Umumtexnika fakulteti


Download 0.77 Mb.
bet8/9
Sana11.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1259874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Остонов А

Mualliflashtirish (authorization, avtorizatsiya) vositalari alohida foydalanuvchilarni tizim resurslariga ega bo‘lishlarini nazorat qiladilar, yaʻni ulardan xar biriga ma’mur tomonidan aynan unga berilgan huquqni havola qilish orqali. Foydalanuvchilarga kataloglarga, fayllarga va printerlarga ega bo‘lish huquqini havola qilishdan tashqari, mualliflashtirish tizimi foydalanuvchi tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan turli tizimli vazifalarni nazorat qilishi mumkin, masalan serverga alohida kirishni, tizim vaqtini o‘rnatishni, axborotlarni zahira nusxalarini yaratishni, serverni yoqishni va hokazolarni.
Mualliflashtirish amali dasturiy vositalar tomonidan bajariladi, ular operatsion tizimga yoki ilovaga joylashtirilishi ham mumkin, shuningdek alohida dasturiy maxsulot sifatida ham yetkazib beriladi.
Audit (auditing) – bu himoyalanayotgan tizim resurslariga ega bo‘lish bilan bog‘liq voqealarni tizim jurnaliga qayd qilish. Zamonaviy operatsion tizimlarning audit tizimostilarida qulay grafik interfeys yordamida ma’murni qiziqtirgan voqealar ro‘yxatini jamlangan holda berish imkoniyati mavjud. Hisobga olish va kuzatish vositalari xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan yoki muhim voqealarni yoki tizim resurslarini yo‘q qilishga, ega bo‘lishga va yangisini yaratishga bo‘lgan har qanday urinishni topadi va qayd qilish imkoniyatini ta’minlaydi. Audit hatto muvaffaqiyatsiz tugagan tizimni “buzish” ga urinishlarni ham qayd qilish uchun mo‘ljallangan.
Kuzatish va hisobga olish tizimida, xavfsizlik tizimi tanlangan obyekt va ularni foydalanuvchilari haqida “ayg‘oqchilik “ qilishi va agarda kimdir tizim fayllarini o‘qimoqchi bo‘lsa yoki o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, bu haqida tizimning xabar bera olishi xususiyati bo‘lishi kerakligini bildiradi. Agarda kimdir xavfsizlik tizimi tomonidan belgilangan harakatlarni kuzatish uchun amalga oshirsa, u holda audit tizimi qayd qilish jurnaliga foydalanuvchini aniqlab so‘ng xabar yozib qo‘yadi. Tizim menedjeri xavfsizlik haqida hisobotni qayd qilish jurnalidagi axborotdan foydalanib yaratishi mumkin. “Juda yuqori xavfsizlik” tizimlari uchun xavfsizlikka javobgar ma’mur kompyuterida audio va video signallar ham inobatga olingan bo‘ladi.
Hech qanday xavfsizlik tizimi 100% xavfsizlikni kafolatlamaganligi uchun, xavfsizlikni ta’minlashdagi oxirgi yutuq bu audit tizimidir. Haqiqatda, buzg‘unchi hujumini muvaffaqiyatli amalga oshirgach, jabrlanuvchi tomon audit xizmatiga murojaat etishdan boshqa chorasi qolmaydi. Agarda audit xizmatini sozlash jarayonida kuzatish kerak bo‘lgan voqealar to‘g‘ri berilgan bo‘lsa, u holda jurnalga yozilgan voqeaning batafsil tafsiloti ko‘p kerakli ma’lumotlarni berishi mumkun albatta. Balki bu axborot buzg‘unchini topish imkonini berar yoki kamida keyingi bo‘ladigan hujumni xavfsizlik tizimining nozik joylarini to‘g‘rilash orqali oldini olish imkonini beradi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling