Umurtqa pog‘onasi


KO‘KRAK QAFASINING TUG‘MA DEFORMATSIYALARI


Download 26.33 Kb.
bet2/2
Sana29.03.2023
Hajmi26.33 Kb.
#1306791
1   2
Bog'liq
2.Umrtqa pog\'anasi

KO‘KRAK QAFASINING TUG‘MA DEFORMATSIYALARI. Ko‘krak qafasining tug‘ma deformatsiyasi to‘sh suyagining, qovurg‘alar hamda umurtqa pog‘onasining tug‘ma nuqsonlari bilan kechadi. Bu nuqsonlar kosmetik yetishmovchilikdan tashqari, ko‘krak qafasi a’zolarining faoliyatini ham buzadi. Ko‘krak nuqsonlari ko‘pincha girdobsimon va qayiqsimon ko‘rinishda bo‘ladi, ba’zan juda kam hollarda, to‘sh suyagining o‘cmay qolganligi va yo‘qligi ham kuzatiladi.
Qovurg‘alar o‘sishining yetishmovchiligi - o‘smay qolishi, yo‘qligi yoki ortiqcha kovurg‘a ayrim hollarda uchraydi va ular jarrohlik muolajasiga muhtoj bo‘lmaydi.
Girdobsimon ko‘krak qafasi qovurg‘alar tog‘ay qismining tush suyagiga birikish joyi pastga tushib ketishi bilan ifodalanadi. Deformatsiyaning tashqi chegarasi qovurg‘alar cyyak bo‘limi hisoblanadi.
Etiologiyasi va kasallikning rivojlanishi. Bu nuqsonning rivojlanishi oxirigacha o‘rganilmagai. Tug‘ma nuqson sababi ham inkor etilmaydi. Bu deformatsiyaga qovurg‘a tog‘ay va to‘sh suyagining xondrodistrofiyasi, to‘sh-diafragma boylamining qisqarishi, qovurg‘a-tog‘ayining haddan tashqari o‘sib ketishi, Marfan sindromi va boshqalar sabab bo‘ladi.
G‘irdobsnmon ko‘krak qafasining uch shakli mavjud: simmetrik, asimmetrik va yassi simmetrik. Yassi simmetrik chuqurlik markazida joylashib, ko‘krak qafasining ikkala tomonida bir xilda taqsimlangan bo‘ladi. Simmetrik bo‘lmagan shakli to‘sh suyagining markazidan o‘tkazilgan chiziqdan ko‘krak qafasining ikkala tomoniga teng taqsimlanmaydi. Deformatsiyaning yassi shakli og‘ir hisoblanib, bunda ko‘krak qafasining yuzasi xiyla bosilgan bo‘ladi.
Klinik-rentgenologik ko‘rsatmalarga asoslanib, girdobsimon deformatsiya uch darajaga bo‘linadi. Birinchi darajasi ko‘p bo‘lmagan chuqurcha (2 sm gacha) va ko‘krak qafasi a’zolarining ish faoliyati buzilmasligi bilan ifodalanadi. Ikkinchi darajasida chuqurlik ancha ko‘p, ko‘krak qafasi a’zolarining ish faoliyati buzilishi (tez charchash, nafas yetishmovchiligi, yurakning tez urishi, o‘yin yoki og‘ir mehnat paytlarida), tez-tez yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, pnevmoniya kuzatiladi. Uchinchi darajada deformatsiya aniqroq, qomatning buzilishi bilan ko‘krak qafasi, ba’zida umurtqa pog‘onasining yon tomonga qiyshayishi, ko‘krak qafasining nafas olishida ham ishtirok etishi va ko‘krak a’zolari vazifasining buzilishi aniq bo‘lib, tashqi nafasning izdan chiqishi, yurak yetishmovchiligi bilan ifodalanadi.
Raxit, gipotrofiya, semizlik kabi kassalliklar, infektsion kasalliklar, yassi oyoqlik, shuningdek rejimning noto‘g‘ri tashkil etilishi, kam kaloriyali ovqatlar bilan ovqatlanish, o‘ziga mos kelmagan yy mebelidan, partadan foydalanish, kitob-daftarni noto‘g‘ri ko‘tarish bolalar qaddi-qomatining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Qaddi-qomat noto‘g‘ri shakllanishining oldini olish uni tuzatishdan ko‘ra ancha yengil. Shuning uchun ota-onalar, maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarning tarbiyachilari bolalar qaddi-qomatining to‘g‘ri shakllanishiga doimo e’tibor berishlari zarur. Bolalar qaddi-qomatining to‘g‘ri shakllanishida o‘z vaqtida to‘la kaloriyali ovqatlar iste’mol qilish, toza havoda bo‘lish, massaj, gimnastika, chiniqtiruvchi muolajalar, jismoniy rivojlanishga mose keladigan mebellardan foydalanishning ahamiyati muhim. O‘z qaddi-qomatiga qarab yurishni bolalarning ongiga singdirish kerak.
Download 26.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling