4-Ma`ruza
BUG`LATISH QURILMALARI
Reja:
Umumiy tushunchalar.Bug`latish qurilmalarining tuzilishi
Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari.
Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari.
Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari.
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari.
Ko׳p bosqichli qurilmalarning shakllari.
Korpuslarning maqbul sonini aniqlash.
4.1. Umumiy tushunchalar.Bug`latish qurilmalarining tuzilishi
Bug`latish jarayoni har xil bug`latgichlarda olib boriladi. Bug`latish qurilmalari isituvchi yuzaning tuzilishi va joylashuvi, issiqlik tashuvchi agentlarning yo׳nalishi, sirkulyatsiya turi, rejimi va boshqa bir qator omillarga ko׳ra bir necha turlarga ajratiladi:
Isitish kamerasining tuzilishiga binoan bug`-qobiqli, zmeevikli, osma holatda va boshqa ko׳rinishda bo׳lgan isitish kamerali bug`latgichlar;
2. Isitish yuzasining joylashuviga nisbatan vertikal, gorizontal va qiya burchakli bug`latgichlar;
3. Isituvchi agentning turiga ko׳ra bug`, gaz, yuqori haroratli isituvchi agent yoki elektr energiyasi bilan isitiladigan bug`latgichlar;
4. Sirkulyatsiya rejimiga ko׳ra tabiy, majburiy hamda bir va ko׳p karrali sirkulyatsiyali bug`latgichlar;
5. Eritmani qurilmaga berib turish rejimiga ko׳ra davriy va uzluksiz ishlaydigan bug`latgichlar;
6. Qurilmadagi bosimning qiymatiga ko׳ra atmosfera bosimi, ortiqcha bosim, vakuum bilan ishlaydigan bug`latgichlar;
7. Korpuslarning soniga ko׳ra bir va ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalari;
8. Eritma va isituvchi agentning o׳zaro yo׳nalishiga ko׳ra bir xil, qarama-qarshi, murakkab yo׳nalishli hamda eritma bilan parallel ta’minlovchi bug`latgichlar.
Bug`latish qurilmasining asosiy konstruksiyalari bilan tanishib chiqamiz.
Markaziy sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari. Bunday qurilmalarda bug`latilishi kerak bo׳lgan eritma isitish kamerasining yuqorigi qismidan beriladi. Isitish kamerasi bir necha quvurlar to׳plamidan iborat bo׳lib, ularning uchlari quvur to׳riga razvalsovkalab biriktirilgan (23.1-rasm). Eritma quvurlarning ichida qaynab, bug`-suyuqlik aralashmasi holida quvurning balandligi bo׳yicha ko׳tariladi va qurilmaning yuqorigi qismida joylashgan bug` bo׳shlig`idagi ajratkichga o׳tadi. Ikkilamchi bug`dan ozod bo׳lgan eritma va uning tomchilari markaziy sirkulyatsiya quvuriga tushadi.
Eritmaning sirkulyatsiya tezligi uning fizik xususiyatlariga, issiqlik miqdoriga hamda sirkulyatsiya konturining gidravlik qarshiligiga bog`liq. Quyultirilgan eritma qurilmaning pastki qismidan chiqariladi. Ikkilamchi bug` suyuqlik ustidagi hajmni egallaydi va so׳ngra qurilmaning yuqoridagi qismida joylashgan tomchi ushlagich orqali o׳tkazilib uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |