Umumta’lim maktablari matematika darslarida mathcad dasturidan foydalanishning afzalliklari n. I. Shakadirova -o’qituvchi


Download 82.34 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi82.34 Kb.
#1636785
  1   2
Bog'liq
2-sho\'ba.Shakadirova N


UMUMTA’LIM MAKTABLARI MATEMATIKA DARSLARIDA MATHCAD DASTURIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
N.I.Shakadirova –o’qituvchi
Yergeshbayev Y.Y. – 2-kurs talabasi
Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent shahri
shnigora@mail.ru
eergeshbayev@gmail.com

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga ko’rsatilayotgan e’tibor har qachongidan ham yuksak darajaga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev o’z nutqida “Bizni o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob axloqi, yurish turishi, bir so‘z bilan aytganda dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgarmoqda. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his qiladigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talabalari bilan uyg‘un bo‘lsin, lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da‘vat ularning qalbida doimo aks-sado berib tursin, o‘zligiga sodiq qolishiga undab tursin” deb ta’kidladi .[1]
Ta‘lim jarayoni nihoyatda murakkab va ko‘p komponentlidir. Ta‘lim samaradorligi o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligiga, ta‘lim vositalarining mavjudligiga, ta‘lim jarayonining tashkiliy, ilmiy-metodik mukammalligiga, jamiyatda ilmiy kishilarga bo‘lgan ehtiyojga va boshqa hali aniqlanmagan ko‘pgina omillarga bog‘liq. Bugungi kunda xalqimiz yoshlari mamlakat yuragi hisoblanadi. Shuning uchun ham yoshlarni maktab davridan boshlab bilimli bo‘lishiga barcha birdek harakat qilishi lozim.
Prezidentimizning aniq fanlarga bo‘lgan e‘tibori va islohotlaridan kelib chiqib, umumta‘lim maktab o‘quvchilarining aniq fanlardan bilimini oshirishimiz kerak. Buning uchun barcha metodlarni va texnik vositalarni qo‘llay olishimiz muhim o‘rin tutadi. Maktab o‘quvchilarining aniq fanlardan bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun turli dasturlardan foydalanish mumkin. Xususan, algebra va geometriya darslarida turli darajadagi misollarni ishlashda keng foydalanilishi mumkin bo’lgan dasturlar: Mathcad, Mathematica, Maple va Matlab dasturlari o‘quvchilarga samarali foyda beradi. Bu dasturlar turli misollarni aniq va tez ishlash bilan bir qatorda tenglamalarni ishlanish yo’llarini ham ko’rsatib beradi.
Matematik misollarni grafiklari bilan ko‘rsata olishi o‘quvchi yoshlarning darsga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish bilan bir qatorda ularning fazoviy tasavvurlarini ham boyitishda muhim o’rin tutadi. Bu dasturlar ichida Mathcad dasturi alohida o‘rin egallaydi, chunki bu dastur o‘zining sodda interfeysi bilan boshqa kompyuterli matematik tizimlardan ajralib turadi. Bu esa o‘quvchilarning ushbu dastur bilan ishlashini osonlashtiradi. Quyida Mathcad dasturi haqida to‘xtalib o‘tamiz:
MathCad bu matematikaning turli sohalaridagi masalalarini yechishga mo’ljallangan kompyuterli matematika tizimidir. Uning nomlanishi ikkita –MATHematika (matematika) va CAD (avtomatik loyihalash sistemasi) so’zlarining birikmasidan tashkil topgan. MathCad formula, sonlar, matnlar va grafiklar bilan ishlaydigan universal tizimdir. MathCad tili matematika tiliga juda ham yaqindir, shu sababli unda ishlash matematiklar uchun juda qulaydir.[2]
Hujjat-ilovalarni yaratish WYSIWYG (What You See Is What You Get — «nimani ko’rsang, shuni olasan») tamoyiliga asoslangan.
MathCAD dasturiy sistemasining o’z analoglaridan farqlari
quyidagilardan iborat:

  1. Universallik

  2. Ko‘rgazmalilik

  3. Integrallashuvchanlik

  4. Shaxsiy tiliga ega

  5. Statistik va muoliyaviy funksiyalar

  6. Kuchli ma‘lumot olish bazasi

  7. Elektron darsliklar olish mumkin[3]


Download 82.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling