Unicef har bir bolaning huquqlarini himoya qilish uchun 190 dan ortiq mamlakat va hududlarda ishlaydi


Download 0.71 Mb.
bet9/11
Sana07.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1337563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
UNICEF haqida

TOSHKENT, 2022 yil 14-aprel – Bugun UNICEF Maktabgacha taʼlim vazirligi va “Bilim Makon” axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi bilan birga Learning Passport “Bolalik Akademiyasi” raqamli platformasini ishga tushirdi. Platforma Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Learning Passport UNICEF va Microsoft hamkorligida yaratilgan boʻlib, moslashuvchan raqamli oʻquv platformasidir. Hozir platforma butun dunyo boʻylab millionlab bolalarning oʻqishini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlatilmoqda.
Mazkur platforma maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari; mashgʻulotlar rejalari; qoʻshimcha oʻqish uchun materiallar, raqamli taʼlim va tarbiya resurslari bilan ta’minlaydi. Bularning bari “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim davlat oʻquv dasturi va Oʻzbekiston Resbublikasining erta va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi boʻyicha davlat talablari asosida ishlab chiqilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, bola miyasining 90 foizi 5 yoshga qadar rivojlanadi. Bu davrda ota-onalar va pedagoglar bolaga butun umri davomida ta’lim olishi uchun mustahkam poydevor qoʻyishda yordam berishlari mumkin. Buning uchun tarbiyalovchi va ragʻbatlantiruvchi muhit yaratishlari, bola bu orqali oʻrganishi, rivojlanishi va yutuqlarga erishisha olishi zarur.
"Ushbu ahamiyatli davr hayotda faqat bir marta keladi, shu bois u maktabgacha yoshdagi millionlab bolalar uchun juda muhimdir. Ular butun umri davomida erishadigan jismoniy va ruhiy natijalar, moliyaviy taʼminlanganlik darajasi aynan shu vaqt ichida koʻrsatiladigan yordamga bogʻliq”, dedi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.
Mazkur texnologik innovatsion gʻoya butun mamlakat boʻylab maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnashi yoki qatnamasligidan qatʼi nazar, yuqori sifatli oʻquv resurslaridan foydalanish imkonini beradi.
“Maʼlumotlarga koʻra, aynan erta va maktabgacha yoshdavrida sarmoya kiritish foydali. Bolalarni erta yoshidanoq tarbiyalash, himoya qilish, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash ijobiy oʻzgarishlarga olib keladi. Erta ta’limga kiritilgan sarmoya 16 baravar koʻpayib qaytadi, – dedi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. – Shuning uchun ham UNICEF Oʻzbekistonda Learning Passport “Bolalik akademiyasi” oʻquv platformasini ishga tushirish boʻyicha innovatsion yondashuvni tatbiq qildi. Ushbu platforma 3–6 yoshli bolalarning tarbiyachilari va ota-onalari oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlariga imkon yaratadi”.
«Bolalik akademiyasi» platformamiz eng avvalo sifatli ta'lim olamidir. Pedagoglar zamonaviy metodikalar asosida tayyorlangan mashg‘ulotlardan foydalanishi, o‘z ustida ishlashlari uchun qo‘shimcha mutolaa manbalarini qo‘llashi, ota-onalar esa bola ta'lim tarbiyasi va parvarishi bo‘yicha foydali ma'lumotlarni o‘zlari uchun kashf etishlari mumkin", dedi Shahnoza Mirziyoyeva.
“Bilim Makon” markazi direktori Oyatullo Rahmatullayevga koʻra: “Pedagoglar – bola hayotiga eng koʻp ta’sir koʻrsatadigan shaxslardan biri. Ular malaka oshirish kurslarida oʻqib, yangi bilim va koʻnikmalarni egallashlari va uni oʻz ish faoliyatlarida qoʻllashlari mumkin boʻladi. Tarbiyachilar zamonaviy va ilgʻor taʼlim amaliyotlaridan foydalanganda bolalar jismoniy, hissiy va ta'limiy jihatdan oʻsishga erishadi. “Bolalik akademiyasi” pedagoglarimizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun katta qulayliklar taqdim etadi”.
Ota-onalar va vasiylar bolalar sogʻlom rivojlanishi uchun zarur boʻlgan poydevorni yaratadilar. “Bolalik akademiyasi” uyda ta’lim berish borasida beqiyos koʻmakchidir. U oddiy mashgʻulotlar kutubxonasi va ota-onalar uchun maslahatlar, birgalikda oʻynaladigan oʻyinlar boʻyicha koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Birgalikdagi oʻyinlar ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini rivojlantiradi.
“Bolalik Akademiyasi” bolalar foydalanishi uchun ham qulay. Ular savodxonlik, hisoblash va ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarni rivojlantiruvchi oʻyinlarni oʻynashlari, oʻz ona tillaridagi elektron kitoblarni oʻqishlari mumkin. Bundan tashqari, oʻquv-koʻngilochar videolarni tomosha qilish va yoshga mos kutubxonadan foydalanish imkoniyatlari ham mavjud.
“Bolalik akademiyasi”ni ishga tushirish orqali Oʻzbekiston boʻylab 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish, 1,5 millionga yaqin bolalarning oʻqish va rivojlanish natijalarini yaxshilash koʻzda tutilgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling