Umumrivojlantiruvchi mashqlar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish metodikasi
Jismoniy buyumlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar
Download 62 Kb.
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish metodikasi
Jismoniy buyumlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda jismoniy buyumlar bilan bajariladigan mashqlar keng qo‘llaniladi. Jis- moniy inventarlar orasida turli kattalikdagi koptoklar, cham- baraklar, arg‘amchilar, tayoqchalar, bayroqchalar, kubiklar va boshqa shu singari anjomlar ko‘proq ishlatiladi. Chiroyli rang berib tayyorlangan inventarlardan foydalanish bolalarni gimnastika mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, ularning emotsional tarbiyasiga ham yaxshi ta’sir qiladi. Mashqlarni jismoniy buyumlar bilan bajarish ularning ijrosini qulaylashtiradi, mashqlarni aniqlashtiradi va ularni bajarishga qo‘yiladigan talablarni ancha ko‘rgazmali bo‘lishini ta’minlaydi, bolalar inventarlar bilan mashq bajayotganlarida tarbiyachi harakatlarini to‘g‘ri bajarilishini kuzatib turishi ham oson bo‘ladi. Bolalar buyumlar bilan mashq bajarganda o‘z harakatlarini o‘zlari nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Inventarlar yordamida shunday mashqlar bajaradilarki, bu inventarlarsiz umuman ularni bajarib bo‘lmaydi: tayoqchadan, narvonchadan sakrab o‘tish, chambarak ichidan va boshqalar shular jumlasidandir. Inventarlarda uning holati va yuqoriga (yuqoriga, pastga, oldinga, va boshqa tomonlarga) yo‘nalishi inventarsiz bajaril- gan umumiy rivojlanish mashqlaridagi ana shunday holatlar va harakatlarga to‘la muvofiq keladi. Bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar umumrivojlan- tiruvchi mashqlar ichida eng oddiylari hisoblanadi. Bay- roqchalar yordamida bajariladigan barcha mashqlar inventar- larsiz bajariladigan eng oddiy umumrivojlantiruvchi mashqlarda bajariladigan harakatlarga asoslangan. Bayroqcha mavjudligi harakat xususiyatini o‘zgartirmaydi, vazifani oshirmaydi, faqat mashqlarni rang-barang qilib, harakatlarini ancha aniqlashtiradi, ularga emotsional ruh bag‘ishlaydi. Shiqildoqlar, kubiklar bilan bajariladigan mashqlar ham xuddi shunga o‘xshagan bo‘ladi. Bular bilan quyi guruhlarda mashqlar o‘tkazish ko‘proq maqsadga muvofiq bo‘ladi. Koptok bilan turli mashqlar, jumladan; yumalatish, uloqti- rish, ilib olish mashqlaridan tashqari yana umumrivojlantiruvchi turkumdagi mashqlarni bajarish mumkin. Masalan; engashish, burilish, cho‘qqayib o‘tirish va boshqa ana shunday mashqlar hisoblanadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun turli kattaliklagi kop toklardan foydalaniladi. Bunda oddiy koptoklardan tashqari yana og‘irligi 1 kg dan ortiq bo‘lmagan ichi to‘ldirilgan kop- toklar ham foydalanish uchun qulay bo‘ladi. Ichi to‘ldirilgan koptoklarda xuddi oddiy koptoklar bilan o‘tkaziladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarga o‘xshagan mashqlar o‘tkaziladi. Bunday og‘irlikdagi mashq o‘tkazilgan vaqtda fiziologik vazifa ancha ortadi, muvofiqlashtirish, chaqqonlik va kuch-quvvat rivojla Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar qo‘l va yelka mus- kullari faoliyatini kuchaytirish, engashish, burilish va qadam tashlash vaqtida harakat miqyosini ko‘paytrish uchun xizmat qiladi. Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar qo‘l harakat- lari yo‘nalishi (yuqoriga, oldinga va boshqa tomonlarga bo‘lgan yo‘nalish)ni aniq egallab olishga yordam beradi, qo‘lni harakat- lari hamda gavdaga va polga nisbatan oldinga uzatilganda polga bo‘lishini, yelkaga nisbatan gavda bo‘ylab uzatilishini va hoka- zolarni aniq tasavvur qilish imkonini beradi. Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar, inventarlar bilan bajariladigan mashqlar ichida eng murakkablari hisoblanadi. Bu shu bilan izohlanadiki, tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlarda oyoq va qo‘llarning muayyan va aniq holatini egallab turishi, muvozanat saqlay olishi tayoqchalarning esa tarbiyachi ko‘rsatganidek to‘g‘ri yo‘nalish va holatda ishlata bilish talab qilinadi. Buning uchun esa bolalardan anchagina muskul harakatlarini namoyish etish, o‘z diqqat- e’tiborlarini bir nuqtaga qaratish talab qilinadi. Tayoqchalar bilan bajariladigan mashqlar eng oddiy harakatlar negiziga kiradi. Individual tartibda qisqa tayoqchalar bilan o‘tkaziladigan mashqlardan yana juft-juft bo‘lib bajariladigan ayrim mashqlar ham mavjud. Uzun tayoqlar bilan guruh bo‘lib bajariladigan mashqlar uyushtiriladi. Tayoqchalar yordamida guruh bo‘lib bajariladigan mashqlar singari bolalarni jamoada ahillik bilan birgalikda harakat qilishga o‘rgatadi. Bunday mashqlar bolalarga juda qiziqarli va foydali bo‘lib mashg‘ulotlarning mazmunli o‘tilishiga yordam beradi, bolalarning faolligini ancha oshirishni ta’minlaydi. Chambarak yordami bilan bajaradigan mashqlar juda xil- maxil harakatlarni amalga oshirish hamda ular bilan g‘oyat qiziqarli o‘yinlar uyushtirish mumkin. Chambarakni yuma- latish, mo‘ljalga tashlash, g‘ildiratish va boshqa mashqlar bolalarda harakat faolligini oshirish, chaqqonlik va mustaqil- likni rivojlantirish uchun juda foydalidir. Ko‘pgina umumiy rivojlantiruvchi mashqlar yelka va qo‘l harakatlari faoliyatini oshirishga, burilish, engashish va boshqa mashqlarni bajarish vaqtida harakat miqyosini ko‘paytirishga yordam beradi. Bu ji- hozni doira shaklida ekanligi ba’zi bir o‘ziga xos harakatlarni, masalan, ko‘proq barmoqdagi mayda muskullarni va yelkadagi muskul guruhlarini rivojlantirish va mustahkamlash (chamba- rakni qo‘lda turlicha aylantirish, uni bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga hamda polga qo‘yib aylantirish va hokazo) harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi. Avval chambarakni eng oddiy holatlari va harakat yo‘nalishlari (oldinga, yuqoriga, ko‘krakka va shu kabilar) o‘rganiladi, keyin oddiy harakatlarni, gavdani turli harakatlarini uncha murakkab bo‘lmagan kombinatsiyalar bilan bog‘liq olib boriladi. Katta chambarak (diametri 1-1,5) bilan bir yo‘la 4 yoki besh bola jamoa bo‘lib mashq bajarishi mumkin. Uzun arg‘amchi (15-20 m) bilan bajariladigan mashqlar butun guruhda bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda engashish, tik turish va boshqa mashqlarni, qo‘llarini bukish, yozish singari harakatlarni, cho‘kkayib o‘tirish, qadamlab oshib o‘tish, sakrab o‘tish va shunga o‘xshash mashqlarni tik turilgan, o‘tirilgan va chalqancha yotilgan dastlabki holatdan boshlab bajarish mumkin. Uzun arg‘amchi bilan bajariladigan mashqlarni tuzishda inventarsiz bajariladigan hamda tayoqcha va chambaraklar bilan bajariladigan asosiy umumrivojlantiruvchi mashqlarga tayanish mumkin. Qisqa (70-80 sm) arg‘amchi bilan barcha mashqlarni, shu jumladan gimnastika tayoqchasi bilan bajarish tavsiya etilgan mashqlarni ham bajarish mumkin. Kalta arg‘amchi bilan bajariladigan bir qator maxsus mashqlar mavjud. Ularning ba’zilari barmoq, tovon, to‘piq, muskullarini rivojlantirish uchun juda foydalidir. Masalan, tik turgan yoki o‘tirgan holda arg‘amchini ikki qavat, to‘rt qavat qilish va yana asli holiga keltirish, arg‘amchini yumaloq yoki uzunchoq qilib o‘rash va boshqalar. Polga tashlab qo‘yilgan arg‘amchini oyoq barmoqlari bilan yig‘ishtirib olish, uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va yana oyoq yordamida uni polga tekislab qo‘yish. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling