Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Evolyusiyada tabiiy tanlanishning o‘rni
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
Evolyusiyada tabiiy tanlanishning o‘rni
Hayvonlar psixikasi taraqqiyotini o‘rganuvchi ushbu yondashuvdan tashqari boshqa yondashuvlar ham mavjud. Masalan, fransiyalik biolog-olim, birinchilar qatorida sinantrop odamning qoldiqlarini aniqlagan tadqiqotchi-antropolog va taraqqiyparvar arbob Per Teyyar de Sharden ushbu muammoni o‘rganishga idealizm nuqtai nazaridan yondashadi. Bunda Teyyar de Sharden olamda ideal asosning abadiy mavjudligi, uning moddiy asos bilan uyg‘un ravishda taraqqiy etishi qoidalariga tayanib ish ko‘radi. U psixik manbalarni, «ruhiy quvvat» tushunchasini jismning «ichki tomoni» bilan tenglashtirgan holda ko‘radi va uning vujudga kelish tarixini «boshlang‘ich hayot» deb nomlanuvchi qadim zamonlarga taqaydi. Ruhiy quvvat jismoniy quvvat bilan uyg‘unlashgan holda unga qarshilik ko‘rsatadi. U rivojlanishda moddiy dunyoning xilma-xilligini hosil qiluvchi jismoniy quvvatdan farq qilib, o‘z taraqqiyot yo‘lida sodda hayvonlardan tortib, odamgacha bo‘lgan tirik mavjudotlarga xos psixologik hodisalarning turli-tumanligini yuzaga keltiradi. Teyyar de Shardenning yozishicha: «Ikkala – jismoniy va ruhiy quvvatlar mos ravishda dunyoning tashqi va ichki tomonlarida … o‘zaro muntazam birlashgan holatda bo‘ladi va ba’zi hollarda bir-biriga o‘tib turadi» Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, birinchidan, moslashish vositalari va darajalari hayvonlar psixikasining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, hayvonlar psixikasi rivojlanishining jismlarni idrok qilish bosqichida turgan eng yuqori darajasi hayvonlarning boshlang‘ich idrokli xulq-atvori haqida fikr yuritish imkonini beradi. Lekin hayvonlar xulq-atvorining o‘ziga xos xususiyati, asosan, o‘zining biologik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Inson psixik tarraqqiyotining jadallashishiga insoniyat erishgan uchta asosiy yutuq ko‘mak berdi. Bular: mehnat qurollarining kashf etilishi, moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlarini ishlab chiqarilishi va til va nutqning paydo bo‘lishi. Inson mehnat qurollari yordamida tabiatga ta’sir ko‘rsatish va uni chuqurroq bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘z navbatida, qurollarni va ular yordamida bajariladigan mehnat funksiyalarini takomillashtirish qo‘l yordamida bajariladigan funksiyalarning o‘zgarishiga va yaxshilanishiga olib keldi, buning evaziga qo‘l vaqt o‘tishi bilan ish qurollari orasida eng nozik va aniq qurolga aylandi. Qo‘l misolida inson ko‘zi voqelikni bilishni o‘rgangan, uning yordamida tafakkur taraqqiy etib, inson ruhining asosiy ijod namunalari yaratilgan. Layoqatlar, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni irsiyat orqali o‘tkazilish mexanizmi o‘zgardi. Endilikda psixologik va xulq-atvor shakllanishida yangi pog‘onaga ko‘tarilish uchun organizm ichki tuzilishi va unda kechadigan jarayonlarni, irsiy axborotni o‘zgartirish imkoniyatlari olimlar tomonidan o‘rganilmoqda. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling