“Unicorns” tanlovi nizomi umumiy qoidalar


 Tanlovni tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etish va moliyalashtirish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana04.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1425177
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Unicorns tanlovi nizomi.doc - Google Docs

 10. Tanlovni tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etish va moliyalashtirish. 
10.1. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi 
Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi 
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini 
qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga 
oshiriladi. 
Tashkilotchilar tomonidan moliyalashtiriladigan xarajatlar faqat tayyorgarlik, 
tashkil etish va tanlov tadbirlarini oʻtkazish va gʻoliblarning mukofot pullari bilan 
bogʻliq xarajatlarni oʻz ichiga oladi: 
15 nafar gʻoliblarga 10 mln. soʻmdan mukofot pullari 25 ish kuni davomida 
tashkilotchilar tomonidan gʻoliblarning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazib beriladi 
 Agarda gʻoliblar tomonidan barcha hujjatlar vaqtida taqdim etilsa  ). 
Venchur investorlarning qaroriga asosan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan 
startap loyihalar, moliyalashtiruvchi venchur jamgʻarma va startap loyiha asoschisi 
kelishuviga asosan, Venchur jamgʻarma investitsiya mablagʻini gʻoliblarning 
bankdagi hisob raqamiga oʻtkazib beradi (  Investorlarning qaroriga asosan startap 
 loyiha istiqbolli deb topilsa investitsiya kiritiladi, aks holda investitsiya 
 kiritilmaydi)  . 
10.2. Tanlov oʻtkaziladigan joyga borish va qaytish uchun transport xarajatlari 
va ovqatlanishi, turar joyi, madaniy-maishiy faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar 
ishtirokchilarning oʻzlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. 
 11. Yakunlovchi qoidalar 
11.1. Grant mablagʻlarining biznes loyiha boʻyicha maqsadli foydalanilishi 
Tashkilotchilar tomonidan monitoring qilinadi. 
11.2. Tanlov ishtirokchisi tomonidan tanlov natijalari boʻyicha bildirilgan 
eʼtiroz va shikoyatlar nazorat guruhlari tomonidan qonunchilik hujjatlari hamda 
ushbu nizom tartibiga muvofiq amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan 
muddatlarda koʻrib chiqiladi. 
11.3. Nazorat guruhi tanlov ishtirokchilarining eʼtiroz va shikoyatlarini 
qonunchilik hamda ushbu nizom talablaridan kelib chiqib mustaqil koʻrib chiqadi. 
11.4. Tashkilotchilar va Boshqaruv komissiyasining qaroriga asosan 
ishtirokchilarga qulaylik yaratish va Tanlovni samarali tashkil etilishini ta’minlash 



 maqsadida Tanlov nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 
11.5. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling