Umumtaʼlim maktabnining fizika kursida oʻz induksiya hodisasini oʻz induksiya eyuk induktivlik mavzusini oʻqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi


Download 55.55 Kb.
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi55.55 Kb.
#1585254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5341740908679276168

Induktivlik gʻaltagi - sigʻimi va faol qarshiligi ancha kichik boʻlgani holda katta induktivlik qosil qiladigan spiralsimon oʻtkazgich. Bir tolali, baʼzan, koʻp tolali izolyasiyalangan simni silindr, toroid yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklli dielektrik-karkasga oʻrab tayyorlanadi. Karkassiz Induktivlik gʻaltagi ham bor. Induktivlik gʻaltagi simini bir qatlamli va koʻp qatlamli qilib oʻrash mumkin. Gʻaltak induktivligini oshirish uchun, koʻpincha, ferromagnit (elektrotexnika poʻlati, permalloy, ferrit va boshqalar), oʻzak qoʻllaniladi. Induktivlik gʻaltagi induktivligi gʻaltak oʻlchamlariga, oʻramlari soni kvadra-tiga va oʻzakning magnit singdiruvchanligiga toʻgʻri proprsional boʻladi. U elektr filtrlar va tebranish konturlarining elementi sifatida, transformatorlarda, rele, magnitli kuchaytirgich, elektromagnit va boshqa da qoʻllaniladi. L harfi bilan belgilaniladi. Genrilarda o'lchanadi.
Mikromodullarda qoʻllaniladigan yassi bosma gʻaltak, elektr mashinalarining chulgʻamlari, ramkali va ferrit antennalar ham Induktivlik gʻaltagi xillari hisoblanadi.[1]
Induksion tok - oʻzgaruvchan magnit maydonida joylashgan yoki magnit maydonida harakatlanayotgan o'tkazgich konturida elektromagnit induksiya hodisasi tufayli hosil bo'ladigan elektr toki.[1]
Elektr yurituvchi kuch — (EYUK) oʻzgaruvchan yoki oʻzgarmas tok energiya manbalarida tashqi (potensial) kuchlar taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik. Oʻtkazgichdan tok oʻtishi uchun unda elektr maydon hosil qilinib saqlanadi. Buning uchun tok manbai yordamida oʻtkazgich uchlarida potensiallar farqi (φ1-φ2)uzluksiz tiklab turiladi. Bu esa tok orqali oqib keluvchi musbat zaryadlarni oʻtkazgichning kichik potensial φ2li uchidan uzluksiz olib ketish va katta potensial φ, li uchiga uzluksiz keltirib turish zarurligini anglatadi. Demak, zaryadlarning berk yoʻl boʻylab harakati vujudga keladi. Bunda faqat elektrostatik (ichki) kuchlarning oʻzi yetarli emas, chunki bu kuchlarning zaryadlarni berk kontur boʻylab koʻchirishda bajargan ishi nolga teng. Demak, berk konturda zaryadlar oqimini taʼminlash uchun noelektrostatik (tashqi) kuchlar mavjud boʻlishi kerak. Tashqi kuchlar Kulon kuchlaridan (qarang Kulon qonuni) farq qilib, turli ishorali zaryadlarni birlashtirmaydi, aksincha ularning ajralishini yuzaga keltiradi va toʻgʻri chiziq uchlarida potensiallar farqini birday saqlab turadi. Tashqi kuchlarning taʼsiri Elektr yurituvchi kuchk. bilan ifodalanadi. Tashqi quchlarning birlik musbat zaryadni berk zanjir boʻylab koʻchirishda bajargan ishi (ye = $ YE’d.1 oʻlchanadigan ye kattalik) e.yu.k., tok manbai e.yu.k. manbai deb ataladi, bunda YE’— tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydoni kuchlanganligi, d1— kontur elementi. Tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydonini elektr energiya manbai hosil qiladi. Demak, e.yu.k. tashqi quchlar taʼsirida tok zanjiriga kiritilgan energiya ekan. Mas, galvanik element va akkumulyatorlar, oʻzgarmas tok generatorlari, yarimoʻtkazgichli termoelementlar, fotoelementlar va boshqalar elektr manbai boʻla oladi. Elektr yurituvchi kuchk. voltlarda oʻlchanadi. Standart elektr yurituvchi kuch formulasi: E°=(RT/zF)lnKa.

Download 55.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling