Umumiy va tarixiy geologiya fanidan


II.Tog‘ jinslarining deformatsiyasi


Download 61.58 Kb.
bet7/9
Sana02.11.2023
Hajmi61.58 Kb.
#1740754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tabiyiy geografiya va gidrometrologiya-fayllar.org

II.Tog‘ jinslarining deformatsiyasi
Tog‘ jinslari tektonik kuchlar ta’sirida turli deformatsiyaga uchraydi. Tog‘ jinslarining deformatsiyasi deganda ularning tashqi kuchlar ta’sirida o‘z shakli va hajmini o‘zgartirish xususiyatiga aytiladi. Tog‘ jinslarining deformatsiyasida ularning ichki fizik xususiyatlari: mustahkamligi, elastikligi, plastikligi va mo‘rtligi kabi xossalari asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi.93,94
Tog‘ jinslarining mustahkamligi deb tashqi kuchlar ta’siriga ko‘rsata oladigan qarshilik qobiliyatiga aytiladi.
Tog‘ jinslarining elastikligitashqi kuchlar ta’sirida o‘z shakli va hajmini o‘zgartirishi va bu kuchlar ta’siri to‘xtagandan so‘ng birlamchi holatiga qaytish xususiyatiga ega bo‘lishini ifodalaydi.
Tog‘ jinslarining plastikligi tashqi kuchlar ta’sirida shakli va hajmining qaytmas o‘zgarishi bilan belgilanadi.
Tog‘ jinslarining mo‘rtligideb tashqi kuchlar ta’sirida yaxlitligi buzilib, parchalanish xususiyatiga aytiladi.
2.1.Deformatsiya turlari.
Tog‘ jinslarining deformatsiyasi hosil bo‘lishi bosqichlari ketma-ketligi bo‘yicha elastik, plastik va mo‘rt deformatsiyalarga bo‘linadi . Ular tog‘ jinslarining elastikligi, plastikligi va mo‘rtligi xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Elastik deformatsiya tashqi kuchlar ta’sirida tog‘ jinslari shakli va hajmining o‘zgarishi va shu kuchlar ta’siri to‘xtagandan keyin birlamchi holatiga qaytishidan iborat bo‘ladi. Bunday deformatsiya tashqi kuchlar kattaligielastiklikchegarasidan oshmaganda sodir bo‘ladi.
Agar tog‘ jinslariga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlar kattaligi elastiklik chegarasidan ortiq bo‘lib, bunda ularning yahlitligi buzilmasa, tashqi kuchlar ta’siri to‘xtagandan keyin hajmiy va shakliy o‘zgarishlar birlamchi holatiga qaytmasa, qoldiq deformatsiya hosil bo‘ladi va u plastik deformatsiya deb yuritiladi. Bu deformatsiya kristalli jinslardagi minerallar kristall panjaralari qatlamlarining bir biriga nisbatan qaytmas siljishi bilan bog‘liq. Tashqi kuchlar ta’siri to‘xtagandan keyin ular yangi muvozanat sharoitida hosil bo‘lgan vaziyatini saqlab qoladi.
Qoldiq deformatsiya tog‘ jinslari yaxlitligining buzilishi (darzliklar hosil bo‘lishi, parchalanish) orqali sodir bo‘lsa mo‘rt deformatsiya rivojlanadi.
Deformatsiya turlarini ko‘rgazmali tasavvur etish uchun rezina tasma, plastilin parchasi va bir varaq qog‘oz olamiz. Ushbu jismlarga bir xil cho‘zuvchi kuchi ta’sir etayotgan bo‘lsin. Bunda rezina tasma va plastilin parchasi
cho‘ziladi, ammo qog‘oz varag‘i yirtilib ketadi . Demak qog‘oz varag‘i uchun mo‘rt deformatsiya xosdir. Cho‘zuvchi kuch ta’siri to‘xtagandan so‘ng plastilin parchasi keyingi cho‘zilgan holdagi shaklini saqlab qoladi. Bu esa plastik deformatsiya uchun yaqqol
misoldir.Cho‘zuvchi kuch ta’siri
to‘xtagandan so‘ng rezina tasmasi o‘zining dastlabki shakliga qaytadi.
Tog‘ jinslariga faqat cho‘zuvchi tektonik kuchlar emas, balki siquvchi va burovchi xarakterdagi tektonik kuchlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Bularning natijasida murakkab tuzilishdagi turli tektonik strukturalar vujudga keladi. Ularni o‘rganish ham nazariy, ham amaliy

va plastilin parchasi cho‘ziladi, qog‘oz varag‘i esa yirtiladi.

Download 61.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling