Umurzaqova shahnozaning


Download 0.64 Mb.
bet1/3
Sana15.12.2020
Hajmi0.64 Mb.
#167577
  1   2   3
Bog'liq
Erkin Vohidov hayoti va ijodi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ

TA’LIMI VAZIRLIGI

Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi

Norin tuman XTB bo’limiga qarashli

33- umumiy ta’lim maktabi

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

UMURZAQOVA SHAHNOZANING

6-sinflar uchun "Erkin Vohidovning hayoti va ijodi" mavzusi bo'yicha tayyorlagan bir soatlik






Ushbu dars ishlanmasi Ona tili va adabiyot fanidan o’quvchilarining ta’lim tarbiyasiga qo’yilgan Davlat talablaridan kelib chiqqan holda, o’quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida tayyorlangan bo’lib, undan umumta’lim maktablarining Ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari foydalanishlari mumkin. Dars ishlanma 6-sinf Ona tili va adabiyot fanidan qo'llanish uchun mo'ljallangan .
Muallif: 33-umum ta'lim maktabining Ona tili va adabiyot

fani o'qituvchisi Umirzoqova Shahnoza
Muharrir: Norin tuman 33-maktab ona tili va adabiyot

uslubiy birlashma raisi N.Temirova

Taqrizchi: 33-umum ta'lim maktabining Ona tili va

adabiyot fani o'qituvchisi M.Jo'rayeva


Ushbu dars ishlanma Norin tuman xalq ta'limi bo'limi metodik kengashining ____________ 2019-yildagi № __ -sonli qarori bilan tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya qilindi.

Darsning mavzusi: Erkin Vohidov hayoti va ijodi.

Darsning maqsadi:

Darsning maqsadi: O’quvchilarga asar haqida tushuncha berish.

Ta’limiy Erkin Vohidov hayoti va ijodi.

T K1Tarbiyaviy –ushbu mavzu orqali oquvchilar ongini ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash , adib hayoti va faoliyatiga qiziqish uyg’otish.

.K.2Ahborotlar bilan ishlash T K 2 -Milliy va umum madaniy kompetensiyasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi – o’quvchilarni kasbga yo`naltirish va muallif bilan tanishtirish

T.K.4-O‘zini- o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi shakllantirish

T.K.5-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish

Dars turi: Yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi

Dars metodi: noan’aviy

Dars shakllari: “Ifodali o’qish daqiqasi”, “Mozaika”, guruhlarda ishlash, “Detektiv”, “Assisment” ta’limiy usullari

Dars jihozi: proyektor, slaydlar, Erkin Vohidov suratlari va kitoblari, tarqatmalar, rag’bat kartochkalar

Dars shiori: “Odamlarga faqat she’ring emas, o’zing kerakligingni sezish – bu katta baxt “

( Erkin Vohidov )



Dars rejasi:

I.Darsni tashkil qilish. 2 daqiqa

II.O’tgan darsni so’rash. 13 daqiqa

III.Yangi mavzu bayoni. 10 daqiqa

IV. Mustahkamlash. 15 daqiqa

V. Baholash. 3 daqiqa

VI. Uyga vazifa berib, darsni yakunlash. 2 daqiqa

Darsning borishi:Dars tashkil qilinadi.O’quvchilar uch guruhga bo’linadi. Guruhlar “Nido”, “Maqsad”, “Qasamyod” deb nomlanadi.

-Salom aziz bolalar,

Adabiyot muxlislari.

Diqqat qiling, boshlandi,

Muqaddas dars onlari.

II.Dars “Ifodali o’qish daqiqasi” bilan boshlanadi.O’tgan darsda o’tilgan Odil yoqubov “Musqaymoq” hikoyasi bo'yicha o’quvchilar birgalikda savol javob tashkil qilindi. Keyin o’tgan mavzu “Mozaika” ta’limiy usuli orqali mustahkamlanadi.

Masalan, muqaddasdur, olur Sening bizni qadring dardni bilmas- anjir, bizni...



Shu tariqa so’zlardan “Nido” guruhi:

Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,

Har kim sening qadring bilmas- aqli pastdur.

Sening tuyg’ung yuraklarga savdo solur,

Sening darding boshqa dardni tortib olur.

Yering , suving bizni boqub to’ydiradur,

Semiz-semiz qo’ylaringni so’ydiradur.

Olma-anor, anjir, uzum- mevalaring,

Ot-u ho’kuz, echki, taka, tevalaring.

“Maqsad” guruhi :

Bizlar uchun xizmat qilur barchalari,

Har birlari noz-u ne’mat parchalari.

Sendan tug’ub, katta bo’lub, qaytib borub,

Yana senga kiradurmiz bag’ring yorub.

Onamizsan! Bizni(ng) mushfiq onamizsan!

Javlon urub yashaydurgon xonamizsan!

Seni sotmoq mumkinmidur, o’zing o’yla,

Tiling bo’lsa, hasratlaring tuzik so’yla!

“Qasamyod” guruhi:

Bizlar sotmas burun qilur erding faryod,

Biz sotgan so’ng nega dersan bizlardan dod.

Ayb bizlarda, seni sog’ub emolmaduk,

Yemish berib, yem o’rniga yem olmaduk.

Bilolmaduk ko’ksingdagi xazinani,

Biz bilmasmiz tosh- taroz-u, mazinani,

Sotib- sotib qoladurmiz g’amga botub,

Boyqush kabi vayronada yotib- yotib.

Ushbu usulni bajartirish bilan dars ona tili fanining punktuatsiya bo’limi bilan ham bog’lanadi. O’quvchilar she’rning qayerida qanday tinish belgisi qo’yilishini anglaydilar. Eng birinchi va to’g’ri bajargan guruh g’olib bo’ladi. Guruhlar rag’batlantirilib boriladi.



III. Yangi mavzu bayoni. O’qituvchi:

Har bir she’rni ixlos bilan yozgan edi,

Odamlarga kerakligin bilgan edi,

Shoirlikni olloh unda bergan edi,

Borsa kelmas tomonlarga ketgan ustoz.

Qani endi hayqiring, siz yer qa’ridan.

“Nido” dostoningiz sizni izlaydi bugun.

Endi avlod o’qir kitob satridan

Borsa kelmas tomonlarga ketgan ustoz.

-Aziz o’quvchilarim. Men kim haqida she’r o’qidim?

- O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov haqida.

- 2016- yil dekabr oyida shoir tavalludining necha yilligi nishonlandi?

- 80 yilligi.

-Barakalla.



So’ngra proyektor orqali shoir suratlari bilan, slaydlar bilan shoir hayoti va ijodi o’qituvchi tomonidan tanishtiriladi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling