Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari


Qattiq jism tekis parallel harakatining differensial tenglamalari


Download 49.64 Kb.
bet19/21
Sana02.12.2023
Hajmi49.64 Kb.
#1779107
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari-hozir.org (1)

Qattiq jism tekis parallel harakatining differensial tenglamalari.

Kinematikadan ma’lumki, qattiq jismning tekis parallel harakati mazkur jismda qutb deb olingan nuqta holati hamda uning shu qutbdan o`tuvchi o`q atrofida aylanishidagi burilish burchagi orqali aniqlanar edi. Jismning inersiya markazini qutb deb tanlasak, tekis parallel harakatdagi jism holati inersiya markazining koordinatalari


Xs,Ys va φ burilish burchagi orqali aniqlanadi.



  1. Bog‘lanishlar klassifikatsiyasi

Bir qancha jismdan tashkil topgan sistemaning muvozanatini tekshirishda Lagranjning mumkin bo`lgan ko`chish prinsipidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mumkin bo`lgan ko`chish prinsipini berishdan avval biz bog`lanish turlari bilan tanishib chiqamiz. Sistema nuqtalarining harakatini cheklovchi (ya’ni sistemani eriksiz qiluvchi) omil bog`lanish deb ataladi. Sistemaga qo`yilgan bog`lanishlar tufayli sistema nuqtalarining koordipatalari, tezliklari ixtiyoriy o`zgara olmaydi. Bog`lanishlarning sistema yoki uning nuqtalari harakatiga ta’sirini sxematik ko`rinishda geometrik chiziqlar, sirtlar orqali tasavvur qila olamiz. Shunga ko`ra bog`lanishlarning matematik tenglamalar ko`rinishida ifodalash mumkin. Bu tenglamalar bog`lanish tenglamalari deb ataladi. Bog`lanish tenglamalari sistema nuqtalarining koordinatlari, tezliklari hamda vaqt orqali ifodalanishi mumkin. Sistema nuqtatalarining koordinatalarigagina chek qo`yuvchi bog`lanishlar geometrik bog`lanishlar deyiladi. Agar bog`lanish sistema nuqtalarining koordinatalaridan tashqari tezliklariga ham chek qo`ysa, u kinematik (differensialli) bog`lanish deb ataladi. ) tenglamalar integrallanadigan bo`lsa,bog`lanish golonom aks holda begolonom bog`lanish deyiladi. Bog`lanish tenglamasi vaqtning oshkormas funksiyasi sifatida ifodalansa


bog`lanish statsionar bog`lanish,aks holda nostatsionar bog`lanish deb ataladi.


  1. Umumlashgan koordinatalar. Sistemaning erkinlik darajasi.

Golonom bog`lanishdagi sistema holatini bir qiymatli aniqlovchi , bir-biriga bog`liq bo`lmagan parametrlar soni sistemaning erkinlik darajasi deyiladi. Sistemaning fazodagi holatini bir qiymatli aniqlaydigan bir-biriga bo`g`liq


bo`lmagan parametrlar umumlashgan koordinatalar deyiladi va ular q q qk , , ... , 1 2 bilan belgilanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, umumlashgan koordinatalarning o`lchov birligi turlicha ( masalan, metr, radian, m kvadrad,m kub) tanlanadi.




  1. Download 49.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling