Umumta`lim maktablarida masofaviy ta’lim metodidan foydalanish


Uzoqlashtirilgan auditoriyalar


Download 123.5 Kb.
bet3/4
Sana14.04.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1357694
1   2   3   4
Bog'liq
04.04.3..UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA MASOFAVIY TA’LIM METODIDAN FOYDALANISH.

Uzoqlashtirilgan auditoriyalar (modelga zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion xarakterdagi ta’lim vositalari keng qo‘llaniladi) bir oliy yurtida tashkil etilayotgan o‘quv kurslari, ma’ruza va seminarlar undan uzoq masofada joylashgan ta’lim muassasalarining o‘quv auditoriyalarga telekommunikatsiya vositalari orqali sinxron teleko‘rsatuv, videoanjuman va radioeshittirish ko‘rinishida uzatiladi; o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi;
Loyihalar (model davlat ta’limi yoki ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida keng qamrovli loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallanadi; asosiy e’tibor o‘quv materiallarini tayyorlovchi yetakchi mutaxassislar, xodimlar, masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etadigan o‘qituvchi va olimlardan iborat ilmiy-metodik markazni shakllantirishga qaratiladi; markaz tomonidan tayyorlangan masofaviy ta’lim kurslari muayyan davlat hududida katta auditoriyaga uzatiladi; bu kabi ta’lim vaqtinchalik bo‘lib, loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar bajarilgach yoki tugagandan so‘ng yakunlanadi.
Dunyo ta’limi tizimiga masofaviy ta’lim metodi o‘qitishning alohida shakli sifatida jadallik bilan kirib kelmoqda, interfaol ta’lim metodi sifatida joriy etilmoqda bu kabi metodlardan hozirgi oliy ta`lim tizimida foydalaniladiga HEMIS tizimida bu metodlardan foydalanish imkoniyati mavjud.
So'nggi yillarda masofaviy ta'lim tobora ommalashib bormoqda, ayniqsa COVID-19 pandemiyasi sharoitida. Ushbu ta'lim usuli talabalar uchun ko'plab afzalliklarni, shu jumladan internetga ulanish orqali istalgan joydan o'rganish qobiliyatini va o'z jadvallarini boshqarish moslashuvchanligini taklif etadi. Shu bilan birga, u texnologiyadan samarali foydalanish zarurati va an'anaviy sinf tuzilmasisiz g'ayratli va tartibli bo'lish qobiliyati kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shu sababli, talabalar va o'qituvchilar uchun masofaviy o'qitishda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo'lgan noyob ko'nikmalar va yondashuvlarni tushunish muhimdir. Shunday qilib, masofaviy o'qitish talabalarga akademik va martaba maqsadlariga erishish imkoniyatini beradigan qimmatli ta'lim usuli bo'lishi mumkin.



Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling