Umumiy va noorganik kimyo
Download 3.29 Mb.
|
Mineral o\'g\'itlar olishda xomashyo bazasiga bo\'lgan talab
Ishlatilishi. Ammiak har hil kimyoviy mahsulotlar olish uchun muhim xomashyo, masalan: nitrat kislota va uning hosilalarini, jumladan o’g’itlar, portlovchi moddalar, bo’yoqlar, ammoniy tuzlari, karbamid, amidlar, dimetil formamid, soda va boshqalar. Sovutgich mashinalarida sovutuvchi modda sifatida ham foydalaniladi. Suyuq ammiak–sanoat miqyosida suvsiz erituvchi.
Ammoniy birikmalari. NH+4 ammoniy kationi (rangsiz) ammoniy tuzlarini hosil qiladi va ular kaliy tuzlariga juda o’xshaydi. Qattiq holatda ammoniy tuzlari tuzilishlari ionlilik darajasi kuchli bog’larni hosil qiladi. Shu sababli ammoniy tuzlari suvda yaxshi eriydi va deyarli to’liq elektrolitik dissotsiyalangan bo’ladi. Ammoniy tuzlari ikki hil usulda olinadi: 1) Ammiak gazini to’g’ridan-to’g’ri kislotalarning eritmalaridan o’tkazib ammoniy tuzlari olinadi: NH3 + HCl = NH4Cl NH3 + HBr = NH4Br NH3 + HJ = NH4J NH3 + H2SO4 = NH4HSO4 2NH3 + H2SO4 = (NH4)2SO4 NH3 + H3PO4 = NH4H2PO4 2NH3 + H3PO4 = (NH4)2HPO4 3NH3 + H3PO4 = (NH4)3PO4 2) Ammiakning suvdagi eritmasini kislotalar bilan neytrallab: NH3∙H2O + HCl = NH4Cl + H2O 2(NH3.H2O) + H2SO4 = (NH4)2SO4 + 2H2O Qattiq ammoniy tuzlarini olishda birinchi usul qulaydir. Ikkinchi usulda ammiakning suvli eritmasi bilan kislotalarni neytrallab o’g’itlar ishlab chiqarishda va maxsus tarkibli suyuq muhitda mis buyumlarni tozalashda ishlatiladi. Ammoniy xlorid NH4Cl – metallarni kavsharlashlashda flyus sifatida (kavsharlanayotgan metall sirtidagi oksidlarni uchuvchan xloridlarga aylantiradi va metallarni yaxshi kavsharlanish imkonini yaratadi), quruq gal’vanik elementlarda (Leklanshe elementi), mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda. Ammoniy sulfat (NH4)2SO4. Mineral o’g’it olishda, achitqilar olishda, yonishga chidamli qog’ozlar olishda (qog’ozga yuttiriladi) sanoatda uni olish quyidagi reaksiyalarga asoslangan: (suvli ammiak va CaSO4 dan iborat eritmadan CO2 gazi o’tkaziladi): 2NH3 + CO2 + H2O = (NH4)2CO3 (NH4)2CO3 + CaSO4 = (NH4)2SO4 + CaCO3↓ cho’kma filtrlanadi va ammoniy sulfat eritmasi bug’latiladi. Ammoniy nitrat NH4NO3 (ammoniyli selitra)–o’g’itlarda komponent, portlovchi moddalar olishda ishlatiladi, masalan, donarit tarkibida 55% NH4NO3, 22 % nitroglitserin, 10 % trinitrotoluol, 10 % NaNO3 1 % kolloksilin, qolgani yog’och uni va Fe2O3 bo’ladi. Ammoniy gidrokarbonat NH4HCO3 → NH3+ CO2 + H2O aralashmasidan olinadi. Texnik tuz tarkibida hamisha karbaminat ammoniy NH2COONH4 aralashgan bo’ladi. Qizdirilganda dastlabki moddalarga parchalanadi. Shu sababli u germetik yopiladigan idishlarda saqlanadi. Xamirlarni kimyoviy oshlovchi sifatida ishlatiladi. Ammoniyni hamma tuzlari kimyo texnologiyasida, qishloq xo’jaligida harbiy texnikada juda muhim ahamiyatga ega. NH+4 ionini tuzilishi tetraedr va uning hamma uchlarini vodorod atomlari band qilgan, markazida azot atomi turadi. Musbat zaryad hamma vodorod atomlari orasida teng taqsimlangan. Kaliy va ammoniy + tuzlarining o’xshashligi ion radiuslarining yaqinligi ((NH 4, 0,112 nµ) va (K+, 0,133 nµ) bo’lsa, muhim farqi kaliyni kuchli kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari gidrolizga uchramaydi, ammoniy tuzlari esa gidrolizga uchraydi (ammoniy kuchsiz asos). Ammoniy tuzlari termik barqarorliklari kichikligi bilan farq qiladilar. Termik parchalanishning oxirgi mahsulotlari anionning xossasi bilan aniqlanadi. Agar anion oksidlovchi kislotadan hosil bo’lgan bo’lsa, ammiak azotining oksidlanishi sodir bo’ladi: Bu reaksiyada ammiakdagi azot nitratdagi azotga 4 ta elektron beradi. Shu sababli u (NO 3- ioni) oksidlovchi bo’ladi. Bunday oksidlanish qaytarilish reaksiyalariga sinproportsionirlash (konproportsionirlash) yoki konmutatsiyalanish reaksiyalari deyiladi. Agar ammoniy tuzlarida kislota qoldig’i oksidlovchi bo’lmasa termik parchalanishda ammiak va kislota ajralib chiqadi: Agar kislota uchuvchan bo’lsa, bug’larining kondensatsiyalanishidan yana ammoniy tuzlari hosil bo’ladi. Ammoniy galogenidlari o’zlarini xuddi shunday tutadilar. Bu qatorda eng termik barqaror ammoniy yodid bo’ladi, shunday qilib, bir hil tipdagi ammoniy tuzlaridan kislota kuchining kuchayib borishi bilan termik barqarorlik ortib boradi. NH4Cl → NH4Br→ NH4I qatorida barqarorlik ortadi. Ammoniy tuzlari ishqorlar bilan ishlanganda ammiak ajraladi: 2NH4Cl + Ca(OH)2 = 2NH3↑ + CaCl2 + 2H2O Bu reaksiya laboratoriyada ammiak olishning eng sodda usulidir. Ammiak juda kam hollarda oksidlovchi bo’lib reaksiyaga kirishadi; masalan: Na + NH 3+1 = NaNH2 + ½ H02 Bu reaksiyada metallik natriy suyuq ammiakdan vodorodni siqib chiqaradi. Bunda ammiakdagi vodorod o’zining oksidlanish darajasini pasaytiradi va ammiak oksidlovchi vazifasini bajaradi. Boshqa tomondan bunday reaksiyalar ammiakni kislotali xossasini namoyon qilishini ko’rsatadi. 3 hajm kontsentrlangan xlorid kislota va 1 hajm kontsentrlangan nitrat kislota aralashmasiga «zar suvi» deyiladi. Bu aralashmaning oksidlovchilik xossasi kontsentrlangan nitrat kislotadan ham kuchli bo’lganligi uchun unda oltin hatto platina ham eriydi. Bu aralashmaning oksidlovchilik faolligi atomar holdagi xlor bilan, kuchli oksidlovchi bo’lgan nitrozil xloridning hosil bo’lishi bilan shartlangan: Download 3.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling