Unicef har bir bolaning huquqlarini himoya qilish uchun 190 dan ortiq mamlakat va hududlarda ishlaydi


Download 0.71 Mb.
bet10/11
Sana07.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1337563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
UNICEF haqida

Muharrirlarga eslatma:
“Bolalik akademiyasi”dan https://bolakadem.uz havolasi orqali foydalanish mumkin.

Umumiy o‘rta ta’lim

Barcha bolalarga asosiy ta’lim olishida teng imkoniyatlar berishga ko‘maklashish


Umumiy o‘rta ta’limga qaratilgan faoliyatimiz
UNICEF O‘zbekiston hukumatiga umumiy o‘rta ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda barcha bolalarga asosiy ta’lim olishida teng imkoniyatlar berishga ko‘maklashish maqsadida rivojlanish masalalari bo‘yicha hamkorlar va donorlar bilan ishalamoqda. Bunga O‘zbekistonda Sifatli o’rta ta’lim (SO’T) dasturini amalga oshirish va nafaqat sifatli ta’limni, balki bolalar huquqlarini ham ta’minlab berishning kuchli vositasi bo‘lgan Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab (BDMM) dasturini joriy etish yo‘li bilan erishildi. SO’T konsepsiyasida bolalar ta’lim jarayonining markaziga qo ‘yiladi hamda ta’lim sifati yuqori natijalar, salomatlik, xavfsizlik va himoya, ishtirok etish, gender tengligi va inklyuzivlik (ya’ni imkoniyatlari cheklangan bolalar oddiy maktablarda ta’lim olishi) kabi ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanadi. Bundan tashqari, ushbu konsepsiyada o‘qituvchilar tegishli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozimligi va ta’lim samaradorligini oshirish uchun o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan uslublaridan foydalanishi mumkinligi, shuningdek, maktabda bolalar uchun qulay, sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish va binobarin, ular ota-onalari ko‘magida salohiyatini to‘liqroq namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi ko ‘zda tutilgan.
Yutuqlarimiz

  • UNICEF Bolalarga do‘stona munosabatdagi maktab prinsiplarini milliy ta’lim tizimiga joriy qildi hamda mamlakatning 420 ming nafar o‘qituvchisi BDMM bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalardan amaliy foydalanishini rag‘batlantirdi;

  • UNICEF bolaga yo‘naltirilgan o‘qitish uslublarini va BDMMning boshqa prinsiplarini beshta o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti dasturlariga joriy qildi va bu hol har yili 40 mingdan ortiq o‘qituvchining barqaror rivojlanish va tegishli ta’lim bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishini ta’minladi.

Istiqboldagi rejalar

  • Asosiy ta’lim dasturlarining sifati va samaradorligini yanada oshirish;

  • Bolaga yo‘naltirilgan o‘qitish uslublarini butun milliy ta’lim tizimiga joriy etish;

  • olis hududlarda joylashgan kichik maktablarda sifatli dars o‘tish va o‘qish imkoniyatlarini tahlil qilish;

  • Inklyuziv ta’lim standartlari va dasturlarini takomillashtirish va sifatini oshirish;

  • O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish, o‘quv muassasalariga qatnash ko‘rsatkichlarini va o‘qituvchilar faoliyatining sifatini oshirish maqsadida ta’lim jarayonining barcha darajalarida monitoring qilish va baholashni yaxshilash.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling