Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 53.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana28.10.2021
Hajmi53.41 Kb.
#169318
1   2   3   4   5
Bog'liq
3271-сон 30.06.2020. Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

elektron  dastur  ―  umumta’lim  muassasalari  to‘g‘risida  zarur  ma’lumotlar

kiritiladigan va istalgan vaqtda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali ushbu ma’lumotlardan

foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur.

2.  Ushbu  Nizom  talablari  O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  tizimidagi

umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.

2-bob. Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash

3.  Umumta’lim  muassasalarining  sinflari  o‘quvchilar  sonidan  kelib  chiqib,  quyidagi

me’yorlar asosida komplektlanadi:

shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha;

qishloq  hududlarida  20  ―  35  nafargacha  (olis  (tog‘li,  cho‘lli)  hududlarda  joylashgan

umumta’lim muassasalari bundan mustasno).

O‘quvchilar  soni  mazkur  me’yorlardan  kam  bo‘lgan  hollarda  umumta’lim  muassasasi

hamda  tuman  (shahar)  xalq  ta’limi  va  moliya  bo‘limlari  bilan  kelishilgan  holda  sinflar

komplektlanadi.

Jismoniy  yoki  psixik  rivojlanishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  uchun  ixtisoslashtirilgan

davlat ta’lim muassasalari, Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari, Respublika qiz

bolalar  o‘quv-tarbiya  muassasalari  hamda  ayrim  fanlar  chuqur  o‘rganiladigan  davlat

ixtisoslashtirilgan  umumta’lim  muassasalarida  sinflar  tegishliligi  bo‘yicha  O‘zbekiston

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2008-yil  7-avgustdagi  173-son  “Ayrim  fanlar  chuqur

o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish

to‘g‘risida”gi,  2011-yil  13-sentabrdagi  256-son  “Imkoniyatlari  cheklangan  bolalar  uchun

ixtisoslashtirilgan  davlat  ta’lim  muassasalari  to‘g‘risidagi  me’yoriy-huquqiy  hujjatlarni

tasdiqlash  haqida”gi,  2019-yil  17-oktabrdagi  880-son  “Respublika  o‘quv-tarbiya  muassasalari

faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq komplektlanadi.

4.  Kam  komplektli  umumta’lim  muassasalarida  (filiallarda)  boshlang‘ich  sinf

o‘quvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:

o‘quvchilar soni 8 nafargacha bo‘lgan I ― IV sinflar;

o‘quvchilar soni 12 nafargacha bo‘lgan uchta boshlang‘ich sinf;

o‘quvchilar soni 24 nafargacha bo‘lgan ikkita boshlang‘ich sinf (I va III, II va IV sinflar).

5.  Namunaviy  loyihalar  bo‘yicha  qurilmagan,  moslashtirilgan  binolarda  joylashgan,

o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan umumta’lim muassasalarida, olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda

joylashgan umumta’lim muassasalarida, shuningdek, o‘zbek tilida o‘qitilmaydigan umumta’lim

muassasalarida  o‘quvchilar  soni  sinflarni  komplektlashning  o‘ziga  xos  shart-sharoitlaridan

kelib  chiqib,  hududiy  xalq  ta’limi  bo‘linmalari  va  hududiy  moliya  organlari  bilan  kelishilgan

holda belgilanadi.

6.  Umumta’lim  muassasalarida  sinflar  komplektlarini  shakllantirishda  sinflar  bo‘yicha

jami  o‘quvchilar  soni,  shu  jumladan  o‘g‘il  va  qiz  bola  o‘quvchilar,  inklyuziv  ta’lim  va  yakka

tartibda  uyda  ta’lim  oluvchi  o‘quvchilar  sonining  mazkur  Nizomning  3-bandida  ko‘rsatilgan

me’yorlarga muvofiq bo‘lishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga

rioya qilinishi talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan oqilona foydalanish va ortiqcha

xarajatlarga  yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida  umumta’lim  muassasalarida  mazkur  Nizomda

belgilangan me’yorlardan ortiq sinflar komplektlarini shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.




7. Umumta’lim muassasalari har yili 30-avgustga qadar ta’lim olayotgan hamda I sinfga

qabul  qilinayotgan  o‘quvchilarning  nomma-nom  ro‘yxatini  shakllantiradi  hamda  elektron

dastur  orqali  ma’lumotlarni  tegishliligi  bo‘yicha  hududiy  xalq  ta’limi  bo‘linmalari  va  hududiy

moliya organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

Sinflar  komplektini  shakllantirish  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarning  to‘g‘ri  va  haqqoniy

kiritilishi uchun umumta’lim muassasasining direktori mas’ul hisoblanadi.

8.  Umumta’lim  muassasalari  tomonidan  elektron  dastur  orqali  yuborilgan  sinflar

komplektini  shakllantirish  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  hududiy  xalq  ta’limi  bo‘linmalari  va

hududiy moliya organlari tomonidan quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi:

umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hudud (mikrohudud) bo‘yicha bir-biriga yaqin

bo‘lgan umumta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar soni va sinf komplektini o‘zaro taqqoslash;

boshqa  umumta’lim  muassasalaridan  kelgan  va  ketgan  o‘quvchilarning  umumta’lim

muassasasi  direktori  buyrug‘i  asosida  sanoqqa  kiritilganligi  yoki  sanoqdan  chiqarilganligi

o‘rganish;

har  bir  sinf  bo‘yicha  o‘tgan  yilga  nisbatan  sinf  sonining  o‘sishi  yoki  kamayishini  tahlil

qilish;


qiz  va  o‘g‘il  bolalar  sonidan  kelib  chiqib,  sinf  o‘quvchilarining  guruhlarga  to‘g‘ri

ajratilganligi o‘rganish;

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti  mablag‘laridan  samarali  foydalanish  hamda

sun’iy ravishda sinflar sonining ko‘payishi holatlariga yo‘l qo‘ymasligini o‘rganish.

9.  Hududiy  xalq  ta’limi  bo‘linmalari  va  hududiy  moliya  organlari  tomonidan  ko‘rib

chiqilgan  sinflar  komplektini  shakllantirish  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  har  yili  15-sentabrga

qadar  tasdiqlanadi  yoki  aniqlangan  xato  va  kamchiliklarni  asoslantirgan  holda  qayta  ishlash

uchun yuboriladi.

Qayta  ishlash  uchun  yuborilgan  sinflar  komplektini  shakllantirish  to‘g‘risidagi

ma’lumotlar umumta’lim muassasasi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi va hududiy xalq ta’limi

bo‘linmalari  hamda  hududiy  moliya  organlariga  ikki  ish  kuni  ichida  elektron  dastur  orqali

tasdiqlash uchun qaytadan yuboriladi.

10. Hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari hamda hududiy moliya organlari tomonidan ko‘rib

chiqilgan  va  tasdiqlangan  sinflar  komplektini  shakllantirish  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  asosida

hududiy  xalq  ta’limi  bo‘linmasining  o‘z  hududidagi  umumta’lim  muassasalarida  tashkil

etiladigan sinflar komplektlari to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘i qabul qilinadi.

11.  Har  yili  yanvar  oyida  zarurat  tug‘ilganda  sinflar  komplektlari  mazkur  Nizomga

asosan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

12.  Tegishli  moliya  yili  uchun  tuzilgan  xarajatlar  smetasida  ko‘zda  tutilgan  sinflar

sonidan  ortiq  sinflarni  tashkil  etish,  hududiy  xalq  ta’limi  bo‘linmalari  va  hududiy  moliya

organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


Download 53.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling