Umumiy va ijtimoiy psixologiya


-bosqich (hozirgi zamon). Inqirozning tamom bo‘lishi, ilmiy maktablar evolyusiyasi


Download 0.74 Mb.
bet5/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

4-bosqich (hozirgi zamon). Inqirozning tamom bo‘lishi, ilmiy maktablar evolyusiyasi.
Bu bosqichda turli xil yo‘nalishlar muhim ahamiyat kasb etadi, psixologiya fanini bir qator amaliy fanlar qatoriga kiritishni rivojlantirish boshlandi, bunda albatta insonning faoliyati va qiziqishlari inobatga olina boshlandi.
Tabiiy tanlanish bu asosiy evolyusion jarayon bo‘lib, bunda tarqalish usuli orqali tanlanish holati ro‘y beradi. Bunda albatta maksimal darajada moslashgan turlar ko‘proq tanlanadi, zaif turlar esa nobud bo‘la boshlaydi. Hozirgi zamon evolyusiya nazariyasida tabiiy tanlanish adaptatsiyaning rivojlanishini asosiy holati sifatida talqin etilgan. Moslashishtabiiy tanlanishning yagona natijasi hisoblanadi, biroq evolyusiyaning yagona maqsadi emas. Moslashish mumkin bo‘lmagan holatlarga biz genetik dreyf, chekinish holati va mutatsiyalarni misol qilishimiz mumkin.
“Tabiiy tanlanish” atamasini CH.Darvin har tomonlama o‘rganib ommaboplashtirdi, bu jarayonni sun’iy tanlanish jarayoni bilan solishtirib undagi ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qildi. Tabiatda ham tanlanish jarayonlari mavjuddir, biroq tabiatda eng yaxshi nav tanlab olinadi, tabiat insondan ko‘ra mukammalroq qilib tanlaydi. Albatta tabiiy tanlanishda ham sun’iy tanlanishda ham nasliy omillar muhim o‘rin tutadi. Bu omillar esa asrlar davomida takomillashib rivojlanib keladi.
Tabiiy tanlanish jarayonida organizmning moslashuvchanligi ortadi, mutatsiyalar mukammallashadi. Tabiiy tanlanish jarayoni o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi, bular albatta quyidagilarga bog‘liqdir:

  1. Organizmlar o‘zlariga nisbatan ko‘proq sonda nasl qoldirishadi.

  2. Har qanday tur populyasiyasiga irsyat vao‘zgaruvchanlik xosdir;

Bunday shart-sharoitlar organizmlarning raqobatiga va yashab ketishlariga albatta ta’sir ko‘rsatishi mumkin va populyasiyaning tabiiy tanlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, irsiy xususiyatlarga ega bo‘lgan organizmlar boshqalardan ko‘ra ko‘proq genotipni kelajak avlodga qoldiradilar.
Tabiiy tanlanishkonsepsiyasining asosiy mohiyati bu organizmning moslashuvchanligidir. Moslashuvchanlik organizmning yashab ketishi va keyingi avlodga qoldiradigan genetik ulushi orqali baholanadi. Biroq bunda naslning ko‘pligi emas, balki moslashuvchanlik xususiyatlari tahlil qilinadi. Masalan, agar nasl qoldiradiganlar zaif bo‘lsa, buni yangi tur uchun albatta foydasi bo‘lmaydi, shuning uchun ham ularning raqobatbardoshligi inobatga olinishi zarurdir. Albatta bunday holatda zaif organizmlarga e’tibor kamayadi.
Agar ma’lum gen organizmning moslashuvchanligini oshirsa, bu genning rivojlanish imkoniyati albatta yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham olimlar yaxshi naslni qoldirib, yomon naslni yo‘qotishga urinishadi. Organizmlarning moslashuvchanligini ta’minlovchi genlar ayrim holatlarda salbiy ta’sirga olib kelishini, shuningdek, ba’zi foydali genlar ham foydasizga aylanishi mumkinligini unutmasligimiz zarur.
Ko‘pincha tabiiy tanlanish jarayonlariga jinsiy tanlanishni kiritishimiz mumkin. Bunda albatta qo‘shiladigan individning jozibadorligi muhim o‘rin tutadi. Tabiiy tanlanish jarayonlari albatta muayyan hayvonlarning erkak va ayollarida yaqqolroq namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, katta shox, yorqin rang va boshqalar. Tanlanish turli xil darajalarga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling