Umumiy va tarixiy geologiya fanidan


Download 61.58 Kb.
bet3/9
Sana02.11.2023
Hajmi61.58 Kb.
#1740754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tabiyiy geografiya va gidrometrologiya-fayllar.org

Eng qadimgi tektonik harakatlarga arxey va proterozoyda sodir bo‘lgan tektonik harakatlar kiradi.
Qadimgisi - paleozoy (kaledon, gersin) va mezozoy (kimmeriy) eralaridagi, neotektonik va hozirgi zamon tektonik harakatlari esa kaynozoy (alp) erasidagi tog ‘burmalanishlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan geologik, qisman geomorfologik usullar orqali o ‘rganiladi.
Yer po‘stidagi tektonik harakatlar qatlam yoki qatlamsiz yaxlit yotqiziqlarning dastlabki yotishini o ‘zgartiradi. Qatlamlar yon tomonidan siqilishidan burmalanadi, tik ta’sir qilgan kuchdan esa, sinadi, darzlar hosil qilib, bo‘laklarga ajraladi va nihoyat bir qismi ko‘tarilib, ikkinchi qismi cho‘kishi mumkin.
Qatlamlarning shakli va yaxlitligining o‘zgarishi ichki harakatga bog‘liqdir. Bu harakatdan cho‘kish, ko‘tarilish, burmalanish, er yorilishi va boshqa xil tektonik strukturalar vujudga keladi. Tektonik harakatlar ikki xil - orogen va epeyrogenharakatlarga bo‘linadi.
Orogen harakatlar o‘z navbatidaplikativ(burmalanish) va
diz’yunktiv(uzilma) turlarga ajratiladi.
Epeyrogen (tebranma)harakatlaryer po ‘stining asriy tebranishida o‘z ifodasini topgan.
Dengiz yotqiziqlarining barcha qit’alarda topilishi o‘tgan geologik davrlarda bir necha marta yer po ‘stida asriy tebranishlar kechganligidan dalolat beradi. Bunday harakatlar hozir ham davom etmoqda.
Epeyrogen harakatlar qirg‘oq chiziqlarining o‘zgarishida ayniqsa yaqqol aks etadi. Dengiz sohillarining ba’zi joylarida suvning qaytishini kuzatish mumkin. Bunday hodisa yo dengiz sathining pasayishi yoki sohilining ko ‘tarilishida ro‘y beradi.
Quruqlikning cho‘kishi yoki dengiz sathining ko‘tarilishi natijasida dengiz transgressiyasiro ‘y beradi va quruqlikning bir qismini suv bosadi. Quruqlikdan dengiz suvi qaytsa regressiyadeyiladi.
Yer po‘stining asriy tebranishi faqat dengiz sohillaridagina emas, balki materik ichkarisida ham kuzatiladi. Masalan, Fransiyaning ayrim joylari, Alp tog‘larining etaklari va Boden ko‘li atrofi, Shimoliy Amerikada Michigan ko‘li sohillari, Tinch okeandagi ko‘pchilik marjon orollari ham asta - sekin cho‘kmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Yer po‘stidagi hozirgi harakatlarni aniq o‘lchashda geodezik asboblardan foydalaniladi. Tog‘ jinslari qatlamlarining yotish holatini o ‘lchash bilan epeyrogen harakatlarning yer po‘stiga ko ‘rsatgan ta’siri aniqlanadi. Bunda geologik va geomorfologik kesmalar, tog ‘jinslarining yotish shakllarining tahlili ham katta yordam beradi.
1862-1932-yillardagi nivelirlashlarning natijalari tekshirib ko ‘rilganda, Himolay tog‘lari bilan Gang daryosi o‘rtasida joylashgan Shimoliy Hindistonning ko‘p qismi bir yilda 18,2 mm ko‘tarilganligi aniqlangan. Banoras shahrining shimoliy qismi ham eng ko‘p ko‘tarilganligi ma’lum. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan keyingi seysmologlarning ilmiy tekshirish ishlari Toshkent hududining pastkam joylari (Chirchiq daryosi, Qoraqamish va Bo‘zsuvning quyi oqimlari) cho ‘kayotgan bo‘lsa, boshqa joylari (Anhor kanali o‘tgan joylar, Yunusobod) ko‘tarilayotganligini ko‘rsatdi.
Yer po‘stining tik (vertikal) tebranma harakatidan tashqari, gorizontal harakati ham kuzatiladi. Masalan, Pomir tog‘lari janubdan shimolga tomon asta-sekin yiliga 2-3 sm siljimoqda. Er tarixida va rivojlanishida tektonik harakatlar muttasil, lekin goh tez, goh sust kechgan.
Neotektonik harakatlar.Neotektonik harakatlar 40 mln. yildan buyongi tektonik harakatlarni o‘z ichiga. Yosh tektonik xarakatlar golotsen davridan, ya’ni keyingi 10000 yildan boshlanadi, arxeologik va geomorfologik usullar yordamida o‘rganiladi. Hozirgi zamon tektonik harakatlari 100 yildan buyongi xarakatlarga tegishli bo‘lib, ular geodezik asboblar yordamida o‘rganiladi.
Neogen va to‘rtlamchi davrlardagi tektonik harakatlarni va ular hosil qilgan strukturalarni geologiyaning neotektonika deb ataluvchi sohasi o‘rganadi.
Neotektonikani akademik V.A.Obruchev (1863 - 1956) birinchi bo‘lib
umumiy tektonika fanidan ajratishni taklif qilgan va buni asoslagan.
Yer po‘stining rivojlanish tarixi unda muttasil tektonik harakatlar bo‘lib turganligidan darak beradi. Bunday harakatlar tog‘jinsi qatlamlarining yotish holatini, tuzilishini, relefini o ‘zgartiradi. Yer qatlamlaridagi, ayniqsa yosh qatlamlardagi bunday o‘zgarishlarni aniqlash, ularni o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki ular hozirgi relef shakllarini hosil qilgan bo‘lib, neft, gaz, ko‘mir kabi foydali qazilmalarni bashorat qilish va qidirishda etakchi mezon hisoblanadi.
Neotektonik harakatlar kechgan joylarni bir necha xil usullar yordamida aniqlash mumkin.
Tektonik harakatlar tufayli neogen, to ‘rtlamchi davr yotqiziqlarida darz ketgan, bukilgan strukturalar hosil bo‘lgan va balandliklarda qadimgi tekislanish yuzalari kabi qoldiq relef shakllari uchraydigan joylar mavjud. Ana shular tahlil qilinib, neotektonik harakatlarning tezligi va yo‘nalishi, qanday geologik strukturalarni hosil qilganligi hamda ularga relefning qanday shakllari mos kelishi aniqlanadi.
To‘rtlamchi davr yotqiziqlarning darz ketgan va uzilgan joylari Qorjontovda, Norin daryosi vodiysida va boshqa joylarda uchraydi. Yer po‘stining ko‘tarilishi tufayli antropogen davri yotqiziqlari tog‘larning 1800 - 2000 m mutlaq balandliklarida, ya’ni daryo o‘zanidan 600-700 m tepada qolib ketgan. Masalan, Pskom daryosi chap qirg ‘og‘idagi nanay supasi (Q1)bunga misol bo‘laoladi. Qadimgi tekisliklarning baland tog‘oralig‘ida qolib ketishi neotektonik harakat kechganligidan darak beradi. Masalan, Chotqol, Pskom tog‘lari orasidagi Maydontol (platosi) dengiz yuzasidan 2500 - 2800 m balandlikda joylashgan.
Neotektonik va hozirgi zamon tektonik harakatlar vulkan otilishi, zilzila harakatlarida namoyon bo‘ladi (zilzila bobiga karang). To ‘rtlamchi davrning boshlarida er yorilishidan Afrikadagi Viktoriya va Tanganika ko‘llari, Qizil dengiz va O‘lik dengizlar hosil bo‘lgan. Rossiya hududidagi Baykal ko‘li ham antropogen davrida xosil bo ‘lgan deb hisoblanadi.
Neotektonik harakatlar tufayli hozirgi davrdagi quruqlik va okean tublaridagi asosiy relef shakllari: tog‘lar, tekisliklar, daryo vodiylari paydo bo‘lgan.

Download 61.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling