Unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan
Download 17.26 Kb.
|
Pedogokika yunoncha
Pedogokika yunoncha “paidagogike” bo'lib. “paidagogos”- “bola” va “yetaklayman” degan ma`noni anglatadi ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tibomi qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi famiing muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda Pedagogik kuzatish rnetodi. Suhbat metodi. Anketa metodi. Intervyu metodi. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. Test metodi. Pedagogik tahlil metodi. Bolalar ijodini o`rganish metodi. Pedagogik tajriba metodi. Matematik-statistik metod. O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan. “Avesto” da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomi bilan bog’langan. Olimlar zardushtiylik dini ta’limotini quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo’lib o’rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlardeb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Juda ko’pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. Movarounnahrda VIII-IX asrlarda islom dinining keng tarqalishi barcha sohalar, fan, madaniyat, falsafa, ijtimoiy hayot rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. O’sha davr tarixini tahlil qilar ekanmiz, mashhur mutafakkirlar, qomusiy olimlar yetishib chiqqanini ko’ramiz. Demak, o’sha davr tarixi, madaniyati, ilmu fani, ta’lim–tarbiya jarayoni o’ziga xos tarzda bo’lib, turli xil tarix silsilalari, urushlar, nizolar oqibatida ham ijobiy rivoj topganligini ta’kidlashimiz mumkin. Bu o’rinda ta’lim-tarbiya ishlarining rivojlanishi g’oyalarini chuqur tahlil etishimiz, uni atroflicha mantiqiy baholash, imkon darajasida tarixiy merosimizning ilmiy-nazariy asoslaridan foydalanish yo’llarini izlash zaruriyati kelib chiqadi. “Movarounnahrning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo’ldi. Shu boisdan ularning obro’yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko’plab ibodatxonalar, shu jumladan jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh - madrasa bunyod etildi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi shaharning Darvozai Mansur mahallasida joylashgan edi. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda “ustod” deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom “shayx ul islom” nomi bilan yanada ulug’landi. Ustodlardan keyin xatiblar turardi. O’sha davrda islom madaniyati shakllanishining ichki va tashqi manbalari, tamoyillari, ahkomlari, munosabatlari asta-sekinlik bilan rivojlana borganligini, shuningdek ta’lim-tarbiya sohasiga oid o’zaro munosabatlar, ustoz-shogird munosabatlari paydo bo’la boshlaganligini qayd etishimiz mumkin. Ma’lumki, jahon madaniyati xazinasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan arab tilidagi adabiyot shuningdek faqatgina arablar emas, balki ko’pgina xalqlar namoyandalari tomonidan yaratilgan o’lmas yodgorlik bo’lib, u o’z taraqqiyotida uzoq va murakkab yo’lni bosib o’tdi. Abbosiy xalifalar /750-1258/ davrida, ayniqsa dastlabki, uch asrda fan va adabiyot, shuningdek, tarixnavislik ham ravnaq topdi. Xalifalikning poytaxti Bag’dod shahri adabiyot va ilmiy tafakkurning markazlaridan biriga aylanib, arab tili esa ilm va fan ahllari uchun asosiy vosita rolini o’ynadi. Download 17.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling