Umurtqalilarda ko'ndalang targ'il muskullari qisqarish jarayoni. Sirpanuvchi ipchalar modeli. Reja


Download 345.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi345.06 Kb.
#1412651
1   2   3
Bog'liq
Umurtqalilarda ko\'ndalang targ\'il muskullari qisqarish jarayoni.

Fassiyalar – fasci har bir muskulni o‘rab turadigan (biriktiruvchi 
to‘qimadan tuzilgan) parda – fassiya bir muskulni ikkinchi muskuldan 
ajratib turadi. Shuning uchun ham fassiya har qaysi muskulning alohida 
qisqarishini ta’minlaydi. Ayrim muskullarni o‘ragan fassiyaga fascia 
propria deyiladi. Fassiyalarning boshqa turi ma’lum bir guruh 
muskullarni o‘rab (umumiy fassiya – fascia communis), so‘ngra 
ichkariga yo‘naladi va suyakka borib fassiya to‘sig‘i (septa 
intermuscularia)ni hosil qiladi. Fassiyalar odatda qavatma-qavat 
muskullarni o‘rab turadi. Shu bois ular joylashgan o‘rniga qarab chuqur, 
o‘rta va yuza yoki teri osti fassiyalariga ajratiladi. 
Fassiyalar tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega. Ular oralig‘ida 
qon tomirlar va nerv tolalari joylashgan. Yallig‘lanish jarayonida 
vujudga kelgan yiring ham fassiyalar orasidan tarqaladi. Muskulning 
pay qismi yaltiroq oq yoki sarg‘ish rangi bilan ajralib turadi. Muskul 
odatda suyaklarga pay yoki aponevrozlar yordamida yopishadi. Muskul 
uzun, qisqa, yassi bo‘lishi mumkin. Uzun muskullar aksari qo‘l va 


oyoqda, yassi muskullar esa gavdaning old va orqa tomonida 
joylashgan. Kalta muskullar gavdaning chuqur qismida, serbar 
muskullar esa yuzada joylashadi. Organizmda ikki boshli, uch boshli, 
to‘rt boshli, duksimon, bir va ikki patli, ikki qorinli va boshqa turdagi 
muskullar uchraydi (153–159-rasmlar). Muskul tolalari yo‘nalishiga 
qarab to‘g‘ri, qiyshiq, ko‘ndalang va aylana bo‘ladi. 
Har bir muskulning o‘z qon tomiri va nervlari bor. Muskul tarkibida 
sezuvchi nerv tolalari sezgilarini markaziy nerv sistemasiga yo‘naltirsa, 
aksincha, markazdan kelayotgan harakat tolalarining ta’sirida muskullar 
qisqaradi. Simpatik tolalar yordamida muskullar trofikasi (moddalar 
almashinuvi) bajariladi. 
G‘altaklar (trochlea) suyaklarda tog‘ay va biriktiruvchi to‘qima bilan 
qoplangan g‘altaksimon do‘nglar bo‘lib, ulardan muskullarni o‘rovchi 
paylar o‘tadi. Muskul paylarining g‘altaklaridan o‘tadigan joyda ularga 
mos ariqchalar bo‘ladi. Ariqchalardan o‘tadigan muskul paylari 
biriktiruvchi to‘qimadan yoki paydan tuzilgan boylamlar (retinaculum 
tendinea) yordamida mustahkamlangan. 

Download 345.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling