Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Inson psixikasi murakkab tizim sifatida
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixikaning rivojlanishi
Inson psixikasi murakkab tizim sifatida
Olimlar inson psixologiyasi va xulq-atvorini o‘rganishda ularni bir tomondan, organizmning biologik tuzilishi va faoliyati nuqtai nazaridan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy rivojlanish qonunlari yordamida tushuntirib berishga harakat qiladilar. Birinchi vaziyatda psixika va xulq-atvorning irsiyat bilan belgilanadigan tug‘ma, anatomiya va fiziologiya bilan bog‘liq bo‘lgan genotipga tegishli xususiyatlar namoyon qilinadi va tadqiq etiladi. Bunda psixologlarning tadqiqot predmeti bo‘lib inson organizmi faoliyatining tabiiy qonunlari bilan bog‘liq ravishda psixikaning rivojlanish jarayoni xizmat qiladi. Ikkinchi vaziyatda psixika va odam xulq-atvorining uning jamiyatda tutgan o‘rni, bajaradigan ijtimoiy funksiyasi, atrofdagi odamlar bilan turlicha munosabatlari bilan bog‘liqligi tadqiq etiladi. Shunday qilib, individual xulq-atvordan tashqari psixologlar, shuningdek, odamlarning shaxslararo munosabatlarini ham o‘rganadilar. Psixikaning rivojlanishi deb tirik mavjudotlar psixikasining ketma-ketlik bilan taraqqiy etuvchi (garchi tanazzulning ayrim holatlarini namoyon qilsa-da) qaytmas miqdoriy va sifat o‘zgarishlariga aytiladi. Psixikani aks ettiruvchi-boshqaruvchi noyob hodisa sifatida tushunish uchun aks ettirish – jismning umumiy xossasi ekanligini e’tiborda tutish lozim. Yer yuzida hayotning dastlabki belgilari 2-3 milliard yil avval, dastlab asta-sekin murakkablashib borgan kimyoviy, organik birikmalar, so‘ngra esa sodda tirik hujayralar ko‘rinishida paydo bo‘lgan. Ular tiriklikka xos bo‘lgan rivojlanish, yaratish va orttirilgan, irsiyat tomonidan belgilangan xossalarni keyingi avlodga o‘tkazish xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan biologik evolyusiyani boshlab berganlar. Ma’lum psixik xususiyatlarga ega bo‘lgan tirik jismlarning ko‘plab shakllari mavjud. Tashqi muhit ta’siriga javoban oddiy tanlovchan ta’sirlanish xususiyati tirik jismning sodda shakllarida ham kuzatiladi. Xuddi shu tarzda, bir hujayrali amyoba ba’zi ta’sirotlardan uzoqlashib, boshqalariga yaqinlashadi. Amyobaning harakatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, sodda organizmlarning tashqi muhitga moslashishining dastlabki shakllari bo‘lib hisoblanadi. Tiriklikning yuzaga kelishi aks ettirishning alohida turi – qo‘zg‘aluvchanlikning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Qo‘zg‘aluvchanlik – bu tirik organizmlar (o‘simlik va hayvonlar)ning biologik foydali yoki zararli ta’sirlarga nisbatan o‘z holatlarini o‘zgartirish bilan javob qaytarish xossasi. Qo‘zg‘aluvchanlik tashqi tomondan tirik organizmning majburiy faolligining namoyon bo‘lishi bilan ifodalanadi. Organizm rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, yashash muhiti sharoitlarining o‘zgarishi holatida organizm faolligining ifodalanishi shunchalik murakkab shaklga ega bo‘ladi. Tirik mavjudotlarning evolyusiya natijasida o‘zini takomillashtirib borishi bilan ularning organizmlarida o‘z zimmasiga rivojlanish, xulq-atvor va yaratish kabilarning boshqaruvi funksiyasini olgan maxsus organ ajralib chiqdi. Bu – nerv tizimi. Uning murakkablashishi va takomillashib borishi (boshqa to‘qima va organlardan alohida ravishda gangliy tuzilmalarning ajralishi va bo‘linishi, bosh va orqa miyaning tarkib topishi, avval qadimiy, so‘ngra eski va yangi bosh miya po‘stlog‘ining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, MNT va tananing boshqa organlari o‘rtasidagi aloqalarning murakkablashishi) jarayonida xulq-atvor shakllarining rivojlanishi sodir bo‘ldi va hayotiy faoliyatning psixik boshqarish darajalarining qatlamlari: sezgilar, qabul qilish, xotira, tasavvurlar, tafakkur, ong, reflekslar yuzaga keldi. Voqelikda muhim hayotiy hodisalar haqida xabar beruvchi biologik indifferent ta’sirotlar aks etsalar, voqelikni aks ettirishning bunday shakli sezgirlik deb ataladi. Xuddi mana shu psixikaning o‘zi bo‘ladi. Sezgirlik sezgilarga nisbatan umumiy qobiliyatni ifodalaydi. A.N.Leont’yevning tasdiqlashiga ko‘ra, hayvonlarda sezgirlikning yuzaga kelishi psixika paydo bo‘lishiningob’yektiv biologik belgisi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Xulq-atvor – bu tirik organizmning tashqi muhit ta’sirlariga javoban yuzaga keladigan murakkab reaksiyalar majmuasi hisoblanadi. Tirik mavjudotlar psixikasi rivojlanganligining darajasiga ko‘ra, murakkabligi turlicha bo‘lgan xulq-atvorga ega ekanliklarini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Xulq-atvorning sodda reksiyalarini, masalan, chuvalchangning to‘siqqa duch kelganida, o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartirishini kuzatganimizda ko‘rishimiz mumkin. Bunda tirik mavjudotning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, xulq-atvori ham shunchalik murakkablashadi. Xuddi shunday holatni itlarda ilgarilangan aks ettirishning namoyon bo‘lishini kuzatamiz. Masalan, it ma’lum tahdidga ega bo‘lgan ob’yekt bilan to‘qnashishdan o‘zini olib qochadi. Shunday qilib, yuqoridagi fikrlar asosida, tirik organizmlar psixikasi rivojlanganligining to‘rt asosiy darajasini ajratish mumkin, bular: qo‘zg‘aluvchanlik, sezuvchanlik (his-tuyg‘ular), yuqori tuzilgan hayvonlarning xulq-atvori (tashqi namoyon bo‘lgan xulq-atvor), inson ongi (sababiy xulq-atvor)dir. Ushbu darajalarning har biri o‘z rivojlanish bosqichlariga ega ekanliklarini ta’kidlab o‘tish zarur. Psixika rivojlanishining yuqori darajasi faqat insonga xosdir. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling