Understanding


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1579758
1   2
Bog'liq
Mantiqiy-grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil, differensiatsiya tamoyili

―Dod! Degan ovoz eshitildi. /O./
Qalandarov jon-jahti bilan gapirdi: Yo’qol!
Gaplaridagi undov belgilari intonatsiyaga asoslanib, birinchi gapdagi qo’shtirnoq
nutq tuzilishiga asoslanib qo’yilgan. 


Stilistik (uslubiy) tamoyil
Punktuatsiya asoslaridan kelib chiqib, tinish belgilari qo’llashning quyidagi tamoyillarini
ko’rsatamiz:
Bu tamoyilga ko’ra, tinish belgilari nutq stillarining talabidan kelib chiqib qo’yiladi. Tilning
taraqqiyoti, til stillarining rivojlanishi nutqning ajiralmas qismi bo’lgan punktuatsiyaning
taraqqiyotiga, uning qo’llanish doirasining kengayishi yoki o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Masalan, badiiy asarlarda (diologik nutqlarda) ixchamlik uchun personajlarning nutqlari
tire bilan ajiratiladi.
Dramatik asarlarda esa nutq egalarining nomi keltirilganligidan, borligidan ularni tire bilan
ajratishga ehtiyoj bo’lmaydi, yoki qo’shtirnoq qo’llanilmaydi.
Nutqning individual stil formasida tinish belgilari, ko’pincha, yozuvning subektiv maqsadi,
emotsional fikr ifodalash, uning ta‘sirchanligini oshirish uchun qo’llaniladi. 


Differensiatsiya (farqlovchi) tamoyili
Punktuatsiya asoslaridan kelib chiqib, tinish belgilari qo’llashning quyidagi tamoyillarini
ko’rsatamiz:
Bu tamoyilga ko’ra tinish belgilari yozuv texnikasi (formasi)ni farqlash uchun
qo’llanadi. Boshqacha aytganda, tinish belgilarining yozuv formalariga bog’liq holda
odatdagidan farqli ishlatilishi differensiya tamoyili asosida yuz beradi. Ilmiy stilda,
jumla ichida so’zlarni qisqartirishda sitatalarning manbaini ko’rsatishda, havolalarda,
kitob muqovalarida nashiryot nomi va nashr vaqtini ko’rsatishda tinish belgilari
differensiya tamoyiliga asosan ishlatiladi.
Masalan, kitob muqovasida tire (Toshkent – 2005 kabi), snoskalarda vergul (G’ofur
G’ulom, Tanlangan asarlar, Toshkent, 2005 kabi) qo’yiladi.


E'tiboringiz uchun rahmat!

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling