Umumta’lim muassasalarida ”Tarbiya” darslarida javobgarlikning ahloqiy mohiyati, javobgarlik xissini shakllantirish
Download 135.56 Kb.
|
Javobgarlik xissi
- Bu sahifa navigatsiya:
- NOTA BENE! Ozodlikdan mahrum qilish
Voyaga yetmagan hamda qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar jazoni qamoq uylarida o`taydilar. Ularga har kuni bir yarim soatlik sayr qilish, bir oyda bir marta yaqin qarindoshlari bilan uch soatgacha qisqa muddatli uchrashuv imkoniyati beriladi. Ular qamoq uyining xo`jalik xizmatiga oid ishlarga haftasiga to`rt soatgacha jalb qilinishi mumkin. Voyaga yetmaganlar jazoni o`tash tartibini buzgan hollarda ogohlantirish, hayfsan, yetti sutkagacha karserga kiritib qo`yish, har kungi sayrni bekor qilish kabi intizomiy jazo choralari qo`llaniladi. Jinoyat kodesi 84-moddasiga muvofiq qamoq jinoyat sodir qilish vaqtida o`n olti yoshga to`lmagan, lekin hukm chiqarish vaqtida o`n olti yoshga to`lgan shaxslarga nisbatan qo`llanishi mumkin. Bu jazo turining asosiy xususiyatlaridan biri shaxsni yangi jinoyat sodir etishini oldindani olishdir. Statistik ma`lumotlarga ko`ra sudlar voyaga yetmaganlarga nisbatan 1999 yilda o`n uchta, 2000-yilning to`qqiz oyi davomida esa o`n marta qamoq jazosi qo`llanilgan6[157].
Voyata yetmay turib, ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasida jazo tayinlanmaydi. Hukm chiqarish paytida o`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarda o`tash tayinlanadi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi 2000-yilning birinchi yarmida voyaga yetmaganlarga nisbatan 404 ta holatda qo`llanilgan bo`lib, bu umumiy sudlanganlarning 34,9 foizini tashkil qiladi. 1999-yilnng birichi yarmida esa ozodlikdan mahrum qilish jazosi 413 ta holatda qo`llanilgan bo`lib, bu ko`rsatkich umumiy sudlanganlarning 37,3 foizini tashkil qilgan. Download 135.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling