Umumta`lim maktablarida geografiyani o`qitishning zamonaviy ta`lim vositalaridan foydalanish. RaximovIxtiyor Baxtiyor o`g`li


Download 41 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi41 Kb.
#1340940
Bog'liq
Umumta`lim maktablarida geografiyani o`qitishning zamonaviy ta`lim vositalaridan foydalanish.


Umumta`lim maktablarida geografiyani o`qitishning zamonaviy ta`lim vositalaridan foydalanish.
RaximovIxtiyor Baxtiyor o`g`li
ixtiyorraximov5656841@gamil.com
Namangan davlat pedagogika institute
Annotasiya: Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim tizimi uchun mamlakatimizda pedogogik kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi zamonaviy yondashuvlarni ishlab ishlab chiqishniva ta`lim sifatini oshirishda zamonaviy ta`lim vositalaridan foydalanishga qaratilgan islohatlar haqida fikr mulohazalar yuritilgan.
Kalit so’zlar: zamonaviy ta’lim, pedagogic kadrlarni tayyorlash, xalqaro integrasiya, ilm-fan yutuqlar, ichki va tashqi bozor.
Mamlakatimizda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta’lim tizimini yaratish va maktab ta`limini rivolantirish jarayonida zamonaviy yondashuvlarni zamonaviy ta`lim vositalaridan foydalanishni ta’minlashga qaratilgan islohotlar natijasida o`quvchilarga bilim berishning zamonaviy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, o`quvchilarni qobilyatlarini ochish imkon beruvchi zarur shartsharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga maktab ta`lim tizimida ham zamon talabiga javob beradigan yosh avlodni tayyorlash zaruriyati oshib bormoqda.
Globallashuv va halqaro iqtisodiy integratsiya kuchayib borayotgan bugungi kunda ishlab chiqarishni ilm-fan yutuqlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki, ishlab chiqarishga intelektual salohiyat zamonaviy bilimlar va raqamli texnologiyalar yuqori samarali ishlata olish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish orqali, mehnat bozorida bilimli va salohiyatli kadrlarni tayorlash juda muhum va dolzarb masaladir. Bu esa bo‘lajak yosh kadrlarni mukammal bilim egallashga ko‘makdosh bo‘lgan xorij tajribalari va o`qitishning zamonaviy ta`lim vositalaridan foydalanish zarur.
Bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarini dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishga oid kreativligini rivojlantirishning ilmiy-metodik ahamiyati borasida xorijiy olimlar bir qancha ilmiy ishar olib borganlar. Masalan N.I.Lapin, B.Farberman, G.K.Selevko, K.Angelovskiy, M.V.Klarin, M.S.Burgin, L.S.Podimova, V.A.Slastenin, N.D.Mashlikina, E.M.Paciulan, A.K.Ellis, M.B.Kinney va A.Nichollslar pedagogik innovatsiyalar va innovatsion faoliyatga tayyorlash zamonaviy ta`lim vositalaridan foydalanish muammolari bo‘yicha bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borganla.
Respublikamiz olimlaridan A.A.Abduqodirov, N.Azizxo‘jayeva, D.I.Yunusova, N.Saidahmedov, O‘.Q.Tolipov, N.R.Yusufbekova, A.R.Xodjaboyev, A.A.Xoliqov, N.Shodiyev, O.Haydarova, A.A.Hamidov, M.Jumaniyozova, F.R.Yuzlikayevlarning ishlarida o`quvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, o`quvchilarning dunyoqarashlari, kasbiy madaniyatini rivojlantirish yo‘llari va usullari, shuningdek, o‘qituvchilarni kasbiy tarbiyalash va tayyorlash muammolari tadqiq etilgan.
Zamonaviy ta`lim vositalaridan ta`lim jarayonlarida qo‘llash o‘quv tarbiyaviy jarayonlarnning yanada takomillashuviga, ta’lim sifatini jahon andozalariga yetkazishga, o`quvchilarni yagona davlat ta’lim standartlari talablariga mos ravishda tayyorlashga olib keladi.
Dars mashg`ulotlarini loyihalashtirish muammosini pedagogik texnologiya asosida olib borish va hal etish davr talabidir. Yangi pedagogik texnologiyada oliy maktablarda an’anaviy ravishda joriy etilayotgan o‘qitish tizimini ilmiy asoslangan ravishda amalga oshirish talab etiladi. Tajriba jarayonida talabalarda shakllanadigan bilim, ko‘nikma, ijodiy faoliyat obyektiv borliqqa munosabatlar pedagogik jarayon mahsuli hisoblanadi.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling