Umumiy va noorganik kimyo


-masala. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’tiladigan darslarning o’quv-uslubiy ta’minoti va dars berish sifatini oshirish masalalari to’g’risida


Download 35.93 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi35.93 Kb.
#1335908
1   2   3   4
Bog'liq
7-yig\'ilish Umumiy va noorganika

2-masala. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’tiladigan darslarning o’quv-uslubiy ta’minoti va dars berish sifatini oshirish masalalari to’g’risida. (M.S. Sharipov)
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan kafedra dotsenti M.S. Sharipovning axboroti tinglandi. Kafedrada professor – o’qituvchilarning ma’ruza, laboratoriya mashg’uloti, seminar va amaliy dars mashg’ulotlarini yuqori saviyada tashkil qilishni, darslarga chuqur tayyorgarlik ko’rib, murakkablik darajasi yuqori bo’lgan mavzular uchun qo’shimcha tarqatma materiallardan, AKT va multimediya vositalaridan maqsadli foydalangan holda darslarni tashkil qilishni ta’kidlab o’tdi. Bundan tashqari ustoz-shogirt an’anasiga binoan o’zaro darslarga kirib kerakli tavsiyalarni ustozlardan o’rganishni tavsiya berib o’tdi.
QAROR QILINDI

  1. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’tiladigan darslarning o’quv-uslubiy ta’minoti va dars berish sifatini oshirish masalalari to’g’risidagi M.S. Sharipovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Ustoz-shogirt an’anasiga binoan professor-o’qituvchilarning pedagogik mahorati oshirilsin.

3-masala. Bitiruvchilarning ishga joylashish masalasi. (L.O. Sharipova)
Mazkur masala yuzasidan kafedra o’qituvchisi L.O. Sharipova so’zga chiqib quyidagilarni ma’lum qildi. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Oldingi majlisda ko’rsatilganidan 25 % ga o’zgarganini ko’rishimiz mumkin. Bitiruvchilarga biriktirilgan professor-o’qituvchilar ancha dalolatnomalarni yig’ib bo’limga topshirildi. Magistratura yo’nalishini tugatgan talabalarni ham dalolatnomalarini rasmiylashtirilyapti. Imkon qadar tezroq dalolatnomalarni rasmiylashtirib, o’rganib keltirib berishingiz so’raladi.
QAROR QILINDI

  1. Kafedra ta’lim yo’nalishi va mutaxassisligi bo’yicha 2022-2023 o’quv yilida bitirgan bakalavr va magistrlarni ishga joylashtirish holati to’g’risidagi L.O. Sharipovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Belgilangan tartibda dalolatnomalarni rasmiylashtirib mas’ul kafedra o’qituvchisi L.O. Sharipovaga yetkazilsin.




Download 35.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling