Unicef har bir bolaning huquqlarini himoya qilish uchun 190 dan ortiq mamlakat va hududlarda ishlaydi


Download 0.71 Mb.
bet11/11
Sana07.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1337563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
UNICEF haqida

Ijtimoiy siyosat

Bugungi yoshlar O'zbekistonni keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga olib chiqadigan avlod bo'lishi mumkin

Muammolar


“Tinchlik, iqtisodiy o`sish dinamikasi, ijtimoiy adolat, tolerantlik - bularning barchasi va yana ko`p boshqalari ham, yoshlar salohiyatini tadbiq qilishga bog`liq va bog`liq bo`ladi.”
(Antonio Gutterrish, BMT bosh kotibi, 2018 yil 12 avgust)
O'zbekiston 30 yoshgacha bo'lgan aholisi butun aholining 60 foizini tashkil etadigan noyob demografik holatga yuz tutish arafasida. Keyingi yigirma yilda bugungi kundagi katta bolalar va yoshlardan tashkil topgan aholi ishchi kuchiga aylanadi, bu esa O'zbekiston tarixidagi enk kata ishchi kuchi bo`ladi. Bugungi kundagi to'g'ri sarmoyalar bilan, hozirgi yoshlar O'zbekistonni keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'taradigan avlodga aylanishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda, bugungi kundagi bolalar va yoshlarning farovonligini ta'minlashga muvofiq mablag'ni sarflamaslik yoshlarning huquqlarini ta`minlamaslik va ular orasida ishsizlik darajasini kengayishiga olib kelishi mumkin. Bu esa, o'z navbatida, siyosiy va diniy ekstremizm uchun poydevor yaratishi va mehnat migratsiyasini kuchaytirishi va shu bilan birga juda ham qimmat "demografik dividend"ni yuqotishga olib kelishi mumkin.
Yechim
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati har bir yosh fuqaro o'z salohiyatini to`liq ro'yobga chiqarishi uchun zarur ko'mak va imkoniyatga ega bo'lishini ta'minlashga ustuvor ahamiyatni qaratmoqda. Davlatning yoshlar bo`yicha siyosatini takomillashtirish O'zbekistonning 2017-2021 yilgi rivojlanish strategiyasining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biridir. YuNISEF Hukumatni, davom etayotgan islohotlar va tashabbuslar bolalar va yoshlarning huquqlari, qiziqishlari va intilishlarini aks ettirishi va hech qanday yosh inson e`tibordan chetdan qolmasligini ta`minlash qo`llab-quvvatlab kelmoqda.

Faoliyatimiz

"O'zbekiston yoshlari: intilishlar, ehtiyojlar va xatarlar" mavzusidagi milliy tadqiqot


Yoshlar uchun milliy tadqiqotning maqsadi yoshlar nuqtai nazaridan davlat siyosatini takomillashtirish va uni amalga oshirishdir.
Tadqiqot yoshlar hayotning asosiy sohalarida, jumladan, ta'lim, ish bilan ta'minlash, oilaviy hayot, fuqarolik va siyosiy huqularini amalga oshirishni o`z ichiga olgan holda, ehtiyojlari va xatarlarini qamrab oladi. Holatni mazmunli tahlilini ta`minlash uchun O'zbekistonning 12 viloyati, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahridan 14 yoshdan 30 yoshgacha 4000 nafar yoshlardan intervyu olinadi.
Tadqiqot metodologiyasi yoshlar siyosatining yetakchi xalqaro ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan va yoshlar uchun o`tkaziladigan so'rovlarning barcha xususiyatlarini hisobga olgan. Tadqiqotni ishlab chiqish jarayoniga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi va Yoshlar ittifoqi kabi milliy hamkorlar jalb qilingan.
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling