Umumiy va noorganik kimyo
Download 35.93 Kb.
|
7-yig\'ilish Umumiy va noorganika
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILINDI
4-masala. O’quv yili davomida chiqarilishi rejalashtirilayotgan o’quv, uslubiy qo’llanmalarning monitoring. (G.A.Xudoynazarova)
4-masala yuzasidan kafedra dotsenti G.A. Xudoynazarova so’zi: O’quv yili davomida chiqarilishi rejalashtirilayotgan o’quv, uslubiy qo’llanmalarning monitoring tahlil qilinganda 2 ta darslik, 6 ta monografiya, 8 ta o’quv qo’llanma rejalashtirilgan. Shu reja asosida o’quv yili davomida vazirlikdan grif olingan o’quv, uslubiy qo’llanmalarni chiqartirib kafedragacha 2 nusxadan topshirishingizni so’rayman. QAROR QILINDI O’quv yili davomida chiqarilishi rejalashtirilayotgan o’quv, uslubiy qo’llanmalarning monitoring tahlil natijalari yuzasidan G.A.Xudoynazarovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 5.Turli masalalar. 5.1. Kafedra o’qituvchisi D.M. Tillayevaning 2.1 kim-21 talabalariga 29.09.2022 sanada II-smena II-juftlikda Analitik kimyo fanidan oʼtkazilgan “II-guruh kationlarining analitik reaksiyalari” mavzusida ochiq dars muhokamasi. ESHITILDI: Umumiy va noorganik kimyo kafedrasi mudiri dots S.I. Nazarov so’zi: Kafedra o’qituvchisi D.M. Tillayeva tomonidan oʼtilgan dars ishchi dastur asosida oʼtkazildi. Darsga oʼqituvchi tomonidan puxta tayyorgarlik koʼrilgani va mavzu juda qiziqarli hamda amaliy ahamiyatga ega ekanligini koʼrsata oldi. Talabalarni dars jarayoniga qiziqtira olishga muvaffaq boʼldi. Kafedra o’qituvchisi D.M. Tillayevaning bu ochiq mashgʼulotida barcha pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda yuqori saviyada o’tkazildi. Umuman olganda dars jarayoni ilmiy-metodik jihatdan toʼgʼri tashkil qilindi. Kafedra o’qituvchisi D.M. Tillayevaning “II-guruh kationlarining analitik reaksiyalari” mavzusidagi ochiq laboratoriya mashgʼulotini yuqori saviyada oʼtkazganini eʼtirof etaman va kelgusidagi ilmiy va pedagogik ishlariga omad tilayman- deb soʼzini tugatdi. Yigʼilish ishtirokchilaridan dots. H.Q. Razzoqov, dots. M.S. Sharipov, katta o’qituvchi G’. Q. Shirinov, N.I. Nazarov soʼzga chiqdilar va kafedra o’qituvchisi D.M. Tillayevaning “II-guruh kationlarining analitik reaksiyalari” mavzusidagi ochiq ma’ruza mashgʼuloti yuqori saviyada oʼtkazildi deb baholadilar Download 35.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling