Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol mulkiga qaratish Reja
Undiruv qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga qaratish
Download 18.55 Kb.
|
Daklat sss
Undiruv qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga qaratish
Undiruv qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga uning hamma turdagi pul mablag‘lariga (naqd pul mablag‘lari, chet el valutasidagi naqd pul m ablag‘lari, banklar va boshqa kredit tashkilotlarda saqlanayotgan yoki hisob varaqasi va depozitlarda turgan pul mablag‘lari) undiruvni qaratish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilganidan so‘ng qaratiladi. «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 59-moddasiga ko‘ra, qarzdor yuridik shaxsning qarzlarni uzish uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmasa, undiruv unga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, qayerda va kimning foydalanishida bo‘lishidan qat'iy nazar, boshqa mol-mulkka (muomaladan chiqarilgan yoxud muomalada bo‘lishi cheklangan mol-mulk bundan mustasno) qaratiladi. Bu mol-mulk qonunda nazarda tutilgan tartibda xatlanadi yoki unga nisbatan boshqa ijro harakatlari amalga oshiriladi. Fuqarolik kodeksining 48-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli bo‘lgan butun mol-mulk bilan javob beradi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, davlat korxonasining majburiyatlari bo'yicha uning mol-mulki yetarh bo'lmagan hollarda davlat subsidar javobgar bo‘ladi. Shu bilan birga davlat tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxs uning majburiyatlari bo'yicha javob bermaydi, yuridik shaxs davlat majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lgan hollar bundan mustasno. Qarzdor yuridik shaxsning ijro qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulkini aniqlash ayrim xususiyatlariga ega. Chunonchi, qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini aniqlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati havfsizligi xizmati tegishli organlaridan avto mototransport vositalarining mavjud yoki mavjud emasligi haqida; «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining tegishli organlaridan ko'chmas mulkning mavjud yoki mavjud emasligi haqida; Bank va boshqa kredit tashkilotlaridan, shuningdek, depozitariylardan qarzdorning omonatlari, hisob raqamlari, pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlari mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma'lumotlarni talab qilib oladi. Majburiy undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulkni aniqlash uchun, qarzdordan balans axborotnomasi (kitobi), asosiy vositalar kitobi talab qilib olinadi. Bunda mavjud mol-mulk balans kitobidagi mavjud ma'lumotlar bilan solishtirilishi zamr. Qarzdor mansabdor shaxslari balans kitobini berishni rad etganda, uni davlat soliq xizmati idoralaridan talab qilib olish TAVSIYA etiladi. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratish masalasini hal qilishda zarurat bo'lgan hollarda ularning ta'sis hujjatlari (ustav, nizom) talab qilib olinishi mumkin. Qarzdor yuridik shaxsning mansabdor shaxslari ularni taqdim etishdan bosh tortgan hollarda ularni yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar yoki soliq organlaridan talab qilib olish mumkin. Qarzdor yuridik shaxsning mol-mulki uning vakillari va xolislar ishtirokida ro‘yxatga olinadi. Yuridik shaxsning vakillari ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlariga ega boMishi kerak. Sud ijrochisi yuridik shaxsning mol-mulkini ro‘yxatga olishda O‘zbekiston Respubli kasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 47-moddasi 4-qismi qarzdorga undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim bo‘lgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni o‘zi ko‘rsatish huquqi berilganligini e'tiborga olishi lozim. Ammo, qarzdor molmulkining u yoki bu turiga undiruv qaratish navbatini sud ijrochisi mazkur mol-mulkning likvidligini inobatga olgan holda belgilaydi. Qarzdor yuridik shaxsning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga undiruv sudning ajrimiga asosan, xolislarning ishtirokida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 49- moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Download 18.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling