Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish


Download 53.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana28.10.2021
Hajmi53.41 Kb.
#169318
1   2   3   4   5
Bog'liq
3271-сон 30.06.2020. Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

3-bob. Tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish

13. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tarifikatsiya ro‘yxatlarini

shakllantirish uchun umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi ishlab chiqiladi.

14. Umumta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi asosida har

yili 10-sentabrga qadar umumta’lim muassasasining dars soatlari setkasini shakllantiradi.

Bunda  ta’lim  qoraqalpoq,  rus,  qozoq,  tojik,  qirg‘iz,  turkman  tillarida  olib  boriladigan

kam  komplektli  umumta’lim  muassasalarida  o‘qish,  ona  tili  va  adabiyot  fanlari  bo‘yicha  dars

soatlari setkasi o‘quvchilar ta’lim olishni xohlagan tildan kelib chiqib, umumta’lim muassasalari

tomonidan hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.

15.  Umumta’lim  muassasalari  tomonidan  shakllantirilgan  dars  soatlari  setkasi

umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib,

har  yili  15-sentabrga  qadar  o‘qituvchilarga  dars  soatlari  quyidagi  ko‘rsatkichlarning  ustuvor

ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;



chet  tili  va  STEAM  fanlaridan  mutaxassisligi  bo‘yicha  xalqaro  sertifikatlarga  ega

o‘qituvchilar  (TESOL  Level  5,  CEFR  B2,  IELTS  6  va  undan  yuqori,  shuningdek,  O‘zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

TOP-1000  universitetlar  reytingiga  kiradigan  dunyoning  yetakchi  universitetlarini

bitirgan o‘qituvchilar;

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

o‘qituvchi  bo‘lib  faoliyat  yuritayotgan  asosiy  olimpiadalarning  respublika  bosqichi

g‘oliblari;

respublika  bosqichidagi  ko‘rik  tanlovlarda  (yil  o‘qituvchisi)  sovrinli  o‘rinlarga  ega

bo‘lgan o‘qituvchilar;

oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;

ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;

belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha

a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;

oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;

qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;

oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;

pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi

tan olinmagan o‘qituvchilar;

oliy  ma’lumotli  o‘qituvchilar  bilan  ta’minlanguniga  qadar  o‘rta  maxsus,  professional

ma’lumotga ega o‘qituvchilar;

oliy  ma’lumotli  o‘qituvchilar  bilan  ta’minlanguniga  qadar  umumta’lim  muassasasining

tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

Umumta’lim  muassasasining  pedagogik  kengashi  tomonidan  dars  soatlari  qayta

taqsimlanishi mumkin.

16.  Yuqoridagi  ko‘rsatkichlar  ketma-ketlik  asosida  ustunlikka  ega  bo‘lgan

o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.

Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan

unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.

O‘qituvchi mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga

ega  bo‘lganda,  ko‘rsatkichlarning  eng  ustuvorini  inobatga  olgan  holda  dars  soatlari

taqsimlanadi.

Aynan  bir  xil  ko‘rsatkichlar  mavjud  bo‘lgan  bir  nechta  o‘qituvchilar  o‘rtasida  dars

soatlari teng taqsimlanadi.

17.  Umumta’lim  muassasalarining  o‘qituvchilariga  yillik  bir  yarim  stavkadan  (yillik  2

322 soat) ortiq dars soatlari belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

18.  Umumta’lim  muassasasining  pedagogik  kengashi  tomonidan  taqsimlangan  dars

soatlari har yili 17-sentabrga qadar elektron dasturga kiritiladi.

19.  Homiladorlik  va  tug‘ish  ta’tili  hamda  bola  parvarishidan  qaytgan  o‘qituvchilarga,

shuningdek,  ishlovchi  pensionyerlarga  dars  soatlari  mehnat  qonunchiligiga  asosan  mazkur

Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.

20.  O‘qituvchilarning  tarifikatsiya  ro‘yxatini  shakllantirish  maqsadida  umumta’lim

muassasasi  tomonidan  har  yili  20-sentabrga  qadar  elektron  dasturga  quyidagi  ma’lumotlar

kiritiladi:

o‘qituvchilar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  shu  jumladan  ismi,  familiyasi,  otasining  ismi,

diplom bo‘yicha ma’lumoti, malaka toifasi to‘g‘risida ma’lumotlar;

bazaviy  tarif  stavkalari  to‘g‘risida  ma’lumotlar,  shu  jumladan  o‘qituvchining  tarif

stavkalari to‘g‘risida ma’lumotlar (bunda o‘qituvchining har bir fan uchun ma’lumoti va tegishli

malaka toifasi berilgan sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi);

pedagogik kengash tomonidan o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlangan dars soatlari;



daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari;

informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari;

o‘qituvchiga biriktirilgan sinf va sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari;

uyda  yakka  tartibda  mashg‘ulotlar  olib  borayotgan  o‘qituvchilarga  taqsimlangan  dars

soatlari va ular bo‘yicha o‘qituvchi xodimning tarif stavkalari;

o‘qituvchilarga  direktor  jamg‘armasi  hisobidan  belgilangan  har  oylik  ustamalar

miqdorlari (foizi va miqdori ko‘rsatiladi);

amaldagi  me’yoriy  hujjatlarga  muvofiq  belgilanadigan  boshqa  ustama  va  qo‘shimcha

to‘lovlar.

21. Umumta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan

elektron dasturga kiritilgan o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati tegishliligi bo‘yicha hududiy

xalq  ta’limi  bo‘linmalari  va  hududiy  moliya  organlariga  har  yili  20-sentabrga  qadar  ko‘rib

chiqish va tasdiqlash uchun yuboriladi.

Elektron  dasturga  o‘qituvchilarning  tarifikatsiya  ro‘yxatining  to‘g‘ri  va  haqqoniy

kiritilishi uchun umumta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari mas’ul

hisoblanadi.

22. Hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va hududiy moliya organlari har yili 25-sentabrga

qadar  o‘qituvchilarning  tarifikatsiya  ro‘yxatini  ko‘rib  chiqadi  va  ularni  tasdiqlaydi  yoki

tasdiqlashni rad etadi.

23.  Hududiy  xalq  ta’limi  bo‘linmalari  va  hududiy  moliya  organlari  tomonidan

o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi:

bir  stavkada  ishlovchi  o‘qituvchi  uchun  boshlang‘ich  I  ―  IV  sinflardagi  haftalik  o‘quv

yuklamasi  ―  18  soat  va  pedagogik  yuklamasi  ―  18  soatni  hamda  yuqori  V  ―  XI  sinflardagi

haftalik o‘quv yuklamasi ― 20 soatni va pedagogik yuklama ― 16 soatni tashkil etadi, bunda

o‘qituvchining pedagogik yuklamasi haftalik o‘quv yuklamasiga mos ravishda boshlang‘ich I ―

IV sinflarda 1,0 koeffitsiyentga, yuqori V — XI sinflarda 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirilgan holda

hisoblanganligi;

umumta’lim  muassasasining  rahbar  xodimi  (direktor  va  uning  o‘rinbosarlari)

tomonidan  asosiy  lavozimning  bir  haftada  10  soatgacha  hajmda  o‘qituvchi  lavozimi  bilan

qo‘shib olib borilganligi (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) hamda ular tomonidan bajarilgan dars

soatlariga soatbay haq to‘langanligi;

umumta’lim  muassasalarining  uyda  yakka  tartibda  mashg‘ulotlar  olib  borayotgan

o‘qituvchilariga  haq  to‘lash  bazaviy  tarif  stavkasini  o‘quv  va  pedagogik  yuklamalarga  bo‘lish,

ularni  yakka  tartibda  o‘tkazilgan  haqiqiy  dars  soatlariga  ko‘paytirish  va  O‘zbekiston

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  29-sentabrdagi  490-son  “Xalq  ta’limi  tizimi

xodimlariga haq to‘lashni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan o‘qituvchining tarif

stavkasi  hamda  lavozim  maoshlari  miqdoriga  qo‘shimcha  oyiga  50  foiz  to‘lov  amalga

oshirilganligi (bunda yakka tartibda o‘quvchini uyda o‘qitayotgan o‘qituvchilarning asosiy oylik

yuklamasi maktabda bo‘lishi shart);

daftarlarni  va  yozma  ishlarni  tekshirganlik  uchun  qo‘shimcha  haq  o‘qituvchining

daftarlar  va  yozma  ishlar  bo‘yicha  tekshiriladigan  fanlarning  umumiy  soatlari  va  sinf

komplektidagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda hisoblanganligi;

sinf  rahbarligi  uchun  qo‘shimcha  haq  sinfdagi  o‘quvchilar  soniga  ko‘ra  belgilangan

miqdorlar bo‘yicha hisoblanganligi;

umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarga bittadan ortiq sinfga rahbarlik qilishga va

mehnatini  soatbay  asosda  olib  boruvchi  o‘qituvchilarga  sinfga  rahbarlik  qilishga  yo‘l

qo‘yilmasligi  (bunda  boshlang‘ich  sinflarda  sinf  rahbarligi  ona  tili,  o‘qish  va  matematika

fanlaridan dars o‘tadigan o‘qituvchilarga yuklatiladi);

informatika  kabineti  mudirligi  uchun  qo‘shimcha  to‘lovlar  belgilangan  miqdorlar

asosida  umumta’lim  muassasasidagi  mavjud  jihozlangan  informatika  kabineti  soniga  ko‘ra

hisoblanganligi;

informatika  kabineti  mudirligi  informatika  fani  o‘qituvchisiga  yuklatilganligi  (bunda

informatika  fani  bo‘yicha  mutaxassis  bo‘lmagan  hollarda  matematika  yoki  fizika  fanlari



o‘qituvchilariga biriktirilishi mumkin, bir nafar informatika fani o‘qituvchisiga bittadan ortiq

informatika  kabineti  yuklatilganda  faqat  bitta  informatika  kabineti  mudirligi  uchun

qo‘shimcha haq belgilanadi);

direktor  jamg‘armasi  hisobidan  har  oylik  ustamalar  belgilanadigan  o‘qituvchilar

ro‘yxati umumta’lim muassasasida tashkil etilgan Ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish

va  moddiy  yordam  berish  bo‘yicha  ishchi  guruh  tomonidan  belgilangan  talablarga  ko‘ra

aniqlanishi va ustamalar miqdorlari o‘qituvchining tarif stavkasiga nisbatan hisoblanganligi;

umumta’lim  muassasalari  o‘qituvchilariga  har  oylik  qo‘shimcha  to‘lovlar  va  ustamalar

amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq belgilanganligi;

umumta’lim  muassasasida  fanlar  bo‘yicha  vakant  soatlar  uchun  mablag‘larni

rejalashtirish  barcha  ustama  va  qo‘shimchalarni  (direktor  jamg‘armasi  mablag‘lari  hisobidan

to‘lanadigan ustamalar bundan mustasno) inobatga olib, bir stavkada ishlovchi oliy ma’lumotli

o‘qituvchining  bazaviy  tarif  stavkasi  hisobidan  kelib  chiqqan  holda  elektron  dastur  orqali

hisoblanganligi;

vakant  sinf  rahbarligi  bo‘yicha  qo‘shimcha  haq  to‘lovlari  sinfdagi  o‘quvchilar  soniga

ko‘ra belgilangan miqdorlarda hisoblanganligi.

24. O‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati mazkur Nizomning 23-bandidagi mezonlarga

muvofiq  holda  to‘ldirilgan  bo‘lsa,  ular  hududiy  xalq  ta’limi  bo‘linmalari  va  hududiy  moliya

organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Mazkur  Nizomning  23-bandidagi  mezonlarga  nomuvofiq  holda  to‘ldirilgan

o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxatini tasdiqlash rad etiladi.

Hududiy  xalq  ta’limi  bo‘linmalari  va  hududiy  moliya  organlari  tomonidan  tasdiqlash

rad  etilgan  o‘qituvchilarning  tarifikatsiya  ro‘yxati  xato  va  kamchiliklarni  asoslantirgan  holda

qayta ishlash uchun umumta’lim muassasasiga qaytariladi.

Hududiy  xalq  ta’limi  bo‘linmalari  va  hududiy  moliya  organlari  tomonidan  qaytarilgan

o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati umumta’lim muassasasi tomonidan ikki ish kuni ichida

qayta ko‘rib chiqiladi va elektron dastur orqali qayta yuboriladi.

Qayta  yuborilgan  o‘qituvchilarning  tarifikatsiya  ro‘yxati  hududiy  xalq  ta’limi

bo‘linmalari  va  hududiy  moliya  organlari  tomonidan  bir  ish  kuni  ichida  ko‘rib  chiqiladi  va

tasdiqlanadi.

25.  O‘qituvchilarining  tarifikatsiya  ro‘yxati  o‘zgartirilishi  va  qayta  ko‘rib  chiqilishi

mumkin.


Bunda  o‘qituvchilar  o‘rtasida  jami  dars  soatlari  rejasi  doirasida  kiritiladigan

o‘zgartirishlar umumta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘qituvchilarning  tarifikatsiya  ro‘yxatidagi  sinf  sonining  ko‘payishi  yoki  kamayishi

oqibatida  kiritiladigan  o‘zgartirishlar  tegishli  hududiy  xalq  ta’limi  bo‘linmalari  va  hududiy

moliya organlari tomonidan qayta tasdiqlanishi lozim.

26.  Budjet  tashkilotlari  xodimlariga  ish  haqi  miqdorlari  O‘zbekiston  Respublikasi

Prezidenti  farmonlariga  muvofiq  oshirilgan  taqdirda  xalq  ta’limi  muassasalari  xodimlarining

bazaviy tarif stavkalari (lavozim maoshlari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2005-yil  21-dekabrdagi  275-son  “Xalq  ta’limi  xodimlari  mehnatiga  haq  to‘lashning

takomillashtirilgan  tizimini  tasdiqlash  to‘g‘risida”gi  qaroriga  muvofiq  belgilangan  tartibda

O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  tomonidan  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari

vazirligi bilan birgalikda qayta ko‘rib chiqiladi.

Qayta  ko‘rib  chiqilgan  bazaviy  tarif  stavkalari  (lavozim  maoshlari)  asosida

o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati elektron dastur orqali qayta shakllantiriladi.



4-bob. Yakuniy qoida

27.  Mazkur  Nizom  talablari  buzilishida  aybdor  bo‘lgan  shaxslar  qonun  hujjatlariga



muvofiq javobgar bo‘ladi.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3271/1117-son)

Download 53.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling