Undosh fonemalar sistemasi Undosh fonemalar O‘zbek tilida birlik oppozitsiyalar


Download 53.22 Kb.
bet5/5
Sana14.12.2022
Hajmi53.22 Kb.
#1003925
1   2   3   4   5
Bog'liq
Undosh fonemalar

Unli fonemalar sistemasi
Tilning uch darajadagi (yuqori, o‘rta va quyi) ko‘tarilish va lablanishlabnanmaslik belgilari kuchli pozitsiyadagi unli fonemalarning asosiy (konstitutiv) belgilari hisoblanadi. Unlilar qatori (old qator, o‘rta qator va orqa qator) so‘z shakl tarkibidagi pozitsiyaga bog‘liq belgi bo‘lgani uchun unlilarning asosiy belgilari qatoriga kirmaydi.
Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko‘ra tasnifini quyidagi jadvalda
ko‘ring:
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra o‘zbek
tilining unli fonemalari oppozitsiyasi «uch pog‘onali», lablanish belgisiga ko‘ra ikki sinfli to‘rtburchak sistemadir.
Keng o a
o‘rta keng
(o‘rta tor) o‘ e
tor u i
Lablanish belgisi tor unlidan keng unliga qarab kuchsizlanib boradi: u –kuchli lablangan, o‘ – kuchsizroq lablangan, o – o‘ta kuchsiz lablangan.
Yuqoridagi unli fonemalar tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra bo‘linishida (o,a: o‘, e: u, i:) kenglik, o‘rta kenglik, torlik belgilari shu mikrostruktura elementlari uchun birlashtiruvchi, mikrostrukturalar uchun esa farqlovchi belgi rolini o‘ynaydi.
Bu unlilar bir belgiga asoslangan quyidagi teng huquqli oppozitsnyalarni hosil qilishi mumkin: lablanish belgisining bor-yo‘qligiga ko‘ra: (o-a, o‘-e, i-u), kompaktlik-diffuzlik belgisiga ko‘ra umumiy, lablanish belgisiga ko‘ra farqli belgiga ega, kompaktlik-diffuzlik belgisiga ko‘ra: o (kompakt, ochiq), u (diffuz,yopiq), a (komlakt; ochiq), i (diffuz, yopiq), shu bilan birga, mazkur ikki oppozitsiya a’zolari o‘rta ko‘tarilish (yarim ochiq, yarim yopiq) unlilariga, bir tomondan, «kompakt-kompakt emaslik», ikkinchi tomondan, «diffuz-diffuz emaslik» belgisiga ko‘ra oppozitsiyaga kirishadi:
o (kompakt) – u (kompakt emas)
a (kompakt) – o (kompakt emas)
i (diffuz) – e (diffuz emas)
u (diffuz) – o‘ (diffuz emas).
Unlilarning yuqoridagidek oppozitsiyasini A.M.Shcherbak shunday aks
ettiradi.
a – e, e – i lablanmagan (oddiy tonnalik)
o – o‘, o‘ – u lablangan (bemol’ tonnalik)
ochiq yopiq
yarim yarim
ochiq yopiq
A.A.Abduazizov o‘zbek tili unlilarining ikki farqlovchi belgisiga ko‘ra ham
oppozitsiyasini ko‘rsatadi.2 Bunga asosan, unlilar quyidagicha oppozitsiyaga
kirishadi:
(i-u) yopiq, lablanmagan – yarim yopiq, lablangan:
(i-o) yopiq, lablanmagan – yarim yopiq, lablangan)
(e-o) yarim yopiq, lablanmagan – ochiq, lablangan)
(a-u) ochiq, lablanmagan – yopiq, lablangan)
(a-u) ochiq, lablanmagan – yarim yopiq, lablangan)
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili unlilarining bir belgi asosida farqlanuvchi uchta oppozitsiyasi, ikki belgi asosida farqlanuvchi oltita (unda lablanish belgisi bilan tilning ko‘tarilish darajasi belgisi birga olinadi) jami 9 ta unlilar oppozitsiyasi mavjud. Agar lablanish belgisi bilan tilning ko‘tarilish belgisi alohida olinsa, o‘zbek tilida 13 ta unlilar oppozitsiyasi mavjud bo‘ladi.
Download 53.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling