Umumiy tushunchalar Oʻralgan juft kabel Shisha tolali kabel
NKT" (Finlyandiya) firmasining optik kabeli
Download 0.6 Mb.
|
11-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- WARNING INUISIBLELASERLIGHT – Diqqat! Lazer nurlanish.
4.NKT" (Finlyandiya) firmasining optik kabeli
“NKT” firmasi lokal hisoblash tarmoqlari uchun tashqarida yotqaziladigan NKT 11943147 OPTICAL FIBRE LAN CABLE WARNING INUISIBLE LASER LIGHT 6 mm 62,5/125 0,275 NA 850/1300 nm markali optik kabellarni ishlab chiqaradi. 3.12-rasmda kabelning koʻndalang kesimi koʻrsatilgan. Kabel tashqi polivinil xloridlishlangga 1 ega. Bu shlang polietilen qobiq 2 ustiga qoplangan. Belbogʻli izolyatsiya 3 sintetik tasmadan ishlangan. Burama oʻramli kabel oʻzagi gidrofobli toʻldirgich 4 ichida joylashgan boʻlib, oltita fotoplastik modul 5 va ikki tapolietilenkordellit oʻldirgich 6 oʻz ichiga olgan. Modullar bittadan koʻp modalitolaga 7 ega. Markaziy kuch elementisteklo plastikdan yasalgan oʻq (oʻzak) koʻrinishida bajarilgan. Kabel rusmini sharhlaymiz: NKT – Nokia Telecom; 11943147 – maxsulot kodi; OPTICAL FIBRELAN CABLE – lokal xisoblash tarmoqlari uchun optik tolali kabel; 4-rasm. NKT 11943147 OPTICAL FIBRE LAN CABLE WARNING INUISIBLE LASER LIGHT 6 mm 62,5/125 0,275 NA 850/1300 nm rusumli kabel WARNING INUISIBLELASERLIGHT – Diqqat! Lazer nurlanish. 6 – kabeldagi tolalar soni; mm – koʻp modalitolalar; 62,5/125 – oʻzak diametri/tola qobigʻini diametri, mkm; 0.275 NA – raqamli apertura; 850/1300 nm– optik nurlanishni toʻlqin uzunligi, nm. Tashqi polivinil xlorid qobiq qalinligi 1 mm. Polietilen qobiq qalinligi 1.5 mm. Modul va kordel toʻldirgich diametri 1.5 mm. Markaziy kuch elementini diametri 3 mm. Kabel diametri 10 mm tashkil etadi. A-DQ(BN)H 1x12 rusmli bir modulli konstruksiyaga ega boʻlgan kabel (12.5-rasm). Kabel, 12 tatola joylashgan modul 1, stekloplastikdan yasalgan qattiqlovchi element 2, oʻtgachidamli qobiq 3, qobiqni yormoq uchun shnur 4 dan iborat. Yuqorida qayd etilgan kabel rusmini sharhlagandek ushbu kabelda 12 tatolali 1 dona modul boʻlganligi bilan farqlanadi. Bu yerda xam yuqorida keltirilgan tolalar turi qoʻllanilgan. Ushbu turdagikabellarda tolalarning soni 24 tagacha boʻladi. Kabel diametri 7.6 mm, ogʻirligi 55 kg/km, tortilish kuchi 80 kg*s(kg*kuch). Mumkin boʻlgan egilish radiusi 150 mm. Shuningdek, A-VB(BN)H 1x24 rusumli kabellardan xam foydalaniladi. Bu kabellar kirishlarda qoʻllaniladi. Bitta modulda tashqi qobigʻi jips (zich) joylashtirilgan optic tolalari boʻlib, ularni diametri 900 mkm gacha boʻladi (12.6-rasm).
Kabel himoya qobigʻi kuchaytirilgan 24 tatolali modul 1 ga, stekloplastikdan qilingan qattiqlovchi element 2, yongʻindan himoyalaydigan qobiq 3, suv qochiradigan qobiq 4 ga ega. Kabel rusumi quyidagicha sharhlanadi: A – tashqi yotqazish kabeli; V – bir modulli konstruksiya; B – himoya qobig`i kuchaytirilgan tolalar; (BN) – stekloplastikli qattiqlovchi element; N – galogensiz qobiq; 1x24 – 24 tolali bitta modul. Tolalar turi yuqorida qayd etilgan konstruksiyalarga oʻxshaydi. Tolalarning maksimal soni 24 ta boʻlishi mumkin. Kabel diametri 9.2 mm, vazni 78 kg/km, tortilish kuchi 110 kg*kuchdan kam emas va egilishini mumkin boʻlgan radiusi 190 mm. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling