Undosh fonemalar sistemasi Undosh fonemalar O‘zbek tilida birlik oppozitsiyalar


Download 53.22 Kb.
bet2/5
Sana14.12.2022
Hajmi53.22 Kb.
#1003925
1   2   3   4   5
Bog'liq
Undosh fonemalar

Undosh fonemalar
Rus tili undoshlar sistemasi ingliz tili undoshlar sistemasiga qaraganda anchagina murakkabdir. Chunki unda oppozitsiyaning soni ko‘proq kuzatiladi.Ungliz tilida undosh fonemalar soni 24 tani tashkil qilib, ular jaranglilik-jarangsizlik, hosil bo‘lish usuli, hosil bo‘lish o‘rni, artikulyatsion organi, shovqin va ovozning ishtiroki kabi belgilar asosida farqlanadi.
Bundan tashqari, qattiqlik va yumshoqlik xususiyatiga ko‘ra taqqoslash rus tili undoshlariga xosdir. Bunda palatilizatsiya semantik ma‘no kasb etadi. Chunki so‘z o‘z tarkibida yumshoq yoki qattiq undoshga ega bo‘lishiga ko‘ra turli ma’no anglatadi. Masalan: пыл – пыль, кон-конь, трон-тронь.
Palatilizatsiyaga uchragan undoshlarning mavjudligi rus tili fonetik sistemasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Undoshlarning palatilizatsiyaga uchrashi ingliz tiliga xos emas. Ko‘rib chiqilayotgan tillarda undosh fonemalarni taqqoslashdan kelib chiqib, har bir tilda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan fonemalar mavjud ekanligini xulosa , h, w, d, ŋ;qilish mumkin. Ular quyidagilardir: ingliz tili uchun ð, rus tili uchun ц, х, р. Ingliz tili undoshlarining asosiy farq qiluvchi xususiyatlaridan biri bu sо‘z oxirida kelgan undoshning qanday talaffuz etilishidadir. Ingliz tilida so‘z oxirida kelgan jarangli undoshlar o‘zlarining jaranglilik xususiyatini yuqotmaganligi bilan rus tili jarangli undoshlaridan farq qiladi. Qiyoslang: ingliz tilida bed [bed], big [big]; rus tilida столб [столп], зуб [зуп].
So‘z oxirida kelgan jarangli undoshning noto‘g‘ri talaffuz qilinishi ma’no buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan: feet [fi:t]- oyoqlar va feed [fi:d]- ovqatlantirish; neat [ni:t] – ozoda va need [ni:d] – muhtoj bo‘lmoq; dog [dog] – kuchuk va dock [dok] – dok.
Ingliz tili jarangsiz undoshlari so‘z oxirida ham o‘z xususiyatlarini yuqotmaydi. Ingliz tilidagi m, n, ŋ burun sonor tovushlari rus tilidagi м va н tovushlariga qaraganda anchagina jarangliroqdir. Ayniqsa so‘z oxirida qisqa unlidan keyin kelgan paytda, ular cho‘ziqroq talaffuz qilinadi, masalan: [roŋ:], [soŋ:], [dΛn:], [dim:]. Qisqa unlidan keyin kelgan iŋ:z],ikkinchi jarangli undosh jarangliligicha qoladi: [soŋ:z], [ [sΛm:z], lekin зонд [зонт], ринг [ринк].
Ingliz tili undoshlarining yana bir farqli tomonlaridan biri rus tilida т, д, н, л undoshlari til orqa–tish holatida talaffuz etilsa, ingliz tilida m, d, n, l undoshlari tanglay oldi holatida talaffuz etilishidadir. Shunday qilib, taqqoslanayotgan tillarning undosh fonemalar sistemasi o‘rtasida universal belgilarga nisbatan ko‘proq farqli belgilarga ega ekanliklarini ko‘ramiz.

Download 53.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling