan olinadi, oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` esa kondensatorga beriladi. Qarama-qarshi yo׳nalishli qurilmalar eritmalarni juda katta konsentrasiyalargacha bug`latishda va quyuqlashtirish jarayonida qovushoqligi ortib ketadigan eritmalarni bug`latishda ishlatiladi. Bunday qurilmalarning asosiy afzalligi shundaki, ular bir xil yo׳nalishli qurilmalarga nisbatan kichik isitish yuzasini talab qiladi. Kamchiligi: qurilmaning ishlashi uchun issiqlik oqimiga mo׳ljallangan nasoslar kerak. Parallel ta’minlanish rejimi bilan ishlaydigan qurilmalarda dastlabki eritma bir vaqtning o׳zida barcha korpuslarga beriladi. Har bir korpusdan chiqayotgan quyuqlashtirilgan eritma bir xil konsentrasiyaga ega bo׳ladi. Isituvchi bug` faqat birinchi korpusga beriladi, qolgan korpuslarda isituvchi agent sifatida oldingi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` ishlatiladi. Oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` kondensatorga yuboriladi. Bunday chizmalar asosan tarkibida qattiq faza zarrachalari tutgan to׳yingan eritmalarni bug`latishda hamda eritmalarni yuqori konsentrasiyalargacha quyuqlashtirish talab qilinmagan sharoitda ishlatiladi. Ba’zi sharoitlarda bug`latish qurilmalarida hosil bo׳ladigan ikkilamchi bug`ning bir qismi boshqa maqsadlar uchun ajratib olinadi. Bug`latish qurilmasining istalgan bir korpusidan ikkilamchi bug`ning bir qismi ajratib olinib, bug`latish jarayoni bilan bog`liq bo׳lmagan boshqa maqsadlarda (masalan, quritish qurilmalarida, rektifikatsiya kolonnalarida) ishlatilsa, bunday bug` “ekstra-bug`” deb yuritiladi. Ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalarida bug`langan suvning miqdori, isituvchi bug` bilan kiritilgan issiqlik miqdori va isituvchi bug`ning sarfi tegishli moddiy va issiqlik balanslari tenglamalari asosida topiladi. Download 60.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling