“Unicorns” tanlovi nizomi umumiy qoidalar
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Unicorns tanlovi nizomi.doc - Google Docs
“Unicorns” tanlovi NIZOMI 1.Umumiy qoidalar 1.1. Ushbu nizom Respublika boʻylab 18-30 oraligʻidagi yoshlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ijtimoiy innovatsion gʻoya va loyihalar tanlovi “ Unicorns ”ni (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibi va reglamentini belgilaydi. 1.2. Respublikadagi startap egalari oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ijtimoiy innovatsion gʻoya va loyihalar tanlovi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllabquvvatlash markazi (keyingi oʻrinlarda – tashkilotchilar) tanlovga tayyorgarlik koʻradi va uni oʻtkazadi. 1.3. Tashkilotchilar qarori bilan tanlovning tashkiliy qoʻmitasi muvaffaqiyatli yoshlar vakillari, startap sohasining koʻzga koʻringan arboblari, koʻrik-tanlovning maqsad va vazifalariga sherik boʻlgan hamda oʻz hissasini qoʻshish istagini bildirgan tashkilot rahbarlari va faxriy xodimlardan tuzilishi mumkin. 1.4. Tanlov tashkiliy qoʻmitasining vazifalariga quyidagi masalalar kirishi mumkin: - tayyorgarlik faoliyatini umumiy boshqarish va muvofiqlashtirish va tanlovning barcha bosqichlarini oʻtkazish; - tanlov dasturini tasdiqlash; - tanlov finalida ishtirokchilar tarkibini shakllantirish; - moliyalashtirish va byudjet nazorati (tanlov tadbirlarining maʼlum roʻyxatiga asosan); - tanlovga koʻmaklashish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish; - tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa vazifalar. 1.5. Tanlov toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tanlov tashkilotchilarining ham ishtirokchi tomonlarning ham rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling