Shovqinlilar: qolgan 19 ta tovush shovqinlilar hisoblanadi
UNDOSH TOVUSHLAR TASNIFI
Esla► O'zbek tilida undosh tovushlar 23 ta: b, v, g, d, z, j, у, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g', h, ng.
Undosh tovushlar to’rt tomonlama tasnif qilinadi
1. Tovush(un) paychalarning ishtirokiga ko’ra( Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra)
Jarangli undoshlar (ovoz+shovqindan iborat
|
Jarangsiz undoshlar (faqat shovqindan iborat)
|
B, v, g,d,z,j(jo’ja),j(jurnal) g’, y,l,m,n,r,ng
|
P,f,k,t,s,ch,sh,q, h,x
|
### Jarangli undoshlarning sakkiztasi o’z jarangsiz juftiga ega:
b—p, v—f, g—k, d—t, z—s, j(jajji) —ch, j(janr) —sh, g’—q
«»» ba’zi bir darsliklarda g’ undoshining jarangsiz jufti sifatida x undoshi ko’rsatilgan
► Ushbu chizmaga e’tibor bering!!!
|
Ovoz (un)
|
Shovqin
|
Unli tovushlar
|
Mavjud
|
Mavjud emas
|
Jaranli undoshlar
|
Mavjud
|
Mavjud
|
Jarangsiz undoshlar
|
Mavjud emas
|
Mavjud
|
► Diqqat!!! Unli tovushlar faqat un(ovoz)dan, jarangli undoshlar ovoz va shovqindan, jarangsiz undoshlar faqat shovqindan iborat bo’ladi..
Do'stlaringiz bilan baham: |