“Umumta’lim muassasalarida pedagog faoliyatidagi konfliktlarni mohiyati va oldini olish imkoniyatlari ” mavzusida


Download 60.08 Kb.
bet3/16
Sana19.03.2023
Hajmi60.08 Kb.
#1283886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ostonova Dildora

Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Kurs ishi natijalarining ilmiy ahamiyati ilgari surilgan muhim nazariy g'oya, taklif etilgan fikr, mexanizm va tarkibiy tuzilma, ishlanmalar, ta'lim jarayonida bo'lajak pedagoglarda umumta’lim muassasalarida pedagog faoliyatidagi konfliktlarni mohiyati va oldini olish imkoniyatlarining shakl, metod vositalarini takomillashtirish, «Pedagogika» fani mazmunini yangi tushunchalar bilan boyitishda foydalanish bilan izohlanadi.
Ishning hajmi:
2 ta bob, 4 ta paragraf, boblar bo’yicha xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, umumiy xulosadan glossariy va ilovalardan iborat. Ko’lami 36 bet.

I BOB UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA PEDAGOG FAOLIYATIDAGI KONFLIKTLARNI MOHIYATI VA KELTIRIB CHIQARUVCHI SABABLAR

    1. Pedagogik faoliyatdagi konflikt tushunchasining mohiyati

Ulg‘ayganimiz sari konfliktli voqea, hodisalar o‘z kuchi va ta’sirini ham kuchaytirib boradi. Ammo biz konflikt nimaligini bilamizmi?! Har doim ham konfliktli vaziyatga tushib qolganda o‘zimizni to‘g‘ri tutamizmi? Konflikt bizning hayotimiz uchun tahdid ko‘rsatadimi? Konfliktning o‘z ichki tabiati qanday? Konfliktdan qanday qutilish ya’ni undan qanday chiqib ketish kerak? Ziddiyat qanday qonuniyatlar asosida rivojlanadi? Nizoni rivojlantiruvchi omillarni oldindan bartaraf etsa bo‘ladimi? Inson ziddiyatlarsiz yashashga o‘rganishi mumkinmi? kabi savollar butun bir vujudimizni qurshab oladi.
Konflikt - o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ziddiyatli manfaatlar va munosabatlarning ochiq to‘qnashuvidir.
Konfliktning yechimini topish – konfliktli vaziyatni yo‘qotish hamda u yuzaga keltirgan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga solish bilimlari va ko‘nikmalari majmuidan iboratdir.
Konflikt tabiiy hodisa. Konflikt – oddiy hol. Chunki konflikt har birimizning turmushimiz va tirikligimizga hos va hayotimizga tegishli bo‘lgan narsa. Ammo ko‘pchilik ongida an’anaviy mavjud bo‘lgan fikrga ko‘ra, konflikt bu – oddiy hol emas, u ziddiyatli hol, undan o‘zini muhofaza qilish kerak, undan o‘zini tortish zarur, konfliktdan “qochish” kerak. Insonlararo, oilalar ichida bo‘layotgan konfliktlardan o‘zini tortishni bizga bolaligimizdan o‘rgatib kelishadi. Konflikt oldida, konfliktdan qo‘rqish hollari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bizni bolaligimizdan konfliktli vaziyatlardan o‘zimizni tortishga, “janjalkash” bo‘lmaslikka, nizolarni keltirib chiqargan va unda qatnashgan odamlardan o‘zimizni tortib yurishga o‘rgatishadi. Konflikt – bizning milliy mentalitetimizda “yaxshi” bo‘lmagan holat va vaziyatga tenglashtiriladi. Konflikt bo‘lganidan ko‘ra, konflikt bo‘lmaganini biz afzalroq ko‘ramiz. Biz konfliktni hayotimizdagi eng “yomon” davr sifatida baholaymiz. Konfliktdan uzoqroqda yashash ko‘nikmalari bizning tafakkurimizga chuqur singdiriladi. Konflikt har kunlik hayot tarzimizga hos bo‘lgan voqelik bo‘lishiga qaramay, insonlar ko‘pincha ularni noto‘g‘ri talqin etadi hamda ularni “anglangan” holda qabul qilishga o‘rgatilmaydi. Konfliktli vaziyatga tushib qolgan vaqtimizdagina mana shu konfliktli vaziyatni tahlil qilishga urinamiz. Ammo har doim ham bizning bilim va ko‘nikmalarimiz konfliktli vaziyatdan chiqib ketish uchun yetarli bo‘lmaydi. Chunki bizning hayotiy tajribamiz kam, chunki biz konfliktlar yechimi bo‘yicha maxsus bilimlarni egallamaganmiz. Tabiiyki, har bir inson konfliktlarni tushunadi, ularning mohiyatini to‘g‘ri anglaydi hamda ularni yenga oladi deyish, xato hisoblanadi. Xorijiy ellarda yuqori va quyi bosqichdagi barcha rahbar xodimlar, biznes menejerlarning barchasi konfliktlar yechimi bo‘yicha ta’lim oladilar. Konfliktlar va ularning yechimi bo‘yicha ma’lum bilimlar va ko‘nikmalarni egallamasdan turib, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda faoliyat olib borib hamda ularni boshqarib bo‘lmaydi. Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur’atda rivojlanayotgan, zamonaviy axborot texnologiyalarining salmog‘i keskin oshayotgan bir davrda o‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar, ilgari fanning biror sohasida ro‘y berayotgan yirik kashfiyot qariyib o‘n besh yillik samarali va kishi zo‘rg‘a ishonadigan voqea hisoblangan bo‘lsa, hozir har yili, xatto har oyda fan, texnika sohasida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning ilgari noma’lum bo‘lgan yangi yo‘nalishlari maydonga kelmoqda. Kishilarda bilimga bo‘lgan intilish beqiyos darajada o‘sib bormoqda.

Download 60.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling