«umumkasbiy va iqtisodiy fanlar» kafedrasi metrologiya va standartlashtirish fanidan amaliy mashg


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana16.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1359361
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
BAXORGI Metrologiya va standartlashtirish AMALIY (1)

4-bosqich. Ishlab chiquvchi-tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga 
quyidagi hujjatlar bilan birga taqdim etadi: 
— ilova xati; 
— standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi; 
— asosiy tadbirlar rejasining loyihasi; 
— standart loyihasi 4 nusxada, bundan ikkitasi birinchi bo‘lishilozim; 
— standart loyihasining kelishishganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar; 
— standart loyihasiga fikr-mulohazalar to‘plami; 
— kelishmovchiliklar to ‘g‘risidagi ma’lumotnoma; 
— elektron versiya. 
Standartni tasdiqlagan idoraning qarori bilan standart tasdiqlanadi va amalga 
kiritiladi. 


27 
«O‘zstandart» agentligi standartni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. 
Eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotga qo‘shimcha talablar davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. 
Standart davlat ro‘yxatiga 4 nusxada taqdim etiladi: asli, ikkinchi nusxa
(dublikat) va ikkita nusxa. Standartning ikkinchi nusxasi standart asliga 
o‘xshash bo‘lishi va undan zarur sifatli nusxa olishni ta’minlashi kerak. 
Standart davlat ro‘yxatiga ikki tilda: davlat va rus tillarida taqdim etilishi 
lozim. 
Standartga zarur bo‘lganda kiritiladigan tuzatishlar qo‘ldan qora tush, pasta,
siyoh bilan aniq yozilishi, birinchi varaqning orqa betida izohlangan va 
rahbar (rahbar muovini) imzosi va ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etgan idora 
(tashkilot)ning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 
Standart davlat ro‘yxatidan ko‘pi bilan 5 kun muddatda o ‘tkaziladi. 
Standartni belgilash, standartni tasdiqlagan tashkilotdan qat’i nazar, 
«O‘zstandart» agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Standartbelgisi 
quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
— hujjat indeksi — O‘z DSt; 
— ro‘yxatga olingan tartib raqami; 
— ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to ‘rtta raqami: masalan, O‘z
DSt 789:1997. 
Standart asli, ikkinchi nusxasi va ikkita nusxasining birinchi betlarida 
ro‘yxatga oluvchi idora ro‘yxatga olgan idora nomi, sana va davlat ro‘yxatidan 
o ‘tgan raqam ko‘rsatilgan shtamp bosadi. 
Standartning ikkinchi nusxasi va yana bir nusxasi «O‘zstandart» 
agentligida qoladi. Standart asli va nusxaning ikkinchisi ishlab chiquvchiga 
qaytariladi. 
Tushuntirish yozuvi. Standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda 
standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi. 
Tushuntirish yozuvining nomida standartning darajasi va to‘liq nomi, standart 
loyihasi tahririning tartib raqami va (yoki) standartni ishlab chiqish bosqichi 
to‘g‘risida ma’lumot keltiriladi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling