Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol mulkiga qaratish Reja
Download 18.55 Kb.
|
Daklat sss
- Bu sahifa navigatsiya:
- Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning naqd pul mablag‘lariga qaratish
Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol mulkiga qaratish Reja 1. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning pul mablag‘lariga qaratish? 2.Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga qaratish? 3.Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni ta’minlash choralari ? Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning naqd pul mablag‘lariga qaratish Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning naqd pul mablag‘lariga qaratish ularni aniqlash va olib qo‘yishdan iboratdir. Qarzdor yuridik shaxs kassasining seyflarida saqlanayotgan va bu kassaning alohida ajratilgan xonasida yoki qarzdor yuridik shaxsning boshqa binolarida bo'lgan so'mdagi va chet el valutasidagi naqd pul mablaglari ular aniqlanishi bilanoq, qarzni uzish, ijro yig‘imi va ijro bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda darhol olib qo'yilishi lozim. Bunda sud ijrochisi kassa kitobini talab qilib olishi lozim. Kassa kitobining «kun oxiriga qoldiq» ustunidan mavjud naqd pul miqdori aniqlanib, kassir (bosh hisobchijga naqd pul mablag'larini taqdim qilish taklif etiladi. Pul mablag'larini taqdim etish yoki kassa seyfini ochish uchun ruxsat berish rad etilgan taqdirda, rahbardan seyf kalitlari (yoki ularning dublikatlarijni talab qilib olish zarur. Agar rahbar kassa xonasiga kiritishdan va kalitlarni berishdan bosh tortsa, sud ijrochisi qarzdorning naqd pul mablag‘larini aniqlash maqsadida xolislar ishtirokida mazkur xonalarni ochib ko'zdan kechiradi va bu haqda xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzadi. Naqd pul mablag‘laridan qarzni uzishga yetarli summa ilgari undirilmagan bo‘isa, ijro yig'imi summasi olib qo‘yiladi. Naqd pul mablag'larini olib qo‘yish haqidagi dalolatnoma xolislar ishtirokida ikki nusxada tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi qarzdorga beriladi, ikkinchi nusxasi esa ijro ishi yuritish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. Olib qo‘yilgan so‘mdagi pul mablag'lari ertasi kundan kechiktirmay qarzga teng miqdorda undiruvchining hisob varag‘iga o‘tkazish uchun bankka topshiriladi. Ijro yig‘imi summalari, shuningdek, xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan summalar sud ijrochilarining depozit hisob varag‘iga o‘tkazilib, so‘ngra ana shu summa hisobidan ijro xarajatlari qoplanadi. Qarzdoming chet el valutasidagi naqd pul mablag‘lari ham ko‘rsatilgan tartibda olib qo‘yiladi. Chet el valutasidagi naqd pul mablag‘larini sud ijrochilarining depozit hisob varaqasiga o'tkazish uchun sud ijrochisi qaror chiqarib bu qaror bilan bank yoki boshqa kredit tashkilotiga chet el valutasini sotish majburiyatini yuklaydi. Chet el valutasidagi naqd pul mablag‘lari sud ijrochisi tomonidan bank yoki boshqa kredit tashkilotiga topshiriladi. Sud ijrochisi qarzdor yuridik shaxsning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisob varaqlarida va om onatlarida turgan yoki saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlash choralarini ko'radi. Undiruv savdo tashkilotlarining naqd pul mablag‘lariga qaratilganda aniqlangan barcha pul mablag'lari, shu jumladan, savdo zalidagi kassa apparatlari yacheykalaridagi pul mablag‘lari ham olib qo'yiladi. Qarzdor yuridik shaxsning kassa kitoblari ma’lumotlariga ko‘ra naqd pul mablag‘lari bo'lishi kerak bo‘lib, aslida esa bu pul mablag‘lari topilmasa va qarzdor yuridik shaxsning mansabdor shaxslari naqd pul mablag'larini yashirganligi yoxud sud ijrochisining qonuniy talablarini bajarishga boshqa yo‘llar bilan to'sqinlik qilayotganligi haqida ma'Iumotlar boisa, sud ijrochisi aybdor mansabdor shaxslarning javobgarligi masalasini qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqishga haqli. Download 18.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling